Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021 20.01.2014 yildagi 153/34-4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi shahrida 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharda aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida ishlab chiqilgan aniq va manzilli dasturlar asosida 2013-yilning oʻtgan davrida shahar hokimligi, tegishli boshqarmalar, idoralar, korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ish joylari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik, kichik biznes, kasanachilikni va bandlikning boshqa samarali shakllarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. 2013-yilda iqtisodiyot tarmoqlarida turli moliyaviy manbalar hisobidan jami 8746 ta yangi ish oʻrinlari (dasturga nisbatan 100,4 foiz) yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vazifalardan biri 2014-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda aniq va manzilli dastur ishlab chiqilishini taʼminlashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash va uning turmush farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri qilib belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash eng ustuvor masalalardan biri boʻlishini chuqur his qilgan holda hokimlik, korxona va tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda shaharda 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining loyihasini tayyorlash boʻyicha qizgʻin ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur loyihasini ishlab chiqish boʻyicha shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari boshchiligida ishchi guruh ish olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tomonidan har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholi punktlaridagi mavjud imkoniyatlar, bundan tashqari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan obyektlar hamda tadbirkorlik subyektlarining rejalarini inobatga olib fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida aniq va manzilli dasturlar tayyorlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda moliyaviy mablagʻ miqdori va manbalari aniq hisob-kitob qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshirish, “Sanoat korxonalarini kengaytirish, texnik qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari” dasturi va boshqa yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan dasturlardagi koʻrsatkichlar aniqlanib ish oʻrinlari yaratish dasturiga kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, shahardagi tijorat banklari va ularning joylardagi boʻlinmalarining kredit portfelidan kelib chiqib, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozli kreditlari hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari ham inobatga olinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharda 2013 — 2015-yillarga moʻljallangan dasturning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratishni taʼminlash maqsadida Kengash qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarshi shahrining 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi Ishchi guruhi 1-ilovaga, tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarining dastur koʻrsatkichlari 2-ilovaga, mahallalar kesimida yaratilishi 2a-ilovaga va dastur konsepsiyasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahar hokimining oʻrinbosarlari mavjud tabiiy resurslar va xalq xoʻjaligida alohida ahamiyatga ega boʻlgan sohalarida ishlab chiqarilayotgan xomashyo hamda yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab tayyor mahsulot chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar barpo etish va faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar quvvatidan toʻliq foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar Iqtisodiyot boʻlimi (A. Axmedov)ga ushbu dastur koʻrsatkichlari boʻyicha ikki kun muddatda korxonalar bilan kelishilgan holda 2014-yilda har bir hudud (mahallalar)da tashkil etiladigan ish oʻrinlari koʻrsatkichlari boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqib shahar hokimligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar hokimligi, Davlat mulki boshqarmasi bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtirish choralari qoʻllanilgan sharoitda ish joylarini tiklash, ulardagi boʻsh ish joylari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkoniyati boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar hisobiga yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga aniqlik kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklari rahbarlariga yangi kichik biznes subyektlari tashkil etish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, birinchi navbatda mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan hududlarda, kichik hajmdagi korxonalar tashkil etishga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar ajratish 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Savdo-sanoat palatasi shahar boʻlimi (O. Boymurodov)ga 2014-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi ish joylari tashkil etilishi va aholini ish bilan taʼminlashga keng jalb etish boʻyicha ishlarni faollashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar hokimligining majmualari real sektor korxonalarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani qoʻllab-quvvatlash, kichik biznes, xizmat koʻrsatish va servis sohasi, kasanachilikni rivojlantirish hisobiga yangi ish joylarini koʻpaytirishni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlariga moslashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi guruhiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash yoʻnalishi boʻyicha ish joylari — shaharning 2014-yilga moʻljallangan investitsiya va tarmoq dasturlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobiga barpo etiladigan ish oʻrinlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-sonli “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 34-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda) qaroriga, tarmoq va hududiy dasturlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash yoʻnalishida tashkil qilinadigan ish joylari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-sonli “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 38-modda, 52-son, 560-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda) qaroriga, tarmoq va hududiy dasturga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga tashkil etiladigan ish joylari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvardagi PQ-1041-sonli “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 21-modda) qaroriga, tarmoq va hududiy dasturlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mikrokreditlash tizimini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish va servisni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy mehnatining barcha shakllarini, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalariga binoan kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etish, milliy hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirish va yangidan tadbirkorlik tashkil etish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash natijasida yaratiladigan (tiklanadigan) ish oʻrinlari shahar hokimligi, Davlat mulki boshqarmasi bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtirish choralari qoʻllanilgan sharoitda ish joylarini tiklash, ulardagi boʻsh ish joylari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkoniyati boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar hisobiga shakllantirilishi va qarorlarda belgilab berilgan vazifalarni hayotga izchil tatbiq etish orqali bandlik masalasini hal etishga alohida eʼtibor qaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi guruhiga joylarda qabul qilingan yangi ish oʻrinlari tashkil etish dasturlarini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha istiqbolli dasturlari bilan mutanosibligini taʼminlash, har chorakda tahlil qilib tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda muhokama qilib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (B. Xujamurodov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu dastur koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda, shahar Iqtisodiyot boʻlimi bilan birgalikda ish oʻrinlari tashkil etilishi boʻyicha hududlar, tarmoqlar va korxonalar kesimida, ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlarini bajarilishining doimiy monitoringini amalga oshirsin va bu boradagi tahliliy maʼlumot hamda hisobotlarni Ishchi komissiyaga taqdim etib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari S. Bobayev va oʻrinbosarlari Sh. Xolmurodov, M. Murodovalar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining raisi A. AChILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153/34-4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 2014-yil 20-yanvardagi 153/34-4-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharda 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining Ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ F. I. Sh‎ Lavozimi buyicha‎
1.‎ A. Achilov‎ Shahar hokimi — ishchi guruh rahbari‎
2.‎ S. Bobayev‎ Shahar hokimining birinchi oʻrinbosari — ishchi guruh rahbari oʻrinbosari‎
3.‎ Sh. Xolmurodov‎ Shahar hokimi oʻrinbosari — ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari‎
4.‎ M. Murodova‎ Shahar hokimi oʻrinbosari — ishchi guruh rahbari oʻrinbosari‎

