01.04.2014 yildagi Х-611/3-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahrisabz tumani hududida qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) asosan tuman hududidagi qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlarini takomillashtirish hamda tuman hududida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlari uchun doimiy roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar, tuman hududidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalar hamda ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, toʻplangan qattiq va maishiy chiqindilar boʻyicha chiqindi chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi tomonidan 2011-yil 27-avgustda tasdiqlangan 0297-11-son “Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida aholi turar joy hududlarini qattiq va maishiy chiqindilardan tozalash toʻgʻrisida”gi Sanitariya qoidalari, meʼyorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida shartnomalar tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi tomonidan 2011-yil 27-avgustda tasdiqlangan 0297-11-son “Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida aholi turar joy hududlarini qattiq va maishiy chiqindilardan tozalash toʻgʻrisida”gi Sanitariya qoidalari va meʼyorlari asosida tayyorlangan tuman obodonlashtirish boshqarmasi va tuman moliya boʻlimlarining takliflariga muvofiq quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlari uchun doimiy roʻyxatdan oʻtgan har bir fuqarodan bir oyda 1500 soʻm undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda toʻplangan qattiq va maishiy chiqindilarni olib ketilganligi uchun 1m.kub hajmida 26.311 soʻm undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi yuk tashuvchi transport vositasi boʻlgan korxona, tashkilot va muassasalar hamda chiqindi chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chiqindilar tashlash poligoniga utilizatsiya qilish maqsadida olib borilgan qattiq va maishiy chiqindilar uchun tuman obodonlashtirish boshqarmasi bilan tuzilgan shartnoma asosida 1 m.kub hajmidagi tashlangan chiqindiga 9750 soʻm undirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari v/b T. Toshev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim F. NOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahrisabz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 1-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-611/3-son