Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NEFT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASH TIZIMINI VA ULARNI SOTISHDA HISOB-KITOB QILISH MEXANIZMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mintaqaviy unitar korxonalarini tugatish hamda 1-ilovaga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan mustaqil neft bazalari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Belgilansinki, yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etilayotgan neft bazalari:
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
unitar korxona hisoblanadi hamda bevosita “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufida boʻladilar;
xoʻjalik shartnomalari tuzadilar va neftni qayta ishlash zavodlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hisob-kitob qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. 2-ilovaga muvofiq kam quvvatli, past rentabelli neft bazalari va ularning filiallari tugatilsin, ularning mol-mulki “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi balansiga berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda tugatilayotgan neft bazalari va ularning filiallarining boʻshayotgan mol-mulkidan foydalanish yoki ularni sotish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi markaziy apparati tuzilmasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Neft bazalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin, unga neft bazalari tomonidan tezkor, ishonchli hisobot oʻz vaqtida berilishi taʼminlanishini, toʻlov intizomiga, tarmoq korxonalari uchun belgilangan normativ talablarga rioya etilishini nazorat qilish funksiyasi yuklansin. Neft bazalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tarkibida oltita mintaqaviy zonalar boʻyicha 3-ilovaga muvofiq ishchi guruhlari tashkil etilsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
4-ilovaga muvofiq 16 kishidan iborat Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilsin. Nazoratchi-taftishchilarning lavozim vazifalarini belgilashda ularning mintaqaviy zonalarga biriktirilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Nazorat-taftish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
bir oy muddatda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqaviy unitar korxonalarini tugatsin, shuningdek tashkil etilayotgan neft bazalari va kompleks avtoservis punktlarini yuridik shaxs maqomi bilan roʻyxatdan oʻtkazsin;
ikki oy muddatda neft bazalari tomonidan neft mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi litsenziyalar belgilangan tartibda olinishini hamda neftni qayta ishlash zavodlari va ulgurji isteʼmolchilar bilan 2003-yilda neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan mintaqaviy unitar korxonalari aktivlari va majburiyatlarini “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda uning neft bazalari va kompleks avtoservis punktlari oʻrtasida taqsimlasin;
neft bazalari tuzilmasini va shtat jadvalini tanqidiy baholasin va ular boʻyicha tegishli normativlarni tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi 2003-yilda neft mahsulotlari davlat zaxirasi hajmlari hamda neft mahsulotlari davlat zaxirasi uchun gʻamlab qoʻyiladigan va saqlanadigan neft bazalari va ularning filiallarining aniq roʻyxati yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
7. 2003-yil 25-maydan boshlab oldindan majburiy haq toʻlashning quyidagi miqdorlari belgilansin:
avtomobil benzini va suyultirilgan gaz uchun — 100 foiz miqdorida;
neft mahsulotlari uchun barcha isteʼmolchilarga — uzil-kesil hisob-kitoblarni 60 kun doirasida amalga oshirgan holda, kamida 30 foiz miqdorida.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Neft mahsulotlari yetkazib berish, sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Belgilansinki, neft va gaz mahsulotlari uchun haq toʻlashning belgilangan tartibi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tizimi ichida buzilgan taqdirda:
kam oʻtkazilgan summaga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 135-moddasining 8-bandida belgilangan stavka boʻyicha penya qoʻshiladi, penya tartib buzilishida aybdor boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektdan budjetga undiriladi;
toʻlovchi yoki davlat soliq xizmati organining topshirigʻini bajarmaslikda yoki oʻz vaqtida bajarmaslikda aybdor boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi bankdan budjetga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kam oʻtkazilgan summaning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga moliya inspektorlari bilan birgalikda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan neft va gaz mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan ularda har yarim yilda bir martadan ortiq boʻlmagan qisqa muddatli mavzuli tekshirishlar oʻtkazishiga ruxsat berilsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki, moliya inspektorlari lavozimlari mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan barcha neft bazalarida saqlab qolinadi yoki qoʻshimcha ravishda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qaroriga 3-ilova;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qaroriga 1-ilovaning II boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-may,
225-son
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga yuridik shaxs maqomi bilan kiruvchi neft bazalari
(1-ilovaning nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1. Taxiatosh neft bazasi
Chimboy filiali
Qoʻngʻirot filiali
filial - kompleks avtoservis punkti
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ellikqalʼa neft bazasi
Toʻrtkoʻl filiali
Qoratov filiali.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Andijon viloyati
1. Andijon neft bazasi
Asaka filiali
Shahrixon filiali
Poytugʻ filiali
2. Gurunchmozor neft bazasi
Buxoro viloyati
1. Buxoro neft bazasi
Qorakoʻl filiali
Koʻkcha filiali
Jizzax viloyati
Oldingi tahrirga qarang.
1. Zarbdor filiali.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
2. Doʻstlik neft bazasi
Yerjar filiali
Oldingi tahrirga qarang.
“Qashqadaryo viloyati”
1. Qarshi neft bazasi
Koson filiali
Oldingi tahrirga qarang.
Ayritom filiali.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
filial - kompleks avtoservis punkti
2. Shahrisabz neft bazasi
Yakkabogʻ filiali
Gʻuzor filiali
(“Qashqadaryo viloyati” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kitob filiali.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Navoiy viloyati
1. Navoiy neft bazasi
Xatirchi filiali
Qiziltepa filiali
Oldingi tahrirga qarang.
Zarafshon filiali
Uchquduq
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Namangan viloyati
1. Toʻraqoʻrgʻon neft bazasi
Chust filiali
Oldingi tahrirga qarang.
