19.04.2003 yildagi 189-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.08.2017 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUSUSIYLASHTIRILGAN KORXONALARNI KORPORATIV BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda xususiylashtirilgan korxonalarda korporativ boshqarish prinsiplarini yanada joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning aksiyadorlik jamiyatlaridagi ishonchli vakili toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari Xususiylashtirilgan korxonalarni boshqarishni takomillashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2003-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, boshqa xoʻjalik birlashmalarining taʼsis hujjatlarini Prezidentning 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmoni talablariga muvofiqlashtirsinlar, bunda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalarning amaliy faoliyatiga asossiz aralashish imkonini beruvchi qoidalar istisno etilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga Hukumatning alohida xoʻjalik birlashmalari faoliyatini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-2004-yillarda aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga bosqichma-bosqich berish jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 1-iyulgacha mulkida davlat ulushi 26 foizni va undan koʻproqni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari bilan aksiyadorlik jamiyatlari professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgan muddatgacha amal qiladigan shartnomalar tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondidagi 25 foiz va undan kam miqdordagi davlat aktivlarini boshqarish yuzasidan ishonchli boshqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga muvofiq ular birja va birjadan tashqari bozorlarda toʻliq sotilgungacha boʻlgan davrga uzaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish komissiyasi aʼzolari oʻz faoliyatining ularning ushbu aksiyadorlik jamiyatlaridagi yollash boʻyicha mehnat faoliyati bilan birga qoʻshib olib borilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlari qiymatini baholash, yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha xususiylashtiriladigan korxonalardan tashqari, baholash tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va ularni sotishda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan boshlangʻich narx sifatida belgilanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining yoki Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalarning davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi qaroriga binoan ishonchli boshqaruvga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning ishonchli vakili aksiyalar (ulushlar, paylar)ning faqat bitta davlat paketini boshqarishga haqlidir;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini boshqarish xarajatlari aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushgan dividendlarning bir qismi hisobiga, ular boʻlmaganda esa — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobiga amalga oshiriladi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 542-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat aktivlarini boshqarish xizmatlariga haq toʻlash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2003-yil 1-fevraldagi holatiga koʻra ustav fondi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha 50 ming AQSH dollaridan kam miqdorda boʻlgan ilgari tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari 2004-yil 1-yanvargacha oʻz ustav fondlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish sanasida koʻrsatib oʻtilgan summadan kam boʻlmagan miqdorga keltirishlari yoxud belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 19-apreldagi
189-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning xoʻjalik jamiyatlaridagi ishonchli vakillari toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlatning ishonchli vakilining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, ular tomonidan hisobot topshirish hamda taqdirlash puli olish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlatning ishonchli vakillari ulardagi davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari boshqaruviga berilgan vaqtgacha tayinlanadilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlatning ishonchli vakili xoʻjalik jamiyatida davlatning ishonchli vakili hisoblanadi, aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdorida beriladigan huquqlar doirasida faoliyat koʻrsatadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlatning ishonchli vakilini tayinlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlatning ishonchli vakillari Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi yoxud uning topshirigʻiga koʻra Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Hayʼati tomonidan, shu jumladan tanlov asosida ham tayinlanadilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlatning ishonchli vakillari nomzodlari boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan kiritiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlatning ishonchli vakillari nomzodlari yetarli darajada iqtisodiy bilimlarga, rahbarlik ishida ishlash amaliyotiga ega boʻlgan hamda tayinlash va koʻrsatib oʻtilgan funksiyalarni bajarish paytida tarkibiga xoʻjalik jamiyati kiradigan kompaniyalar, korporatsiyalar, uyushmalar xodimlari boʻlmagan jismoniy shaxslar, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari, shuningdek investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari — yuridik shaxslar orasidan tanlab olinadi. Nomzodlarni tanlab olishda korporativ boshqaruv hamda qimmatbaho qogʻozlar bozori sohasida qoʻshimcha maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarga ustunlik beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka ijro etuvchi organ funksiyasini bajargan yoki koʻrsatib oʻtilgan yuridik shaxs bankrot deb eʼtirof etilgan vaqtda yuridik shaxsning ijro etuvchi organi hayʼati tarkibiga kirgan shaxslar davlatning ishonchli vakili etib tayinlanishi mumkin emas.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tayinlangan davlat ishonchli vakili bilan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) boshqarish yuzasidan tegishli shartnoma tuzadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishonchli vakillari bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga, ushbu muddatni uzaytirish imkoniyati bilan tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining shartnomaning amal qilish muddati tugagach uni toʻxtatish toʻgʻrisidagi arizasi mavjud boʻlmagan taqdirda u shartnomada nazarda tutilgan muddatga va aynan oʻsha shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlatning ishonchli vakilining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlatning ishonchli vakili vazifalariga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyador (muassis, ishtirokchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilish, xoʻjalik jamiyatidagi mol-mulkning saqlanishini va undan oqilona foydalanilishini taʼminlash.