Aʼzolari:‎‎

5.‎ F. Omonov‎ Shahar prokurori ‎
6.‎ A. Axmedov‎ Shahar iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi‎
7.‎ F. Muhammadiyev‎ Shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi‎
8.‎ S. Saxatov‎ Shahar statistika boʻlimi boshligʻi‎
9.‎ Sh. Mustofayev‎ Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi boshligʻi‎
10.‎ Gʻ. Axmedov‎ Shahar moliya boʻlimi mudiri‎
11.‎ B. Xujamurodov‎ Shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori‎
13.‎ O. Boymurodov ‎ Savdo-sanoat palatasi Shahar boʻlimi boshligʻi‎
14.‎ N. Maxmatov‎ “Mahalla” jamoat fondi shahar boʻlimi boshligʻi ‎
15.‎ ‎ Shahar tijorat bank rahbarlari‎
16.‎ ‎ Shahar mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari‎
17.‎ ‎ Shahar Kengashi deputatlari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 2014-yil 20-yanvardagi 153/34-4-conli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi shahrida 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Yoʻnalishlar‎ Soni ‎
I. ‎

Jami yaratiladigan ish oʻrinlari ‎

8716 ‎
‎ shu jumladan: ‎ ‎
1. ‎ Yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash ‎ 910‎
2. ‎ Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish‎ 2160 ‎
‎ shundan: ‎ ‎
2.1. ‎ sanoatda ‎ 190 ‎
2.2. ‎ qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash ‎ 210 ‎
2.3. ‎ xizmat koʻrsatish va servis ‎ 1760 ‎
3. ‎ Yakka va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish ‎ 1780 ‎
4. ‎ Uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish ‎ 2580 ‎
4.1. ‎ shu jumladan, korxonalar bilan kooperatsiyada mehnat shartnomalari asosida kasanachilik ‎ 415 ‎
5. ‎ Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish ‎ 1103 ‎
6. ‎ Ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash ‎ 183 ‎
II. ‎

Ish oʻrinlarining tarkibi ‎

‎
1. ‎ Ayollar uchun ‎ 3810 ‎
2. ‎ Yoshlar uchun (16 yoshdan — 30 yoshgacha) ‎ 5602 ‎
2.1. ‎ shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun ‎ 3355 ‎
3. ‎ Kvotalangan (zaxiralangan) ish oʻrinlari ‎ 375 ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 2014-yil 20-yanvardagi 153/34-4-sonli qaroriga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi shahrida 2014-yilda mahallalar kesimida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

