Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NEFT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASH TIZIMINI VA ULARNI SOTISHDA HISOB-KITOB QILISH MEXANIZMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mintaqaviy unitar korxonalarini tugatish hamda 1-ilovaga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan mustaqil neft bazalari va kompleks avtoservis punktlari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Belgilansinki, yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etilayotgan neft bazalari va kompleks avtoservis punktlari:
unitar korxona hisoblanadi hamda bevosita “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufida boʻladilar;
xoʻjalik shartnomalari tuzadilar va neftni qayta ishlash zavodlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hisob-kitob qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. 2-ilovaga muvofiq kam quvvatli, past rentabelli neft bazalari va ularning filiallari tugatilsin, ularning mol-mulki “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi balansiga berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda tugatilayotgan neft bazalari va ularning filiallarining boʻshayotgan mol-mulkidan foydalanish yoki ularni sotish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi markaziy apparati tuzilmasida:
Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi tashkil etilsin, unga neft bazalari va kompleks avtoservis punktlari tomonidan tezkor, ishonchli hisobot oʻz vaqtida berilishi taʼminlanishini, toʻlov intizomiga, tarmoq korxonalari uchun belgilangan normativ talablarga rioya etilishini nazorat qilish funksiyasi yuklansin. Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi tarkibida oltita mintaqaviy zonalar boʻyicha 3-ilovaga muvofiq ishchi guruhlari tashkil etilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
4-ilovaga muvofiq 16 kishidan iborat Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilsin. Nazoratchi-taftishchilarning lavozim vazifalarini belgilashda ularning mintaqaviy zonalarga biriktirilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Nazorat-taftish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparatining maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 90 nafardan iborat boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
bir oy muddatda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqaviy unitar korxonalarini tugatsin, shuningdek tashkil etilayotgan neft bazalari va kompleks avtoservis punktlarini yuridik shaxs maqomi bilan roʻyxatdan oʻtkazsin;
ikki oy muddatda neft bazalari tomonidan neft mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi litsenziyalar belgilangan tartibda olinishini hamda neftni qayta ishlash zavodlari va ulgurji isteʼmolchilar bilan 2003-yilda neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan mintaqaviy unitar korxonalari aktivlari va majburiyatlarini “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda uning neft bazalari va kompleks avtoservis punktlari oʻrtasida taqsimlasin;
neft bazalari tuzilmasini va shtat jadvalini tanqidiy baholasin va ular boʻyicha tegishli normativlarni tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi 2003-yilda neft mahsulotlari davlat zaxirasi hajmlari hamda neft mahsulotlari davlat zaxirasi uchun gʻamlab qoʻyiladigan va saqlanadigan neft bazalari va ularning filiallarining aniq roʻyxati yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
7. 2003-yil 25-maydan boshlab oldindan majburiy haq toʻlashning quyidagi miqdorlari belgilansin:
avtomobil benzini va suyultirilgan gaz uchun — 100 foiz miqdorida;
neft mahsulotlari uchun barcha isteʼmolchilarga — uzil-kesil hisob-kitoblarni 60 kun doirasida amalga oshirgan holda, kamida 30 foiz miqdorida.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Neft mahsulotlari yetkazib berish, sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Belgilansinki, neft va gaz mahsulotlari uchun haq toʻlashning belgilangan tartibi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tizimi ichida buzilgan taqdirda:
kam oʻtkazilgan summaga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 135-moddasining 8-bandida belgilangan stavka boʻyicha penya qoʻshiladi, penya tartib buzilishida aybdor boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektdan budjetga undiriladi;
toʻlovchi yoki davlat soliq xizmati organining topshirigʻini bajarmaslikda yoki oʻz vaqtida bajarmaslikda aybdor boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi bankdan budjetga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kam oʻtkazilgan summaning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga moliya inspektorlari bilan birgalikda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Boshkommungaz” korxonasi korxonalari tomonidan neft va gaz mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan ularda har yarim yilda bir martadan ortiq boʻlmagan qisqa muddatli mavzuli tekshirishlar oʻtkazishiga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki, moliya inspektorlari lavozimlari mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan barcha neft bazalarida saqlab qolinadi yoki qoʻshimcha ravishda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qaroriga 3-ilova;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qaroriga 1-ilovaning II boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-may,
225-son
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga yuridik shaxs maqomi bilan kiruvchi neft bazalari va kompleks avtoservis punktlari
Keyingi tahrirga qarang.
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1. Taxiatosh neft bazasi
Chimboy filiali
Qoʻngʻirot filiali
2. Toʻrtkoʻl neft bazasi
Jumurtov filiali
3. Kompleks avtoservis punkti
Keyingi tahrirga qarang.
Andijon viloyati
1. Andijon neft bazasi
Asaka filiali
Shahrixon filiali
Poytugʻ filiali
2. Gurunchmozor neft bazasi
Buxoro viloyati
1. Buxoro neft bazasi
Qorakoʻl filiali
Koʻkcha filiali
Jizzax viloyati
1. Jizzax neft bazasi
Dashtobod filiali
Forish filiali
Lalmikor filiali
Keyingi tahrirga qarang.
2. Doʻstlik neft bazasi
Yerjar filiali
Qashqadaryo viloyati
1. Qarshi neft bazasi
Koson filiali
2. Shahrisabz neft bazasi
Yakkabogʻ filiali
Gʻuzor filiali
3. Kompleks avtoservis punkt
Keyingi tahrirga qarang.
Navoiy viloyati
1. Navoiy neft bazasi
Xatirchi filiali
Qiziltepa filiali
Keyingi tahrirga qarang.