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada iqtisodiy islohotlarni oʻtkazishda, uning moliya-xoʻjalik faoliyatini yaxshilashda, menejment va marketing tizimini takomillashtirishda, shuningdek xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni renovatsiya qilish va korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash, raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlash maqsadida zamonaviy texnologik asbob-uskunalar va texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalar jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning davlat paketi (ulushi) boʻyicha dividendlardan xoʻjalik jamiyatini rekonstruksiya qilishda va texnika bilan qayta jihozlash uchun maqsadli foydalanilishini taʼminlash.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalar.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlatning ishonchli vakilining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlatning ishonchli vakili quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustavi va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdoriga muvofiq aksiyador (muassis, ishtirokchi) sifatida oʻzining barcha vakolatlaridan foydalanish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatining faoliyati toʻgʻrisidagi moliyaviy-iqtisodiy, shu jumladan korxonaning tijorat siri hisoblangan axborotlarni olish.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlatning ishonchli vakili xoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshirilayotgan joriy faoliyatga aralashishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlatning ishonchli vakili quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning davlat paketi (ulushi) bilan beriladigan vakolatlarga muvofiq ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan oʻz vazifalarining bajarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazini oʻz faoliyati natijalari va xoʻjalik jamiyatining moliya-xoʻjalik ahvoli toʻgʻrisida xabardor qilish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish chogʻida unga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlat manfaatlariga zid boʻlgan maqsadlarda foydalanmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga yoki ijro etuvchi organga murojaat qilish yoʻli bilan davlat huquqlari va manfaatlari buzilishini bartaraf etishni talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning davlat paketlari boʻyicha hisoblangan dividendlarning oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlanishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni koʻrish;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga majburiy toʻlovlar, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, ish haqi boʻyicha qarzi vujudga kelgan taqdirda, shuningdek korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy ahvoli yomonlashganda jamiyatning Kuzatuvchi kengashi tarkibini va ijro etuvchi organini qayta saylash maqsadida aksiyadorlarning (muassislarning, ishtirokchilarning) navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi chaqirilishini talab qilish;
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlatning ishonchli vakili tegishli ravishda Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bilan kelishuvsiz xoʻjalik jamiyatining boshqaruv organlarida boshqa aksiyadorlarning (muassislarning, ishtirokchilarning) vakili boʻlishi mumkin emas;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlatning ishonchli vakili faoliyatini taqdirlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlatning ishonchli vakiliga boshqarish xizmatlari koʻrsatganlik uchun taqdirlash puli asosiy va mukofot puli tarzida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning ishonchli vakiliga asosiy taqdirlash puli choraklar boʻyicha taqsimlagan holda yoki ular boshqaradigan aktivlardan olinadigan daromadga nisbatan foizlarda bir yil uchun yozilgan summada belgilanadi. Davlatning ishonchli vakili tomonidan olinadigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyati shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning ishonchli vakiliga mukofot puli yil natijalari boʻyicha, shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning ishonchli vakili faoliyatini taqdirlash uning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartib asosida aksiyalarni (ulushlarni) boshqarishi samaradorligiga bevosita bogʻliq holda amalga oshiriladi.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini boshqarish xarajatlari, shu jumladan davlatning ishonchli vakili faoliyatini taqdirlash xarajatlari aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushgan dividendlarning bir qismi hisobiga, ular boʻlmagan taqdirda esa — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobiga amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 542-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlatning ishonchli vakili oʻzi kuzatuvchi kengashining aʼzosi hisoblanadigan jamiyatning mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha taqdirlash puli olishi mumkin. Ushbu holatda taqdirlash puli miqdorlari jamiyatning ichki normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning ishonchli vakillari tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha taqdim etiladigan har choraklik hisobotlarni tahlil qilish asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning faoliyatini bevosita korxonada oʻrganish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular bilan suhbat oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan birgalikda har yili davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazadi, attestatsiya natijalari boʻyicha ular bilan shartnomani uzaytirish mumkinligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi bilan kelishgan holda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Davlatning ishonchli vakillarini almashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini oʻrganib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan oʻtkaziladigan attestatsiya natijalariga koʻra, ushbu Nizomga muvofiq, oʻz majburiyatlarini bajarishni taʼminlamagan davlatning ishonchli vakillari almashtiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlatning ishonchli vakilini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror tegishli ravishda Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan (agar davlatning ishonchli vakilini Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Hayʼati tayinlansa uning tomonidan):
