28.07.2014 yildagi 496-q-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Tumanda obodonlashtirish boshqarmasini nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 26-modda), 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-Q-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-Q sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublika shaharlari va tumanlaridagi obodonlashtirish masalalari boʻyicha tashkilotlarni (boʻlinmalarni) qayta tashkil etish va ularning negizida obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilganligini inobatga olib tumandagi Obodonlashtirish boʻlimini qayta tashkil etilib, uning negizida obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga, uning tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi ishlar obodonlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari sifatida belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchalar, skvyerlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa koʻkalamzor zonalarni koʻkalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;

yoʻl-koʻprik xoʻjaligini (koʻchalar, yoʻlaklar qatnov qismining yoʻl qoplamasi, bekat koʻtarmalari, yer osti oʻtish joylari, koʻpriklar, transport chorrahalari va yoʻl oʻtkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sunʼiy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;

xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;

drenaj xoʻjaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sunʼiy havzalar, yer osti va yomgʻir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;

elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yoʻllar va koʻchalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash hamda ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;

nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya boʻlimlariga olib kelish;

ekologiya meʼyorlariga, sanitariya, shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga hamda boshqa meʼyorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga oʻrnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;

mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va koʻmib tashlash.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim v.v.b. Sh. YULDASHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattaqoʻrgʻon t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
496-q-son

Tuman hokimining 2014-yil 28-iyuldagi 496-q-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattaqoʻrgʻon tuman obodonlashtirish boshqarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom

1. Ushbu Nizom Kattaqoʻrgʻon tuman obodonlashtirish boshqarmasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Obodonlashtirish boshqarmasi mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga binoan tashkil etiladi, tuman hokimligining budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasasi va mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obodonlashtirish boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyat, tuman hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obodonlashtirish boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, shtamplar va blankka, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Obodonlashtirish boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaharsozlik hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha ishlarni, shu jumladan quyidagi ishlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish Obodonlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchalar, skvyerlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa koʻkalamzor zonalarni koʻkalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-koʻprik xoʻjaligini (koʻchalar, yoʻlaklar qatnov qismining yoʻl qoplamasi, bekat koʻtarmalari, yer osti oʻtish joylari, koʻpriklar, transport chorrahalari va yoʻl oʻtkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sunʼiy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
drenaj xoʻjaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sunʼiy havzalar, yer osti va yomgʻir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yoʻllar va koʻchalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash hamda ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya boʻlimlariga olib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya meʼyorlariga, sanitariya, shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga hamda boshqa meʼyorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga oʻrnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va koʻmib tashlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Obodonlashtirish boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashil dov-daraxtlarni parvarish qilish (daraxtlar va butalarga shakl berish, yashil dov-daraxtlarni sugʻorish, oʻsimliklar novdalariga suv purkash, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, begona oʻtlarga qarshi kurashish, oʻsimliklarni kasalliklar va zararkunandalardan kimyoviy va biologik himoya qilish hamda boshqa agrotexnika tadbirlari va ishlarini amalga oshirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish obyektlarining texnik holatini har yili koʻzdan kechirish va baholash, ularning natijalari boʻyicha kamchiliklar dalolatnomalarini hamda mukammal va joriy taʼmirlashning manzilli roʻyxatlarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini mukammal va joriy taʼmirlashni amalga oshirish yuzasidan pudrat shartnomalari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq oʻz kuchlari bilan hamda ixtisoslashgan pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladigan obodonlashtirish obyektlarini mukammal va joriy taʼmirlashning bajarilishi yuzasidan nazoratni va texnik nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish obyektlarining muddatidan oldin eskirishi va buzilishining oldini olish hamda ularni ish holatida saqlash boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayramlarga, madaniy va siyosiy tadbirlarga, xorijiy mehmonlar va delegatsiyalarning kelishiga tayyorlash davrida shaharlar va tumanlar koʻchalarini, maydonlarini bezatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoritqichlardagi elektr chiroqlarini, ishdan chiqqan nur taratgichlarni almashtirish, koʻchalar, yoʻlkalar, hududlarning yoritilganlik darajasini oʻlchash, yoritqichlarni oʻz vaqtida yondirish va oʻchirish, tashqi yoritish elektr tarmoqlarini, uskunalar va inshootlarni ularning soz holatdaligi yuzasidan nazorat qilish va texnik koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchalar va boshqa joylarda tutilgan nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni vaqtinchalik saqlash uchun maxsus joylar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar va hayvonlarga jarohat yetkazgan yoxud ularga kutilmaganda xuruj qilgan hayvonlarni keyinchalik karantin qilish uchun davlat veterinariya boʻlimlariga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlarning quturishi sodir boʻlgan taqdirda tegishli davlat veterinariya boʻlimlari bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish, shuningdek nobud boʻlgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabristonlar hududida zarur tartib va tozalikni taʼminlash, fuqarolarga (tashkilotlarga) ularning buyurtmanomalariga binoan dafn etish uchastkalarini bepul taqdim etish, vafot etganlarni qabrlarni qazish norma va qoidalariga rioya etgan holda dafn etish, fuqarolarning qabristonda koʻrsatiladigan xizmatlarga buyurtmalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻishtirish-tozalash (supurish, sugʻorish, yuvish, changlarni, qorlarni, muzlarni yoʻqotish, irrigatsiya xoʻjaligi obyektlarini mexanik tozalash va koʻchalarni tozalash-yuvish, eskirgan (qurigan), qirqilgan daraxtlar, shox-shabbalar va barglarni yoʻqotish) ishlari kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni, avtomatlashtirish va kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obodonlashtirish boshqarmasi obyektlarida tovar-moddiy boyliklar va elektr energiyasidan oqilona foydalanilishini, unga ajratilgan budjet mablagʻlarini sarflashning samaradorligi va oshkoraligini, ularning hisobga olinishini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar topshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy inshootlarda ishlarni olib borishga texnik ruxsatnoma berish, shuningdek qurilayotgan sunʼiy inshootlar va yer ostidan oʻtadigan umumiy muhandislik kollektorlarining holati yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha pulli sanitariya-tozalash xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish boshqarmalarining axlatlarni yigʻish shoxobchalarini va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq saqlash va ulardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obodonlashtirish boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obodonlashtirish boshqarmasiga mahalliy davlat hokimiyati tegishli hududiy organining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshliq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakkaboshchilik asosida Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obodonlashtirish boshqarmasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrinbosarning, boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatining alohida boʻlimlari (uchastkalari)ga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining bajarishi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatlar roʻyxatini tasdiqlaydi, zarurat boʻlganda, Obodonlashtirish boshqarmasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash fondi, shuningdek Obodonlashtirish boshqarmasi xarajatlari smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, keyinchalik ularni tegishli moliya organida roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni belgilangan tartibda ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi, mehnat shartnomalariga (kontraktlariga) oʻzgartirishlar kiritadi va ularni toʻxtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obodonlashtirish boshqarmasi nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi va uning manfaatlarini himoya qiladi, oʻz vakolati doirasida shartnomalar tuzadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshliq oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Obodonlashtirish boshqarmasi manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ehtiyojlarga pul mablagʻlarining oʻtkazilishi, oʻzining xatti-harakati (harakatsizligi) bilan Obodonlashtirish boshqarmasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan Obodonlashtirish boshqarmasiga berilgan mol-mulk yoʻqolganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Obodonlashtirish boshqarmasining moliya-xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Obodonlashtirish boshqarmasining faoliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, har yili mahalliy budjetlar parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sohasi boʻyicha pulli asosda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik foydalanilmayotgan binolar va davlatning boshqa mol-mulkini oʻzga tashkilotlarga ijaraga berishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladigan xayriya yordamidan olinadigan qoʻshimcha daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Budjet mablagʻlarini obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Obodonlashtirish boshqarmasining boʻlimlari (uchastkalari) boʻyicha taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining funksional klassifikatsiyasiga muvofiq, tasdiqlangan mahalliy budjet parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisobga olishni, statistik va moliyaviy hisobotlarni yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Obodonlashtirish boshqarmasi hisobot davri tugagandan keyin vakolatli organlarga roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy hisobotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini nazorat qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Obodonlashtirish boshqarmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.