MFY nomi ‎

Jami ‎

A

B ‎

1 ‎

‎

Shahar boʻyicha: ‎

8716 ‎

1.‎ A. Navoiy ‎ 169 ‎
2.‎ Arabxona ‎ 65 ‎
3.‎ Aral ‎ 52‎
4.‎ Aralovul ‎ 175 ‎
5.‎ Batosh ‎ 753 ‎
6.‎ Beglar ‎ 69 ‎
7.‎ Bogishamol ‎ 92 ‎
8.‎ Boʻston ‎ 74 ‎
9.‎ Gʻ. Gʻulom ‎ 157 ‎
10.‎ Geolog ‎ 74 ‎
11.‎ Gulshan ‎ 237 ‎
12.‎ Gungon ‎ 679 ‎
13.‎ D. Tutak ‎ 47 ‎
14.‎ Zaxokimaron ‎ 135 ‎
15.‎ Zogza ‎ 46 ‎
16.‎ Istiqlol ‎ 84 ‎
17.‎ K. Bogot ‎ 181 ‎
18.‎ K. Kurgoncha ‎ 92 ‎
19.‎ Kavali ‎ 146 ‎
20.‎ Kamandi ‎ 66 ‎
21.‎ Karlikxona ‎ 122 ‎
22.‎ Qarshi ‎ 121 ‎
23.‎ Kat ‎ 347 ‎
24.‎ Kunchiqar ‎ 80 ‎
25.‎ Qoʻrgʻoncha ‎ 57 ‎
26.‎ Magzon ‎ 44 ‎
27.‎ Maxallot ‎ 107 ‎
28.‎ Maxsumobod ‎ 53 ‎
29.‎ Maxtumquli ‎ 87 ‎
30.‎ Mustaqillik ‎ 94 ‎
31.‎ Navo ‎ 138 ‎
32.‎ Navroʻz ‎ 32 ‎
33.‎ Nasaf ‎ 114 ‎
34.‎ Neftchilar ‎ 30 ‎
35.‎ Nuriston ‎ 87 ‎
36.‎ Oydin ‎ 133 ‎
37.‎ Otchopar ‎ 146 ‎
38.‎ Paxtazor ‎ 179 ‎
39.‎ Paxtazor-1 ‎ 111 ‎
40.‎ Ravoq‎ 165 ‎
41.‎ Roguzar ‎ 95 ‎
42.‎ Komilon ‎ 146 ‎
43.‎ Samarqand ‎ 78 ‎
44.‎ Tabassum ‎ 405 ‎
45.‎ Tabassum-1 ‎ 77 ‎
46.‎ Temiryoʻlchi ‎ 75 ‎
47.‎ Naxshab ‎ 63 ‎
48.‎ Oqtepa ‎ 102 ‎
49.‎ Xaramjoʻy ‎ 64 ‎
50.‎ Xontepa ‎ 219 ‎
51.‎ Xudoyzod ‎ 54 ‎
52.‎ Xoʻja-xiyol ‎ 254 ‎
53.‎ Chakar ‎ 30 ‎
54.‎ Charmgar ‎ 52 ‎
55.‎ Choʻlquvar ‎ 208 ‎
56.‎ Shayx Ali-1 ‎ 173 ‎
57.‎ Shayxali ‎ 329 ‎
58.‎ Shodlik ‎ 113 ‎
59.‎ Shoxbekat ‎ 145 ‎
60.‎ Shoʻrtangaz ‎ 101 ‎
61.‎ Eskianhor ‎ 58 ‎
62.‎ Yangi-turmush ‎ 235 ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 2014-yil 20-yanvardagi 153/34-4-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash shahar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi shahar hokimligi, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda yirik korxonalar bilan birgalikda shahar boʻyicha, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish hududiy dasturlarini, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash tarmoq dasturlarining ustuvor vazifalarini, mehnat bozorining talablarini hisobga olib ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur loyihasi xalq deputatlari shahar kengashi deputatlarining faol ishtirokida ishlab chiqilgan. Dastur loyihasining asosiy yoʻnalishlari, ustuvorliklari va amalga oshirish mexanizmlari tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur hududlar boʻyicha 2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholini bandligini taʼminlash, taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishning asosiy parametrlari va yoʻnalishlarini, yaratiladigan ish oʻrinlarini moliyalashtirish manbalari va hisobga olish (monitoring qilish) mexanizmlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni ishlab chiqish jarayonida barcha hududlarda ish bilan taʼminlash yuzasidan haqiqiy holat hamda ichki imkoniyatlar chuqur oʻrganib chiqildi va ish oʻrinlari yaratishga boʻlgan ehtiyoj aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarda bandlik masalasini hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2014-yil davomida barcha manbalar hisobidan 8716 ta ish joylari tashkil qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Investitsiya dasturlari asosida modernizatsiya va yangi obyektlarni ishga tushirish evaziga 910 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radiant silk” QQda yiliga 120 tonna ipakni qayta ishlash hisobiga 125 ta (va boshqalar) yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik korxona va mikrofirmalarni rivojlantirish va yangilarini barpo etish hisobiga 2160 ta yangi ish oʻrinlari barpo etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat korxonalarida 190 ta, qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish hisobiga uy-joy qurilishi va taʼmirlash sohasida 210 ta hamda xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish korxonalarida shoxobchalarni rivojlantirish hisobiga 1780 ta yangi ish oʻrinlari yaratish moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikni taʼminlashning samarali shakllaridan biri boʻlgan uy mehnati va kasanachilik yoʻnalishida 2580 ta ish oʻrinlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy arxitektura talablariga mos keladigan uy-joylar, avtomobil yoʻllari, sogʻliqni saqlash va taʼlim muassalari, sport maydonchalari hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarini ishga tushirish, aholi punktlarini obodonlashtirish hamda kichik biznes subyektlariga xizmat koʻrsatuvchi bank, sugʻurta, lizing, huquqiy maslahatlar, konsalting markazlarini tashkil