Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIYLASHTIRILGAN KORXONALARNI KORPORATIV BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda xususiylashtirilgan korxonalarda korporativ boshqarish prinsiplarini yanada joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
2. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari Xususiylashtirilgan korxonalarni boshqarishni takomillashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2003-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, boshqa xoʻjalik birlashmalarining taʼsis hujjatlarini Prezidentning 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmoni talablariga muvofiqlashtirsinlar, bunda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalarning amaliy faoliyatiga asossiz aralashish imkonini beruvchi qoidalar istisno etilishini nazarda tutsinlar.
Zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga Hukumatning alohida xoʻjalik birlashmalari faoliyatini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar taqdim etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
2003-2004-yillarda aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga bosqichma-bosqich berish jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2003-yil 1-iyulgacha mulkida davlat ulushi 26 foizni va undan koʻproqni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari bilan aksiyadorlik jamiyatlari professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgan muddatgacha amal qiladigan shartnomalar tuzsin;
zarurat boʻlganda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondidagi 25 foiz va undan kam miqdordagi davlat aktivlarini boshqarish yuzasidan ishonchli boshqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga muvofiq ular birja va birjadan tashqari bozorlarda toʻliq sotilgungacha boʻlgan davrga uzaytirsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
taftish komissiyasi aʼzolari oʻz faoliyatining ularning ushbu aksiyadorlik jamiyatlaridagi yollash boʻyicha mehnat faoliyati bilan birga qoʻshib olib borilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlari qiymatini baholash, yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha xususiylashtiriladigan korxonalardan tashqari, baholash tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va ularni sotishda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan boshlangʻich narx sifatida belgilanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining yoki Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalarning davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi qaroriga binoan ishonchli boshqaruvga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini boshqarish xarajatlari aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushgan dividendlarning bir qismi hisobiga, ular boʻlmaganda esa — Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi hisobiga amalga oshiriladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat aktivlarini boshqarish xizmatlariga haq toʻlash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
5. Belgilansinki, 2003-yil 1-fevraldagi holatiga koʻra ustav fondi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha 50 ming AQSH dollaridan kam miqdorda boʻlgan ilgari tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari 2004-yil 1-yanvargacha oʻz ustav fondlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish sanasida koʻrsatib oʻtilgan summadan kam boʻlmagan miqdorga keltirishlari yoxud belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-aprel,
189-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilariga qoʻyiladigan asosiy talablarni va ular tomonidan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish amalga oshirilishini belgilaydi.
Qimmatli qogʻozlarni va investitsiya hamda xususiylashtirilgan investitsiya fondlari mol-mulkiga kiruvchi qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilinadigan mablagʻlarni ishonchli boshqaruvni amalga oshirish tartibi va shartlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu Nizom bilan belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish Oʻzbekiston Respublikasining Kapital bozorini rivojlantirish agentligida (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvga litsenziya olgan tijorat tashkilotlari tomonidan shuningdek bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tijorat banklari bilan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan tashqari, shuningdek mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari boʻlishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 283-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 522-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi uning tomonidan boshqariladigan investitsiya aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida oʻz moddiy aktivlariga ega boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining oʻz moddiy aktivlari miqdori va uning tomonidan boshqariladigan investitsiya aktivlarining sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha Agentlik belgilagan tartibda aniqlanadi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari oʻz moddiy aktivlarining koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi Agentlik tomonidan har chorakda boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarga muvofiq nazorat qilinadi.
(5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar (investitsiya aktivlarini) ishonchli boshqarish obyektlari boʻlishi mumkin:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qogʻozlari, shu jumladan ular tomonidan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki boʻlgan qimmatli qogʻozlar;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ularni ishonchli boshqarish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki boʻlgan ulushlari (paylari);
muassis tomonidan ishonchli boshqaruvchiga boshqarish uchun berilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan pul mablagʻlari;
ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish natijasida olingan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar.
