Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2015 01.04.2014 yildagi IV-25-60/04-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi hamda 2014-yildagi mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashining 2014-yil 13-dekabrdagi IV-32/81-12-sonli “Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi, Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi SQ-399-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi, xalq deputatlari viloyat Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi IV\38-124-sonli “Viloyat mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi hamda 2014-yilgi budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaror (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2013-y., 52-son, 690-modda)lariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi va xalq deputatlari viloyat Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi IV\38-124-sonli “Viloyat mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi hamda 2014-yilgi budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2013-yil tuman mahalliy budjetining kutilayotgan ijrosi boʻyicha Shahrisabz tuman hokimligi moliya boʻlimi (A. Uzoqov)ning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2014-yil tuman mahalliy budjetining daromadlari 123.373.585 ming soʻm va xarajatlari 123.373.585 ming soʻm miqdorida tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashining doimiy komissiyalari, tuman hokimligi moliya boʻlimi budjetga toʻlovlarning toʻliq toʻlanishi, nazarda tutilgan xarajatlar miqdorining budjetdan oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishi hamda davlat mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari Shahrisabaz tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi tuman hokimligi moliya boʻlimi bilan tumanning 2014-yil budjetining ijrosining borishi toʻgʻrisida Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalariga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Xalilov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror “Kesh” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashining raisi F. NOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahrisabz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 1-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-25-60/04-son