etish hisobiga — 1103 ta ish oʻrinlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan: band boʻlmagan aholini, shu jumladan ijtimoiy nochor toifalarni, birinchi navbatda, koʻp bolali ayollarni, nogironlar, taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, kasbiy qayta tayyorlash hamda ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha faol va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandlikni yanada ragʻbatlantirish, aholining tadbirkorlik faolligini oshirishga koʻmaklashish, bandlikning samarali shakllarini, ayniqsa kasanachilikni, oilaviy biznesni va hunarmandchilikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan: sanoatni, xizmat koʻrsatish soxasini va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek koʻp mehnat talab etadigan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash natijasida boʻshab qolayotgan xodimlar ishga joylashishini taʼminlash doirasida ish oʻrinlarini tashkil etish va ilgari tashkil etilgan ish oʻrinlari barqaror amal qilishi boʻyicha hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari salohiyatidan samarali foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning bajarilishini monitoring qilish va ish oʻrinlarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etishning tasdiqlangan parametrlari bajarilishini taʼminlash maqsadida Dasturning tarmoqlar va aniq korxonalar boʻyicha bajarilishini muntazam ravishda hamda doimiy monitoring va tahlil qilish tashkil etilib, zarur boʻlganda 2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etishning tasdiqlangan parametrlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning bajarilishini monitoring va har oyda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ish oʻrinlari tashkil etishning tasdiqlangan parametrlaridan orqada qolish hollari mavjud boʻlgan korxonalar, tarmoqlar, bandlikning yoʻnalishlari, shuningdek mahalla fuqarolar yigʻinlarda aniqlanadi, Dastur parametrlari soʻzsiz taʼminlanishiga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilayotgan ish oʻrinlarining ishonchligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoliy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ish oʻrinlarini tezkor va statistik xisobga olish tizimi joriy etilgan boʻlib, ushbu tizim tashkil etilgan ish oʻrinlarini yoʻnalishlar va hududlar boʻyicha har chorakda kelishib hisobga olishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni bajarish doirasida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan tamoyillarni va aniq mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarga boʻlgan talabni xisobga olgan xolda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish davom ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan: Yangi tashkil etiladigan, shuningdek boʻsh turgan va zaxira qilinadigan ish oʻrinlariga ishga joylashishga muhtojlardan kamida 4 ming nafardan ziyod kishini ishga joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan: Band boʻlmagan aholiga va ishsizlarga, birinchi navbatda yoshlar, ayollar, imkoniyati cheklangan shaxslarga kasb-hunarga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha, shuningdek, ishsizlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha sifatli xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish, xususan band boʻlmagan aholi orasidan faol ish qidirayotgan 50 nafar ishsiz mehnat bozorida talab mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha qayta tayyorlanadi, 90 nafar ishsiz haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan: Dasturni roʻyobga chiqarish doirasida taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga alohida eʼtibor beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ilk bor mehnat bozoriga kiruvchi 8764 nafar shaxsni, ayniqsa 7400 dan ortiq kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, ishga joylashtirishga qaratilgan faol chora-tadbirlari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchidan: Ish qidirishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish maqsadida shaharda kamida 7 marotaba boʻsh ish oʻrinlari ixtisoslashtirilgan yarmarkasini oʻtkazish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchidan: mehnat bozoridagi vaziyat yumshatilib, shaharda ishsizlikning pasayishiga erishiladi mehnat bozoriga ilk marotaba kirib keluvchi oliy va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining barqaror ish joylariga joylashtiriladi.