2. Zarafshon neft bazasi
Uchquduq filiali
Keyingi tahrirga qarang.
Namangan viloyati
1. Toʻraqoʻrgʻon neft bazasi
Chust filiali
Keyingi tahrirga qarang.
2. Uychi neft bazasi
Uchqoʻrgʻon filiali
Samarqand viloyati
1. Maroqand neft bazasi
Bulungʻur filiali
2. Nurobod neft bazasi
Ziyovuddin filiali
3. Kompleks avtoservis punkti
Keyingi tahrirga qarang.
Surxondaryo viloyati
1. Termiz neft bazasi
Boldir filiali
Jarqoʻrgʻon filiali
2. Denov neft bazasi
Qumqoʻrgʻon filiali
3. Kompleks avtoservis punkti
Keyingi tahrirga qarang.
Sirdaryo viloyati
1. Guliston neft bazasi
Xovos filiali
Sirdaryo filiali
2. Kompleks avtoservis punkti
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent viloyati
1. Paxta neft bazasi
2. Chinobod neft bazasi
Keyingi tahrirga qarang.
3. Kuchlik neft bazasi
Bekobod filiali
Fargʻona viloyati
1. Fargʻona neft bazasi
Quva filiali
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoʻqon neft bazasi
Furqat filiali
Xorazm viloyati
1. Urganch neft bazasi
Xonqa filiali
Shovot filiali
2. Hazorasp neft bazasi
3. Kompleks avtoservis punkti
Keyingi tahrirga qarang.
Hammasi: 25 neft bazasi, 32 filial va 6 kompleks avtoservis punkti
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan kam quvvatli va past rentabelli neft bazalari va ularning filiallari
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1. Qoratov neft bazasi
2. Taxiatosh neft bazasining Xoʻjayli filiali
Andijon viloyati
1. Paxtaobod neft bazasi
2. Asaka neft bazasining Marhamat filiali
3. Gurunchmozor neft bazasining Xonobod filiali
4. Shahrixon neft bazasining Ulugʻnor filiali
5. Andijon neft bazasining Kuyganyor filiali
Buxoro viloyati
1. Buxoro neft bazasining Kogon filiali
Jizzax viloyati
1. Paxtakor neft bazasi
2. Zarbdor neft bazasi
3. Jizzax neft bazasining Zafarobod filiali
4. Doʻstlik neft bazasining Arnasoy filiali
5. Lalmikor neft bazasining Baxmal filiali
Qashqadaryo viloyati
1. Nishon neft bazasi
2. Qamashi neft bazasi
3. Ayritom neft bazasi
4. Gʻuzor neft bazasining Dehqonobod filiali
5. Shahrisabz neft bazasining Kitob filiali
Namangan viloyati
1. Chortoq neft bazasi
2. Haqqulobod neft bazasi
3. Namangan neft bazasi
4. Pop neft bazasi
5. Toʻraqoʻrgʻon neft bazasining Kosonsoy filiali
Samarqand viloyati
1. Kattaqoʻrgʻon neft bazasi
2. Jomboy neft bazasi
3. Ziyovuddin neft bazasining Zirabuloq filiali
4. Maroqand neft bazasining Oqdaryo filiali
5. Kattaqoʻrgʻon neft bazasining Ishtixon filiali
Surxondaryo viloyati
1. Sariosiyo neft bazasi
2. Shoʻrchi neft bazasi
3. Qumqoʻrgʻon neft bazasining Boysun filiali
4. Sariosiyo neft bazasining Uzun filiali
5. Shoʻrchi neft bazasining Oltinsoy filiali
Toshkent viloyati
1. Qibray neft bazasi
2. Kuchlik neft bazasining Yangibozor filiali
3. Kuchlik neft bazasining Angren filiali
4. Kuchlik neft bazasining Pargos filiali
Fargʻona viloyati
1. Rapqon neft bazasi
2. Oltiariq neft bazasi
3. Fargʻona neft bazasining Margʻilon filiali
Xorazm viloyati
1. Bogʻot neft bazasi
2. Shovot neft bazasining Gurlan filiali
3. Hazorasp neft bazasining Tuproqqalʼa filiali
4. Urganch neft bazasining Yangiariq filiali
5. Hazorasp neft bazasining Sharlouq filiali
Hammasi: 19 neft bazasi va 26 filial.
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi
Keyingi tahrirga qarang.
tuzilmasi
| Boshqarma boshligʻi | 1 kishi |
| Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari | 1 kishi |
|
Oltita mintaqaviy zonalar boʻyicha ishchi guruhlar | |
| Guruh rahbari | 1 kishi |
| Bosh iqtisodchi | 1 kishi |
| Hisobga olish va statistika boʻyicha yetakchi mutaxassis | 2 kishi |
| Yetakchi muhandis-texnolog | 1 kishi |
| Ishchi guruhi boʻyicha jami | 5 kishi |
| Hammasi: | 32 kishi |
| | |
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining nazorat-taftish boshqarmasi
tuzilmasi
| Boshqarma boshligʻi | 1 kishi |
| Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari | 1 kishi |
| Bosh nazoratchi-taftishchi | 5 kishi |
|
I toifali nazoratchi-taftishchi |
5 kishi |
|
II toifali nazoratchi-taftishchi |
4 kishi |
| Hammasi: | 16 kishi |
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi
tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 75-modda, 20-son, 192-modda, 24-son, 243-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 45-son, 444-modda; 2008-y., 10-11-son, 63-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son; 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)