Boshqa har qanday fuqarolik huquqi obyektlari investitsiya aktivlari hisoblanmaydi va ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagilar investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish muassisi deb eʼtirof etiladi:
investitsiya aktivlari egasi.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mulki boʻlgan investitsiya aktivlariga nisbatan — Agentlik.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
II. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruv shartnomalarining umumiy shartlari va xususiyatlari
(II boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
8. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasi shartlarini tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga va ushbu Nizom bilan belgilangan xususiyatlarga muvofiq belgilaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining boshqaruv muassisi bilan tuzilgan shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
shartnoma tomonlarining nomi;
shartnoma mavzusi;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
ishonchli boshqaruvga beriladigan investitsiya aktivlari roʻyxati;
foyda oluvchi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchi tomonidan hisobotlar taqdim etish muddatlari;
ishonchli boshqaruv toʻxtatilgan taqdirda investitsiya aktivlarini oluvchi shaxs (shaxslar);
investitsiyalar maqsadini, investitsiya siyosati yoʻnalishini, investitsiya faoliyatidagi cheklashlarni tavsiflovchi investitsiya deklaratsiyasi (qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda);
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga taqdirlash puli toʻlash va uning xarajatlarini qoplash tartibi;
boshqaruv muassisi xarajatlarini qoplash tartibi;
shartnomaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va shartlari;
tomonlarning javobgarligi;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qonunda va ishonchli boshqaruv shartnomasida nazarda tutilgan doirada, oʻz boshqaruviga investitsiya aktivlarini qabul qilgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ularga nisbatan mulkdorning barcha vakolatlarini amalga oshiradi, shu jumladan:
oʻz tasarrufidagi tasdiqlangan investitsiya aktivlari boʻyicha barcha huquqlarni mustaqil ravishda va oʻz nomidan amalga oshiradi (aksiyalar, ulushlar, paylar) boʻyicha dividendlar olish va obligatsiyalar boʻyicha daromad olish huquqi, xoʻjalik jamiyati aksiyadori (qatnashchisi)ning shaxsiy nomulkiy huquqlari, qimmatli qogʻozni qaytarishga toʻlovni talab qilish huquqi va shu kabilar);
oʻz tasarrufida boʻlgan investitsiya aktivlariga nisbatan barcha huquqlarni mustaqil ravishda va oʻz nomidan amalga oshiradi (qimmatli qogʻozlarni oʻzgaga berish, garovga qoʻyish, qimmatli qogʻozlar bilan har qanday bitishuvlarni yoki amaliy xatti-harakatlarni amalga oshirish huquqi).
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ishonchli boshqaruvda boʻlgan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari tarzidagi investitsiya aktivlarini sarflash mutlaqo maqsadli xususiyatga egadir. Ushbu pul mablagʻlaridan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan faqat qimmatli qogʻozlarni boshqaruv muassisining mulki etib sotib olish uchun foydalanilishi yoxud ular boshqaruv muassisiga yoki boshqa foyda oluvchiga mulkiy foyda sifatida yoʻnaltirilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyat va qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyat boshqaruv muassisi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasida tuziladigan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Shartnomani bajarish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqarish muassisi mulkiga sotib olinadigan qimmatli qogʻozlar ular mulkdor yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining boshqa vakolatli egalari tomonidan berilgan vaqtdan boshlab ishonchli boshqaruv obyektlariga aylanadi. Bunda ana shunday qimmatli qogʻozlarni berish toʻgʻrisida qoʻshimcha bitimlarning boshqaruv muassisi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasida tuzilishi talab qilinmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Shartnomani bajarish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv taʼsischisi mulkiga olinadigan pul mablagʻlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi obyektiga kiritiladi. Bunda investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining ushbu pul mablagʻlarini berish toʻgʻrisida oʻzi bilan boshqaruv taʼsischisi oʻrtasida qoʻshimcha bitimlar tuzishi talab qilinmaydi. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bunday xatti-harakatlarni sodir etish natijasida paydo boʻlgan majburiyatlari koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobiga bajariladi.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv taʼsischisi mulkiga olingan barcha pul mablagʻlarining ular investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan olingandan keyin darhol toʻliq hajmda boshqaruv taʼsischisiga berilishi kerakligi nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan qoida amal qilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomaning qonun hujjatlarida belgilangan majburiy shartlardan tashqari qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini ishonchli boshqaruvga berishni nazarda tutuvchi shartnomada boshqaruv muassisining pul mablagʻlarini yoʻnaltirish va investitsiyalash usullarini belgilovchi boshqaruvchi kompaniyaning investitsiya deklaratsiyasi mavjud boʻlishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining investitsiya deklaratsiyasi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv shartnomasining uzviy qismi hisoblanadi. Investitsiya deklaratsiyasi qoidalari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan shartnomaning boshqa qoidalari bilan bir xil asoslarda zarur darajada bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