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan vazifalar va qabul qilingan majburiyatlar davlatning ishonchli vakili tomonidan bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning ishonchli vakilining oʻzi oʻz majburiyatlarini bundan keyin bajarishi mumkin emasligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Davlatning ishonchli vakili hisoboti va javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlatning ishonchli vakili har chorakda, shartnomada belgilangan muddatlarda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslariga hisobot beradi. Hisobot qogʻozda va magnit manbalarida taqdim etiladi. Belgilangan shakldagi hisobot bilan birga korxonaning moliya-xoʻjalik ahvolini yaxshilash boʻyicha takliflar bilan birgalikda tahliliy axborot taqdim etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlatning ishonchli vakili oʻz majburiyatlarining oʻz vaqtida, toʻliq va zarur darajada bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini samarali boshqarish boʻyicha davlatning vakillariga yuklangan vazifalar ular tomonidan bajarilmasligi ularning asosiy ish joyidan boʻshatilishigacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 19-apreldagi
189-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilariga qoʻyiladigan asosiy talablarni va ular tomonidan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish amalga oshirilishini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarni va investitsiya hamda xususiylashtirilgan investitsiya fondlari mol-mulkiga kiruvchi qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilinadigan mablagʻlarni ishonchli boshqaruvni amalga oshirish tartibi va shartlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu Nizom bilan belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazida (keyingi oʻrinlarda matnda “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi” deb yuritiladi) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvga litsenziya olgan tijorat tashkilotlari tomonidan shuningdek bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tijorat banklari bilan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan tashqari, shuningdek mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari boʻlishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 283-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 522-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi uning tomonidan boshqariladigan investitsiya aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida oʻz moddiy aktivlariga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining oʻz moddiy aktivlari miqdori va uning tomonidan boshqariladigan investitsiya aktivlarining sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilagan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari oʻz moddiy aktivlarining koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan har chorakda boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarga muvofiq nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar (investitsiya aktivlarini) ishonchli boshqarish obyektlari boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qogʻozlari, shu jumladan ular tomonidan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki boʻlgan qimmatli qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ularni ishonchli boshqarish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki boʻlgan ulushlari (paylari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis tomonidan ishonchli boshqaruvchiga boshqarish uchun berilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish natijasida olingan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa har qanday fuqarolik huquqi obyektlari investitsiya aktivlari hisoblanmaydi va ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagilar investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish muassisi deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlari egasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki boʻlgan investitsiya aktivlariga nisbatan — vakolatli davlat organi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruv shartnomalarining umumiy shartlari va xususiyatlari
(II boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasi shartlarini tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga va ushbu Nizom bilan belgilangan xususiyatlarga muvofiq belgilaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining boshqaruv muassisi bilan tuzilgan shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tomonlarining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma mavzusi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvga beriladigan investitsiya aktivlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda oluvchi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchi tomonidan hisobotlar taqdim etish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruv toʻxtatilgan taqdirda investitsiya aktivlarini oluvchi shaxs (shaxslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar maqsadini, investitsiya siyosati yoʻnalishini, investitsiya faoliyatidagi cheklashlarni tavsiflovchi investitsiya deklaratsiyasi (qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga taqdirlash puli toʻlash va uning xarajatlarini qoplash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv muassisi xarajatlarini qoplash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunda va ishonchli boshqaruv shartnomasida nazarda tutilgan doirada, oʻz boshqaruviga investitsiya aktivlarini qabul qilgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ularga nisbatan mulkdorning barcha vakolatlarini amalga oshiradi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi tasdiqlangan investitsiya aktivlari boʻyicha barcha huquqlarni mustaqil ravishda va oʻz nomidan amalga oshiradi (aksiyalar, ulushlar, paylar) boʻyicha dividendlar olish va obligatsiyalar boʻyicha daromad olish huquqi, xoʻjalik jamiyati aksiyadori (qatnashchisi)ning shaxsiy nomulkiy huquqlari, qimmatli qogʻozni qaytarishga toʻlovni talab qilish huquqi va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufida boʻlgan investitsiya aktivlariga nisbatan barcha huquqlarni mustaqil ravishda va oʻz nomidan amalga oshiradi (qimmatli qogʻozlarni oʻzgaga berish, garovga qoʻyish, qimmatli qogʻozlar bilan har qanday bitishuvlarni yoki amaliy xatti-harakatlarni amalga oshirish huquqi).
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishonchli boshqaruvda boʻlgan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari tarzidagi investitsiya aktivlarini sarflash mutlaqo maqsadli xususiyatga egadir. Ushbu pul mablagʻlaridan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan faqat qimmatli qogʻozlarni boshqaruv muassisining mulki etib sotib olish uchun foydalanilishi yoxud ular boshqaruv muassisiga yoki boshqa foyda oluvchiga mulkiy foyda sifatida yoʻnaltirilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyat va qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyat boshqaruv muassisi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasida tuziladigan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnomani bajarish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqarish muassisi mulkiga sotib olinadigan qimmatli qogʻozlar ular mulkdor yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining boshqa vakolatli egalari tomonidan berilgan vaqtdan boshlab ishonchli boshqaruv obyektlariga aylanadi. Bunda ana shunday qimmatli qogʻozlarni berish toʻgʻrisida qoʻshimcha bitimlarning boshqaruv muassisi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasida tuzilishi talab qilinmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shartnomani bajarish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv taʼsischisi mulkiga olinadigan pul mablagʻlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi obyektiga kiritiladi. Bunda investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining ushbu pul mablagʻlarini berish toʻgʻrisida oʻzi bilan boshqaruv taʼsischisi oʻrtasida qoʻshimcha bitimlar tuzishi talab qilinmaydi. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bunday xatti-harakatlarni sodir etish natijasida paydo boʻlgan majburiyatlari koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobiga bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv taʼsischisi mulkiga olingan barcha pul mablagʻlarining ular investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan olingandan keyin darhol toʻliq hajmda boshqaruv taʼsischisiga berilishi kerakligi nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan qoida amal qilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomaning qonun hujjatlarida belgilangan majburiy shartlardan tashqari qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini ishonchli boshqaruvga berishni nazarda tutuvchi shartnomada boshqaruv muassisining pul mablagʻlarini yoʻnaltirish va investitsiyalash usullarini belgilovchi boshqaruvchi kompaniyaning investitsiya deklaratsiyasi mavjud boʻlishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining investitsiya deklaratsiyasi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv shartnomasining uzviy qismi hisoblanadi. Investitsiya deklaratsiyasi qoidalari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan shartnomaning boshqa qoidalari bilan bir xil asoslarda zarur darajada bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarni tuzish boshqaruv muassisining investitsiya deklaratsiyasida bayon qilingan qoidalarni, shu jumladan oʻziga tegishli boʻlgan pul mablagʻlari deklaratsiyaga oʻtkazilgan har qanday investitsiya aktivlari – investitsiyalash obyektlarini investitsiyalashga roziligini bildiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining investitsiya deklaratsiyasida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv maqsadini belgilash (boshqaruv muassisining pul mablagʻlaridan foydalanishning eng yuqori tijorat samaradorligiga erishish yoki boshqa aniq maqsad);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv muassisining pul mablagʻlarini investitsiya qilish mumkin boʻlgan investitsiya aktivlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi amal qilish majbur boʻlgan investitsiya aktivlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (har xil turdagi va emitentdagi qimmatli qogʻozlar nisbati; ishonchli boshqaruvda boʻlgan mazkur boshqaruv muassisining qimmatli qogʻozlari, pul mablagʻlari va investitsiya aktivlarining boshqa turlari oʻrtasidagi nisbat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur investitsiya deklaratsiyasi qoidalari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi uchun amal qiladigan va majburiy hisoblanadigan muddat.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomaning bir qismi hisoblanadigan investitsiya deklaratsiyasi qoidalarining amal qilish muddati umuman shartnomaning amal qilish muddatiga teng yoki undan kam boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu investitsiya deklaratsiyasining amal qilish muddati tugagach investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv shartnomasining tomonlari qoʻshimcha bitim bilan unda koʻrsatilgan muddatga yangi investitsiya deklaratsiyasini amalga kiritishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya deklaratsiyasining amal qilish muddati tugagach, agar shartnomaning tomonlaridan hech biri uni oʻzgartirish toʻgʻrisida talab qoʻymasa, ushbu deklaratsiya unda koʻrsatilgan muddatga uzaytirilgan hisoblanadi, lekin bu muddat ushbu deklaratsiya uning bir qismi hisoblanadigan shartnomaning amal qilish muddatidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Investitsiya deklaratsiyasining amalda boʻlish muddati boʻyicha koʻrsatma, buning uchun asoslar mavjud boʻlganda, koʻrsatilgan muddat tugagungacha unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Boshqaruv muassisining amaldagi investitsiya deklaratsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi talabi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi koʻrsatib oʻtilgan oʻzgartirishlarga rozi boʻlmagan taqdirda ular boshqaruv muassisi tomonidan shartnomaga ilova qilinadigan bir tomonlama dalolatnoma (bayonot) tuzish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi, muassisga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan muassis talablarini bajarishda mumkin boʻlgan salbiy mulkiy oqibatlar boshlanishi xavfi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining amaldagi deklaratsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi talabi shartnoma tomonlarining shartnomaga ilova qilinadigan tegishli qoʻshimcha bitimlar tuzishi yoʻli bilan qondiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan investitsiya deklaratsiyalari tuzish qoidalari qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqaruvga berish investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining ularga mulkdorlik huquqi belgilanishiga olib kelmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qimmatli qogʻozlar bilan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi zarur tartibda rasmiylashtirilgan yozma shartnomaning mavjudligi qimmatli qogʻozlarni Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga berish uchun yetarli asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar egalari reyestrlarini yurituvchi shaxslar, shuningdek boshqa har qanday manfaatdor shaxslar va organlar ularga qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqaruvga berish uchun asos sifatida boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega emas.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv shartnomalari boʻyicha operatsiyalarni hisobga olish va hisob raqamlarini yuritish
