Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellatsiyalarni koʻrib chiqish kengashining yangilangan tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi oʻzining idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 9-iyul,
307-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qiymatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarorida:
a) qarorga 1-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Aksiyalar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadilar”;
5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
7-bandning “a” kichik bandidagi “ilovada nazarda tutilgan” soʻzlari “roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning “a” kichik bandidagi “ushbu nizomning II boʻlimi 3-bandida nazarda tutilgan” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilanadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) qarorga 2-ilovada:
5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish-sotish boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitishuvlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorlari va uyushgan birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish boʻyicha uyushmagan birjadan tashqari bozorlarda tuzilishi mumkin boʻlgan bitishuvlar bundan mustasno”;
“qiymatli qogʻozlar bilan ish olib borish” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlarning birja va birjadan tashqari savdosi tashkilotchilari savdo maydonchalarida faqat qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalarini sotib olish-sotish boʻyicha bitishuvlar amalga oshirilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-martdagi 126-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda):
3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hududiy boʻlimlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tegishli hududiy boshqarmasi rahbari bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar”;
qarorga 3-ilova 10-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hududiy boʻlimlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tegishli hududiy boshqarmasi rahbari bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 15-sentabrdagi 395-son qarorida:
1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
qarorga 2-ilova 8-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda):
43-banddagi “aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi axborot” soʻzlari “aksiyalar chiqarish soʻrovnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“44. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlarni olgandan keyin:”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 108-modda; 2006-y., 30-son, 292-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)