Shartnomalarni tuzish boshqaruv muassisining investitsiya deklaratsiyasida bayon qilingan qoidalarni, shu jumladan oʻziga tegishli boʻlgan pul mablagʻlari deklaratsiyaga oʻtkazilgan har qanday investitsiya aktivlari – investitsiyalash obyektlarini investitsiyalashga roziligini bildiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining investitsiya deklaratsiyasida quyidagilar boʻlishi kerak:
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv maqsadini belgilash (boshqaruv muassisining pul mablagʻlaridan foydalanishning eng yuqori tijorat samaradorligiga erishish yoki boshqa aniq maqsad);
boshqaruv muassisining pul mablagʻlarini investitsiya qilish mumkin boʻlgan investitsiya aktivlari roʻyxati;
shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi amal qilish majbur boʻlgan investitsiya aktivlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (har xil turdagi va emitentdagi qimmatli qogʻozlar nisbati; ishonchli boshqaruvda boʻlgan mazkur boshqaruv muassisining qimmatli qogʻozlari, pul mablagʻlari va investitsiya aktivlarining boshqa turlari oʻrtasidagi nisbat);
mazkur investitsiya deklaratsiyasi qoidalari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi uchun amal qiladigan va majburiy hisoblanadigan muddat.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomaning bir qismi hisoblanadigan investitsiya deklaratsiyasi qoidalarining amal qilish muddati umuman shartnomaning amal qilish muddatiga teng yoki undan kam boʻlishi mumkin.
Ushbu investitsiya deklaratsiyasining amal qilish muddati tugagach investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv shartnomasining tomonlari qoʻshimcha bitim bilan unda koʻrsatilgan muddatga yangi investitsiya deklaratsiyasini amalga kiritishadi.
Investitsiya deklaratsiyasining amal qilish muddati tugagach, agar shartnomaning tomonlaridan hech biri uni oʻzgartirish toʻgʻrisida talab qoʻymasa, ushbu deklaratsiya unda koʻrsatilgan muddatga uzaytirilgan hisoblanadi, lekin bu muddat ushbu deklaratsiya uning bir qismi hisoblanadigan shartnomaning amal qilish muddatidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
19. Investitsiya deklaratsiyasining amalda boʻlish muddati boʻyicha koʻrsatma, buning uchun asoslar mavjud boʻlganda, koʻrsatilgan muddat tugagungacha unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Boshqaruv muassisining amaldagi investitsiya deklaratsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi talabi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi uchun majburiy hisoblanadi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi koʻrsatib oʻtilgan oʻzgartirishlarga rozi boʻlmagan taqdirda ular boshqaruv muassisi tomonidan shartnomaga ilova qilinadigan bir tomonlama dalolatnoma (bayonot) tuzish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi, muassisga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan muassis talablarini bajarishda mumkin boʻlgan salbiy mulkiy oqibatlar boshlanishi xavfi yuklanadi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining amaldagi deklaratsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi talabi shartnoma tomonlarining shartnomaga ilova qilinadigan tegishli qoʻshimcha bitimlar tuzishi yoʻli bilan qondiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan investitsiya deklaratsiyalari tuzish qoidalari Agentlikning normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqaruvga berish investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining ularga mulkdorlik huquqi belgilanishiga olib kelmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qimmatli qogʻozlar bilan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi zarur tartibda rasmiylashtirilgan yozma shartnomaning mavjudligi qimmatli qogʻozlarni Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga berish uchun yetarli asos hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlar egalari reyestrlarini yurituvchi shaxslar, shuningdek boshqa har qanday manfaatdor shaxslar va organlar ularga qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqaruvga berish uchun asos sifatida boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega emas.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
III. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv shartnomalari boʻyicha operatsiyalarni hisobga olish va hisob raqamlarini yuritish