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va asoslarda berilgan investitsiya aktivlari boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining mol-mulki va oʻz investitsiya aktivlaridan ajratiladi, ularga boshqaruvchi kompaniyaning majburiyatlari boʻyicha undirishlar qaratilishi mumkin emas va ushbu aktivlar, bankrotlik holati vujudga kelganda tanlov massasiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitoblar uchun alohida bank hisob raqami ochiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Boshqaruv muassislarining pul mablagʻlari hisob raqamlarini yuritish uchun investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari tomonidan banklarda “boshqaruv muassisining ishonchli boshqaruvga berilgan pul mablagʻlari” deb yozib qoʻyilgan alohida hisob-raqamlari ochiladi. Alohida hisob raqamlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv muassislarining pul mablagʻlari hisob raqamlarini yuritish maqsadlari uchun investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamlari soni cheklanmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Alohida hisob raqamlariga xizmat koʻrsatish shartlari bank va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hisob raqamlariga faqat ushbu Nizomga muvofiq investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnoma tuzgan boshqaruv muassislari mablagʻlari kiritiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Boshqaruv muassislarining pul mablagʻlarini ajratish investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan unga berilgan pul mablagʻlarini alohida (ajratilgan) balansda hisobga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi, ushbu balans boshqaruvchi kompaniya tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda har bir boshqaruv muassisi va (yoki) pul mablagʻlari hisob raqamini yuritishni nazarda tutuvchi har bir shartnoma uchun ochiladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va jismoniy shaxs hisoblanadigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv muassisi oʻrtasidagi hisob-kitoblar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan pul mablagʻlarini investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga berish naqd boʻlmagan pul mablagʻlarini uning tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamiga oʻtkazish yoki naqd mablagʻlarni investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi mijozning pul mablagʻlari hisob raqamiga pul mablagʻlari oʻtkazilganini ular alohida hisob raqami ochilgan bank tomonidan alohida hisob raqamiga oʻtkazilgandan keyin navbatdagi bank kunidan kechikmay oʻz hisobida aks ettirishi shart.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash
(IV boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Boshqaruv muassisi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash huquqiga ega, ushbu cheklashlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga quyidagilarni taqiqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga oʻz mulkidagi, oʻz muassisi mulkidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz boshqaruvidagi qimmatli qogʻozlarni oʻz mulkiga, oʻz muassislari mulkiga begonalashtirish, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ayni bir vaqtda boshqa shaxs tomonida broker (vositachi, ishonchli vakil) sifatida ish koʻradigan bitishuvlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi va oʻzining muassislari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatish jarayonida boʻlgan tashkilotlarning qimmatli qogʻozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga tobe shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarini oʻziga tobe shaxslarga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni ushbu bandning ikkinchi—sakkizinchi xat boshida belgilangan qimmatli qogʻozlarga almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni toʻlov muddatini 30 kalendar kundan koʻproq muddatga kechiktirishni yoki uni boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha oʻzgaga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni oʻz majburiyatlarini (boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi tegishli shartnoma bajarilishi munosabati bilan paydo boʻladigan majburiyatlardan tashqari), oʻz muassislari majburiyatlarini, boshqa har qanday uchinchi shaxslarning majburiyatlarini bajarishni taʼminlash uchun garovga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni uchinchi shaxsning depozit tasarrufchisi va (yoki) oluvchisi sifatida belgilangan holda saqlashga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlarini uchinchi shaxslar foydasiga omonatga qoʻyish yoxud koʻrsatilgan mablagʻlarni uchinchi shaxs (shaxslar) tasarrufchisi etib belgilangan hisob raqamiga (hisob raqamlariga) oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga har qanday uchinchi shaxslar ular boʻyicha toʻlovning oluvchilari etib belgilangan sugʻurta shartnomalarini tuzish (sugʻurta polislarini sotib olish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun yoki shartnomada investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatiga qoʻshimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish jarayonida boshqaruv muassislari bilan oldindan kelishmasdan boshqaruvchi kompaniya ayni bir vaqtda, ularning mol-mulkini ishonchli boshqarish toʻgʻrisida shartnomalar tuzilgan ikkala tomonning manfaatlarini ifodalaydigan bitishuvlarni sodir etishga haqli emas.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini taqdirlash tartibi
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga boshqaruv muassisiga xizmatlar koʻrsatganlik uchun taqdirlash puli asosiy va mukofot puli tarzida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga asosiy taqdirlash puli choraklar boʻyicha taqsimlagan holda yoki ular boshqaradigan aktivlardan olinadigan daromadga nisbatan foizlarda bir yil uchun yozilgan summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyatlari shartnomada belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga mukofot puli yil natijalari boʻyicha, shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqargan taqdirda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini taqdirlash uning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartib asosida boshqarishi samaradorligiga bevosita bogʻliq holda amalga oshiriladi.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-1. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻzi kuzatuvchi kengashining aʼzosi hisoblanadigan jamiyatning mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha taqdirlash puli olishi mumkin. Ushbu holatda taqdirlash puli miqdorlari jamiyatning ichki normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
(31-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan qilingan barcha xarajatlar miqdori, ularni toʻlash muddatlari va tartibi hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini boshqaruv muassisiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun taqdirlash puli toʻlash ular oʻrtasida tuziladigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari boʻyicha davlat budjetiga tushgan dividendlar, ular boʻlmagan taqdirda esa — xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlar davlat aktivlarini ishonchli boshqarganlik uchun taqdirlash puli toʻlashning manbalari hisoblanadi. Investitsiya aktivlarini va xususiylashtirish investitsiya fondlarini ishonchli boshqarishni amalga oshirish bilan bogʻliq taqdirlashning xususiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini qayta tashkil etish va tugatish
(VI boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyoriy ravishda qayta tashkil etish yoki tugatishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi amalga oshiriladigan oʻzgarishlar toʻgʻrisida boshqaruv muassislarini yozma shaklda, agar shartnomada boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, qayta tashkil etish yoki tugatish tartibot-qoidasi boshlangungacha uch oydan kechikmay xabardor qilishi shart.