Pop filiali
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
2. Uychi neft bazasi
Uchqoʻrgʻon filiali
Oldingi tahrirga qarang.
Samarqand viloyati
1. Maroqand neft bazasi
Bulungʻur filiali
Oldingi tahrirga qarang.
Jomboy filiali
filial - kompleks avtoservis punkti
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
2. Nurobod neft bazasi
Ziyovuddin filiali
(“Samarqand viloyati” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Zirabuloq filiali
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Surxondaryo viloyati
1. Termiz neft bazasi
Boldir filiali
Jarqoʻrgʻon filiali
filial - kompleks avtoservis punkti
2. Denov neft bazasi
Qumqoʻrgʻon filiali
(“Surxondaryo viloyati” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oltinsoy filiali
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sirdaryo viloyati
1. Guliston neft bazasi
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Sirdaryo filiali
filial - kompleks avtoservis punkti
(“Sirdaryo viloyati” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
Toshkent viloyati
1. Paxta neft bazasi
2. Chinobod neft bazasi
Oldingi tahrirga qarang.
Qibray filiali
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
3. Kuchlik neft bazasi
Bekobod filiali
Fargʻona viloyati
1. Fargʻona neft bazasi
Quva filiali
Oldingi tahrirga qarang.
Oltiariq filiali
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
2. Qoʻqon neft bazasi
Furqat filiali
Oldingi tahrirga qarang.
Xorazm viloyati
1. Urganch neft bazasi
Xonqa filiali
Shovot filiali
Oldingi tahrirga qarang.
Hazorasp filiali
filial - kompleks avtoservis punkti
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hammasi: 23 neft bazasi, 43 filial va 6 kompleks avtoservis punkti (neft bazalarining filiallari)
(oxirgi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan kam quvvatli va past rentabelli neft bazalari va ularning filiallari
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1. Qoratov neft bazasi
2. Taxiatosh neft bazasining Xoʻjayli filiali
Andijon viloyati
1. Paxtaobod neft bazasi
2. Asaka neft bazasining Marhamat filiali
3. Gurunchmozor neft bazasining Xonobod filiali
4. Shahrixon neft bazasining Ulugʻnor filiali
5. Andijon neft bazasining Kuyganyor filiali
Buxoro viloyati
1. Buxoro neft bazasining Kogon filiali
Jizzax viloyati
1. Paxtakor neft bazasi
2. Zarbdor neft bazasi
3. Jizzax neft bazasining Zafarobod filiali
4. Doʻstlik neft bazasining Arnasoy filiali
5. Lalmikor neft bazasining Baxmal filiali
Qashqadaryo viloyati
1. Nishon neft bazasi
2. Qamashi neft bazasi
3. Ayritom neft bazasi
4. Gʻuzor neft bazasining Dehqonobod filiali
5. Shahrisabz neft bazasining Kitob filiali
Namangan viloyati
1. Chortoq neft bazasi
2. Haqqulobod neft bazasi
3. Namangan neft bazasi
4. Pop neft bazasi
5. Toʻraqoʻrgʻon neft bazasining Kosonsoy filiali
Samarqand viloyati
1. Kattaqoʻrgʻon neft bazasi
2. Jomboy neft bazasi
3. Ziyovuddin neft bazasining Zirabuloq filiali
4. Maroqand neft bazasining Oqdaryo filiali
5. Kattaqoʻrgʻon neft bazasining Ishtixon filiali
Surxondaryo viloyati
1. Sariosiyo neft bazasi
2. Shoʻrchi neft bazasi
3. Qumqoʻrgʻon neft bazasining Boysun filiali
4. Sariosiyo neft bazasining Uzun filiali
5. Shoʻrchi neft bazasining Oltinsoy filiali
Toshkent viloyati
1. Qibray neft bazasi
2. Kuchlik neft bazasining Yangibozor filiali
3. Kuchlik neft bazasining Angren filiali
4. Kuchlik neft bazasining Pargos filiali
Fargʻona viloyati
1. Rapqon neft bazasi
2. Oltiariq neft bazasi
3. Fargʻona neft bazasining Margʻilon filiali
Xorazm viloyati
1. Bogʻot neft bazasi
2. Shovot neft bazasining Gurlan filiali
3. Hazorasp neft bazasining Tuproqqalʼa filiali
4. Urganch neft bazasining Yangiariq filiali
5. Hazorasp neft bazasining Sharlouq filiali
Hammasi: 19 neft bazasi va 26 filial.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Neft bazalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 228-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda)
tuzilmasi
| Boshqarma boshligʻi | 1 kishi |
| Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari | 1 kishi |
|
Oltita mintaqaviy zonalar boʻyicha ishchi guruhlar | |
| Guruh rahbari | 1 kishi |
| Bosh iqtisodchi | 1 kishi |
| Hisobga olish va statistika boʻyicha yetakchi mutaxassis | 2 kishi |
| Yetakchi muhandis-texnolog | 1 kishi |
| Ishchi guruhi boʻyicha jami | 5 kishi |
| Hammasi: | 32 kishi |
| | |
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining nazorat-taftish boshqarmasi
tuzilmasi
| Boshqarma boshligʻi | 1 kishi |
| Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari | 1 kishi |
| Bosh nazoratchi-taftishchi | 5 kishi |
|
I toifali nazoratchi-taftishchi |
5 kishi |
|
II toifali nazoratchi-taftishchi |
4 kishi |
| Hammasi: | 16 kishi |
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 75-modda, 20-son, 192-modda, 24-son, 243-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 45-son, 444-modda; 2008-y., 10-11-son, 63-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son; 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)