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va asoslarda berilgan investitsiya aktivlari boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining mol-mulki va oʻz investitsiya aktivlaridan ajratiladi, ularga boshqaruvchi kompaniyaning majburiyatlari boʻyicha undirishlar qaratilishi mumkin emas va ushbu aktivlar, bankrotlik holati vujudga kelganda tanlov massasiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya aktivlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitoblar uchun alohida bank hisob raqami ochiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Boshqaruv muassislarining pul mablagʻlari hisob raqamlarini yuritish uchun investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari tomonidan banklarda “boshqaruv muassisining ishonchli boshqaruvga berilgan pul mablagʻlari” deb yozib qoʻyilgan alohida hisob-raqamlari ochiladi. Alohida hisob raqamlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiladi.
Boshqaruv muassislarining pul mablagʻlari hisob raqamlarini yuritish maqsadlari uchun investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamlari soni cheklanmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Alohida hisob raqamlariga xizmat koʻrsatish shartlari bank va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
Alohida hisob raqamlariga faqat ushbu Nizomga muvofiq investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnoma tuzgan boshqaruv muassislari mablagʻlari kiritiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Boshqaruv muassislarining pul mablagʻlarini ajratish investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan unga berilgan pul mablagʻlarini alohida (ajratilgan) balansda hisobga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi, ushbu balans boshqaruvchi kompaniya tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda har bir boshqaruv muassisi va (yoki) pul mablagʻlari hisob raqamini yuritishni nazarda tutuvchi har bir shartnoma uchun ochiladi va yuritiladi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va jismoniy shaxs hisoblanadigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv muassisi oʻrtasidagi hisob-kitoblar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan pul mablagʻlarini investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga berish naqd boʻlmagan pul mablagʻlarini uning tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamiga oʻtkazish yoki naqd mablagʻlarni investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi mijozning pul mablagʻlari hisob raqamiga pul mablagʻlari oʻtkazilganini ular alohida hisob raqami ochilgan bank tomonidan alohida hisob raqamiga oʻtkazilgandan keyin navbatdagi bank kunidan kechikmay oʻz hisobida aks ettirishi shart.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash
(IV boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Boshqaruv muassisi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash huquqiga ega, ushbu cheklashlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga quyidagilarni taqiqlaydi:
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga oʻz mulkidagi, oʻz muassisi mulkidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
oʻz boshqaruvidagi qimmatli qogʻozlarni oʻz mulkiga, oʻz muassislari mulkiga begonalashtirish, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ayni bir vaqtda boshqa shaxs tomonida broker (vositachi, ishonchli vakil) sifatida ish koʻradigan bitishuvlar tuzish;
oʻzi va oʻzining muassislari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
tugatish jarayonida boʻlgan tashkilotlarning qimmatli qogʻozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
oʻziga tobe shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
investitsiya aktivlarini oʻziga tobe shaxslarga joylashtirish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni ushbu bandning ikkinchi—sakkizinchi xat boshida belgilangan qimmatli qogʻozlarga almashtirish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni toʻlov muddatini 30 kalendar kundan koʻproq muddatga kechiktirishni yoki uni boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha oʻzgaga berish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni oʻz majburiyatlarini (boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi tegishli shartnoma bajarilishi munosabati bilan paydo boʻladigan majburiyatlardan tashqari), oʻz muassislari majburiyatlarini, boshqa har qanday uchinchi shaxslarning majburiyatlarini bajarishni taʼminlash uchun garovga berish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni uchinchi shaxsning depozit tasarrufchisi va (yoki) oluvchisi sifatida belgilangan holda saqlashga berish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlarini uchinchi shaxslar foydasiga omonatga qoʻyish yoxud koʻrsatilgan mablagʻlarni uchinchi shaxs (shaxslar) tasarrufchisi etib belgilangan hisob raqamiga (hisob raqamlariga) oʻtkazish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga har qanday uchinchi shaxslar ular boʻyicha toʻlovning oluvchilari etib belgilangan sugʻurta shartnomalarini tuzish (sugʻurta polislarini sotib olish).