(33-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, -modda)
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlgan hamda investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi bilan shartnoma (kontrakt) tuzgan yoxud ushbu Nizomda belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar boshqaruvini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya aktivlari va investitsiya fondlarini ishonchli boshqaruvchi, investitsiya aktivlarini va xususiylashtirilgan investitsiya fondini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga (kontraktga), mazkur Nizomga, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining normativ hujjatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq fondlar aktivlarini boshqarishni amalga oshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Fondni taʼsis etish bosqichida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan Muassislar kengashi raisi shartnoma (kontrakt) tuzadi. Fond aksiyadorlarining birinchi Umumiy yigʻilishi tomonidan shartnoma (kontrakt) tasdiqlangandan keyin investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan shartnoma (kontrakt)ni fondning Kuzatuvchi kengashi raisi qayta tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasidagi shartnoma (kontrakt) Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Fondni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi bilan investitsiya fondining namunaviy kontraktiga yoki fondni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan xususiylashtirilgan investitsiya fondining namunaviy kontraktiga muvofiq tuziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondlarining aktivlarini boshqarishda ushbu fondlar nomidan ish koʻradi. Bunda u investitsiya fondi bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)da investitsiya fondining nomiga havola qilgan holda fondning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida ish koʻrayotganligini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondlari aktivlarini ushbu fondlarning aksiyadorlari manfaatlarini koʻzlab boshqarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyati investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va depozitariy tomonidan nazorat qilinadi. Fondning Kuzatuvchi kengashi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan bitishuvlar roʻyxatini, shuningdek bitishuvlarning xususiyati va hajmi boʻyicha cheklanishini belgilashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fond aktivlarini boshqarish boʻyicha butun faoliyatni amalga oshiradi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining joyi, muddatlari va kun tartibi toʻgʻrisidagi bildirishnomani tuzadi va yetkazib berishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va fondning Kuzatuvchi kengashi majlisi protokollarini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq fondning yillik hisobotlari va boshqa hisobotlarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav talablariga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fondning sof aktivlari qiymati boʻyicha maʼlumotlarni aniqlaydi va eʼlon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond ularning aksiyalari mulkdori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan fond nomidan aksiyadorlarning barcha huquqlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond aktivini tashkil etadigan pul mablagʻlarini investitsiya fondining bank hisob raqamiga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav talablariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom va Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizomga koʻra majburiy eʼlon qilinishi nazarda tutilgan investitsiya fondlariga nisbatan maʼlumotlarni, moliyaviy hisobotlar va reklama xususiyatiga ega boʻlgan materiallarni tayyorlash, tarqatish va eʼlon qilishni nazorat qiladi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya siyosati masalalari boʻyicha fondning Kuzatuvchi kengashiga maslahat xizmatlari koʻrsatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan investitsiya fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va xususiylashtirilgan investitsiya fondi oʻrtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq fondga boshqa xizmatlar koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, shuningdek fondning barcha hujjatlari va hisobotlari yuritilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni fond investitsiya qilgan barcha aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlarida fondning vakilligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond investitsiyalari toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlaydi, shuningdek investitsiya fondini boshqarish uchun boshqaruvchi tomonidan tayinlangan har qanday shaxs ushbu bitim boʻyicha unga tahliliy xizmatlar koʻrsatilishi uchun investitsiya fondiga nisbatan axborotning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun (ham xizmatlar koʻrsatish davrida, ham ushbu davr tamom boʻlgandan keyin) kafolat olishi maqsadida tegishli chora-tadbirlar koʻradi (maxfiylik toʻgʻrisidagi kontraktlar tuzilishi ham shu jumlaga kiradi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond hujjatlari saqlanishi va rasmiylashtirilishining toʻgʻriligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon qilingan dividendlarning fond aksiyadorlariga oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondlarning cheklanmagan miqdordagi investitsiyalarini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondlar nomidan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish, pul mablagʻlarini qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun fondning pul mablagʻini tasarruf etish, qonun hujjatlariga, ustavga va investitsion deklaratsiyaga muvofiq fondlarning aktivlari bilan boshqa bitishuvlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning nomidan fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq fondning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar chiqarilishini hisobga olish va depozitariy uchun majburiy hisoblangan fond aktivlarini joylash yuzasidan farmoyishlar chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondlari sof aktivlarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga, investitsion deklaratsiyaga va investitsiya fondlari faoliyati cheklanishiga muvofiq fondlar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun fondlarning pul mablagʻlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond Kuzatuvchi kengashining barcha majlislarida kuzatuvchi sifatida ovoz berish huquqisiz bir nafar vakilga ega boʻlish huquqiga ega, faoliyat yoki fondlarni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnoma (kontrakt) tuzish shartlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha majlislarda muhokama yoki ovoz berish yuz beradigan majlislarning davrlari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond ustaviga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdan tashqari Aksiyadorlar umumiy majlisini va Kuzatuvchi kengashni chaqirishni talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning Kuzatuvchi kengashidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga va fond ustaviga muvofiq investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond nomidan oʻz vazifalari bajarilishi uchun bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash huquqini yoki boshqa vakolatlarni berishni (ishonchnoma berish yoʻli bilan) talab qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ustav qoidalariga, Kuzatuvchi kengash va fond aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qarorlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq investitsiyalarni va qimmatli qogʻozlar portfelini samarali boshqarishni taʼminlash hamda fondlar aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish uchun imkoni boʻlgan barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan fond aksiyalari yoki fondning oxirgi yillik balans hisobotiga muvofiq qiymati fond aktivlari qiymatining 10 foizidan oshadigan fondning boshqa qiymatlari oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirishda fondning Kuzatuvchi kengashining yozma roziligini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ustavga muvofiq fond aksiyalariga yozilish boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi bilan zarur tayyorgarlik ishlarini olib borish hamda unga yozilish natijasida olingan barcha mablagʻlarni fondning hisob raqamiga kechiktirmasdan oʻtkazish majburiyatini yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) fondga tegishli boʻlgan barcha naqd mablagʻni, cheklar va naqd boʻlmagan toʻlovlarni fondning bank hisob raqamiga darhol oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fondning bank hisob raqamidan mablagʻlar oʻtkazish boʻyicha barcha toʻlov topshiriqlarini ushbu topshiriqlar bankka taqdim etilishidan oldin imzolash uchun qimmatli qogʻozlarning Markaziy depozitariysiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) har bir moliyaviy chorak tugallangandan keyin 30 kun mobaynida Kuzatuvchi kengashga quyidagi hujjatlar shaklida ushbu davr uchun fond ishi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrining boshi va oxiri boʻyicha fondning buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar va daromadlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot, shuningdek buxgalteriya hisobotining boshqa shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida maxsus davlat krediti olinishi, undan foydalanilishi va uning qaytarilishi toʻgʻrisidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilangan hisobot davrida investitsiya yoki xususiylashtirilgan investitsiya fondining qimmatli qogʻozlari va boshqa aktivlari bilan sodir etilgan bitishuvlar roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan shakl boʻyicha hisobot davri mobaynida investitsiya yoki xususiylashtirilgan investitsiya fondi mablagʻlari hisobiga investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan qilingan xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Kuzatuvchi kengashni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi rahbarlari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi kunidan 30 kun oldin Kuzatuvchi kengashga fond faoliyati toʻgʻrisidagi balans hisobotni, shu jumladan sof aktivlar qiymati toʻgʻrisidagi hisobotni, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotni, maxsus davlat kreditlari olinganligi, undan foydalanganligi va uning qaytarilganligi toʻgʻrisidagi hisobotni, shuningdek har bir aniq holatda fondning mustaqil auditorlari tomonidan tasdiqlangan hisobot davrining oxirgi kunida tuzilgan buxgalteriya hisobotining boshqa shakllarini taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) fondlarning investitsiya portfelini tashkil etadigan barcha aktivlarni qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) fondlarning aksiyalari bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitobda xato qilingan taqdirda mablagʻlar fond hisob raqamiga qaytarilishini yoki kompensatsiya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan hajmda va muddatlarda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga hisobot taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengash nomidan quyidagilarga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisining yozma talabiga koʻra fondning aktivlarini boshqarish yuzasidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga, investitsion deklaratsiyaga va ustav fondiga muvofiq ishonchli boshqaruvchi oʻz majburiyatlari bajarilishi uchun unga hujjatlarni imzolash huquqini berishi uchun (ishonchnoma berish yoʻli bilan) barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt) boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma (kontrakt) bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda uni bekor qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining qonun hujjatlarida taqiqlangan xatti-harakatlari natijasida fond koʻrgan zarar uchun fond oldida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fond aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga haqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond nomidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatida cheklashlar boʻlgan xatti-harakatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning natijasida qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar talablari, shu jumladan aktivlar tuzilmasiga qoʻyiladigan talablar buziladigan bitishuvlarni sodir etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish investitsiya fondi tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari uchun toʻlovni kechiktirish shaklida berilgan maxsus davlat kreditlaridan tashqari investitsiya portfelini tashkil etadigan fondning aktivlari hisobiga qaytarilishi kerak boʻlgan qarz mablagʻlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning aktivlarini boshqarish yoki uchinchi shaxslarning majburiyatlarini ijro etish bilan bogʻliq boʻlmagan oʻz majburiyatlarini ijro etishni taʼminlash uchun fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan aktivlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalaridan va davlatning qimmatli qogʻozlaridan tashqari xususiylashtirilgan investitsiya fondi aktivlari hisobiga qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning aktivlari hisobiga oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslaridan investitsiyalash obyektlarini sotib olishga yoxud bunday aktivlarni ularga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi boshqaradigan investitsiya fondlarining aksiyalarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni, shuningdek oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslari tomonidan boshqariladigan investitsiya fondlarining aksiyalarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondlarning investitsiya aktivlarini oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslariga, depozitariyga, fondning mustaqil auditoriga, shuningdek davlat organiga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan aktivlarini oʻz mulki qilib sotib olish, oʻz mol-mulkini fondning aktivini tashkil etadigan mol-mulk tarkibiga berish; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli toʻlashda xato aniqlangan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organining normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda investitsiya fondi chiqimlarining belgilangan normalaridan ortiqcha xarajatlarni toʻlash, pul mablagʻlarini fond aktiviga qaytarish uchun oʻz pul mablagʻlaridan foydalanish hollari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, uning affilyatsiya qilingan shaxslari, investitsiya fondining mustaqil auditori tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning mol-mulkini investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining oʻzi tomonidan yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini nazorat qiluvchi yoxud uning nazorati ostidagi shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri yoki uchinchi shaxslar orqali bitim tuzish, shuningdek fondning mol-mulkini fondning Kuzatuvchi kengashining oldindan berilgan yozma roziligisiz investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan korxonalarning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning Kuzatuvchi kengashi ruxsatisiz ustav fondida fondning ulushi besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan korxona tomonlardan biri boʻlgan bitishuvlarga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga maslahat berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning qonun hujjatlarida, fond ustavida yoki investitsion deklaratsiyada taqiqlangan faoliyati turlari bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga qoʻshimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan ustav fondida besh yoki undan ortiq foiz miqdoridagi ulush tegishli boʻlgan korxona bilan har qanday shartnoma (kontrakt) fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan maʼqullanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Fond bilan fond Kuzatuvchi kengashi aʼzolari, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining Kuzatuvchi kengash aʼzolari va mansabdor shaxslari iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan yuridik shaxs oʻrtasidagi har qanday bitishuv fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan maʼqullanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, agar ular ustav fondida besh va undan ortiq foizdagi ulush fondga tegishli boʻlgan yoki fond aksiyalarining besh yoki undan ortiq foizi unga tegishli boʻlgan yuridik shaxsga nisbatan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlsalar, yoxud mulkdor yoki kreditor huquqlariga ega boʻlsalar iqtisodiy manfaatga ega deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining mansabdor shaxslariga aksiyalarni fond birjasida (fond boʻlimlarini tashkil etgan boshqa birjalarda) sotuvga qoʻyish yuzasidan ekspertizada qatnashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Fond faoliyatiga cheklovlar investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Fondga koʻrsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga taqdirlash puli fond tomonidan asosiy va mukofot pulini taqdirlash shaklida toʻlanadi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga asosiy taqdirlash puli choraklar boʻyicha taqsimlagan holda, bir yil uchun qatʼiy belgilab qoʻyilgan summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinadigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori fond sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan summaga fondni boshqarish toʻgʻrisidagi shartnoma (kontrakt)ni bajarish boʻyicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining barcha xarajatlarini qoplash summasi kiritiladi, Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq fond hisobiga tegishli boʻlgan xarajatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli taqdirlash puli shartnoma (kontrakt)ga binoan yil natijalari boʻyicha, biroq fond aksiyadorlariga yil mobaynida hisoblangan dividendlar hisobga olingan holda fond sof aktivlari yillik oʻsishi summasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan moliyalashtirish stavkasi boʻyicha sof aktivlarni depozitlarda joylashtirishda yuz beradigan oʻsishdan 7 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Fondga koʻrsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga taqdirlash puli toʻlash miqdori, muddatlari va tartibi ular oʻrtasida tuziladigan shartnoma doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar hisobga olingan holda qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha davlat vakolatli organi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi uchun quyidagi xatti-harakatlarni taqiqlab qoʻyishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya portfellarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya portfellarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan mol-mulk hisobiga mol-mulk sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan mol-mulkni begonalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyatida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha davlat vakolatli organi tegishli materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Fond yangi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan kontrakt tuzishidan oldin litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan taqdirda fondning Kuzatuvchi kengashi qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha davlat vakolatli organi bilan kelishgan holda fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan investitsiya aktivlarini vaqtincha ishonchli boshqaruvchini tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan paytdan boshlab investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻz faoliyatini qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi sifatida amalga oshirishga haqli emas hamda vaqtincha ishonchli boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida investitsiya fondining investitsiya portfelini tashkil etadigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga tegishli boʻlgan barcha hujjatlarni va investitsiya fondining boshqa hujjatlarini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini qayta tashkil etish va tugatish tijorat tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi iqtisodiy nochorlik belgilari boʻyicha va bankrot deb eʼlon qilinganda sud tartibida tugatilganda uning fondlar bilan kontraktlari belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fondlar bilan kontraktlarni bekor qilishda fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan shaxsga fondning barcha hujjatlarini va Kuzatuvchi kengash yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi-voris tomonidan asosli ravishda soʻraladigan har qanday axborotni beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Fond, uning aksiyadorlari va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.
(VII bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga muvofiq qoʻshilgan— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 19-apreldagi
189-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarorining 3 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi toʻgʻrisida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyuldagi 257-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 35-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning 1-bandi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarorning 3-bandi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga tovar-xom ashyo birjalarining hisob-kitob-kliring palatalari va “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati hisob raqamlaridagi, respublikaning vakolatli banklarida ochilgan chet el banklarining “Loro” korrespondentlik hisob raqamlaridagi, birjalarning hisob-kitob-kliring palatalaridagi maxsus hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablagʻlaridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham birlamchi, ham ikkilamchi bozorlarda mamlakatimiz emitentlarining aksiyalarini sotib olish uchun foydalanishga ruxsat berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarorga 5-ilovaning 39 va 40-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 63-modda; 2004-y., 18-son, 206-modda; 2006-y., 42-son, 417-modda, 45-son, 448-modda; 2007-y., 37-38-son, 386-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda, 48-son, 476-modda, 52-son, 522-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2011-y., 37-son, 381-modda; 2013-y., 33-son, 438-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda, 17-son, 176-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)