Qonun yoki shartnomada investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatiga qoʻshimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish jarayonida boshqaruv muassislari bilan oldindan kelishmasdan boshqaruvchi kompaniya ayni bir vaqtda, ularning mol-mulkini ishonchli boshqarish toʻgʻrisida shartnomalar tuzilgan ikkala tomonning manfaatlarini ifodalaydigan bitishuvlarni sodir etishga haqli emas.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini taqdirlash tartibi
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga boshqaruv muassisiga xizmatlar koʻrsatganlik uchun taqdirlash puli asosiy va mukofot puli tarzida toʻlanadi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga asosiy taqdirlash puli choraklar boʻyicha taqsimlagan holda yoki ular boshqaradigan aktivlardan olinadigan daromadga nisbatan foizlarda bir yil uchun yozilgan summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyatlari shartnomada belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga mukofot puli yil natijalari boʻyicha, shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini boshqargan taqdirda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini taqdirlash uning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Agentlik tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartib asosida boshqarishi samaradorligiga bevosita bogʻliq holda amalga oshiriladi.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31-1. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻzi kuzatuvchi kengashining aʼzosi hisoblanadigan jamiyatning mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha taqdirlash puli olishi mumkin. Ushbu holatda taqdirlash puli miqdorlari jamiyatning ichki normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
(31-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan qilingan barcha xarajatlar miqdori, ularni toʻlash muddatlari va tartibi hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini boshqaruv muassisiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun taqdirlash puli toʻlash ular oʻrtasida tuziladigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari boʻyicha davlat budjetiga tushgan dividendlar, ular boʻlmagan taqdirda esa — xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlar davlat aktivlarini ishonchli boshqarganlik uchun taqdirlash puli toʻlashning manbalari hisoblanadi. Investitsiya aktivlarini va xususiylashtirish investitsiya fondlarini ishonchli boshqarishni amalga oshirish bilan bogʻliq taqdirlashning xususiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini qayta tashkil etish va tugatish
(VI boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtiyoriy ravishda qayta tashkil etish yoki tugatishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi amalga oshiriladigan oʻzgarishlar toʻgʻrisida boshqaruv muassislarini yozma shaklda, agar shartnomada boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, qayta tashkil etish yoki tugatish tartibot-qoidasi boshlangungacha uch oydan kechikmay xabardor qilishi shart.
(33-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, -modda)
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
VII. Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
34. Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlgan hamda investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi bilan shartnoma (kontrakt) tuzgan yoxud ushbu Nizomda belgilangan tartibda Agentlik tomonidan tayinlangan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya aktivlari va investitsiya fondlarini ishonchli boshqaruvchi, investitsiya aktivlarini va xususiylashtirilgan investitsiya fondini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga (kontraktga), mazkur Nizomga, Agentlikning normativ hujjatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq fondlar aktivlarini boshqarishni amalga oshirishi shart.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
36. Fondni taʼsis etish bosqichida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan Muassislar kengashi raisi shartnoma (kontrakt) tuzadi. Fond aksiyadorlarining birinchi Umumiy yigʻilishi tomonidan shartnoma (kontrakt) tasdiqlangandan keyin investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan shartnoma (kontrakt)ni fondning Kuzatuvchi kengashi raisi qayta tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasidagi shartnoma (kontrakt) Agentlik tomonidan tasdiqlangan Fondni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi bilan investitsiya fondining namunaviy kontraktiga yoki fondni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan xususiylashtirilgan investitsiya fondining namunaviy kontraktiga muvofiq tuziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
38. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondlarining aktivlarini boshqarishda ushbu fondlar nomidan ish koʻradi. Bunda u investitsiya fondi bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)da investitsiya fondining nomiga havola qilgan holda fondning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida ish koʻrayotganligini koʻrsatishi shart.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondlari aktivlarini ushbu fondlarning aksiyadorlari manfaatlarini koʻzlab boshqarishi shart.
39. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyati investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va depozitariy tomonidan nazorat qilinadi. Fondning Kuzatuvchi kengashi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan bitishuvlar roʻyxatini, shuningdek bitishuvlarning xususiyati va hajmi boʻyicha cheklanishini belgilashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fond aktivlarini boshqarish boʻyicha butun faoliyatni amalga oshiradi, shu jumladan:
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining joyi, muddatlari va kun tartibi toʻgʻrisidagi bildirishnomani tuzadi va yetkazib berishni taʼminlaydi;
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va fondning Kuzatuvchi kengashi majlisi protokollarini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq fondning yillik hisobotlari va boshqa hisobotlarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ustav talablariga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fondning sof aktivlari qiymati boʻyicha maʼlumotlarni aniqlaydi va eʼlon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
fond ularning aksiyalari mulkdori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan fond nomidan aksiyadorlarning barcha huquqlarini amalga oshiradi;
fond aktivini tashkil etadigan pul mablagʻlarini investitsiya fondining bank hisob raqamiga joylashtiradi;
ustav talablariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom va Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizomga koʻra majburiy eʼlon qilinishi nazarda tutilgan investitsiya fondlariga nisbatan maʼlumotlarni, moliyaviy hisobotlar va reklama xususiyatiga ega boʻlgan materiallarni tayyorlash, tarqatish va eʼlon qilishni nazorat qiladi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya siyosati masalalari boʻyicha fondning Kuzatuvchi kengashiga maslahat xizmatlari koʻrsatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan investitsiya fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va xususiylashtirilgan investitsiya fondi oʻrtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq fondga boshqa xizmatlar koʻrsatadi.
41. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi:
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, shuningdek fondning barcha hujjatlari va hisobotlari yuritilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlarni fond investitsiya qilgan barcha aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlarida fondning vakilligini;
fond investitsiyalari toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlaydi, shuningdek investitsiya fondini boshqarish uchun boshqaruvchi tomonidan tayinlangan har qanday shaxs ushbu bitim boʻyicha unga tahliliy xizmatlar koʻrsatilishi uchun investitsiya fondiga nisbatan axborotning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun (ham xizmatlar koʻrsatish davrida, ham ushbu davr tamom boʻlgandan keyin) kafolat olishi maqsadida tegishli chora-tadbirlar koʻradi (maxfiylik toʻgʻrisidagi kontraktlar tuzilishi ham shu jumlaga kiradi);
fond hujjatlari saqlanishi va rasmiylashtirilishining toʻgʻriligini;
eʼlon qilingan dividendlarning fond aksiyadorlariga oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlaydi.
42. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
fondlarning cheklanmagan miqdordagi investitsiyalarini boshqarish;
fondlar nomidan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish, pul mablagʻlarini qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun fondning pul mablagʻini tasarruf etish, qonun hujjatlariga, ustavga va investitsion deklaratsiyaga muvofiq fondlarning aktivlari bilan boshqa bitishuvlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
fondning nomidan fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq fondning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash;
aksiyalar chiqarilishini hisobga olish va depozitariy uchun majburiy hisoblangan fond aktivlarini joylash yuzasidan farmoyishlar chiqarish;
investitsiya fondlari sof aktivlarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga, investitsion deklaratsiyaga va investitsiya fondlari faoliyati cheklanishiga muvofiq fondlar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun fondlarning pul mablagʻlaridan foydalanish;
fond Kuzatuvchi kengashining barcha majlislarida kuzatuvchi sifatida ovoz berish huquqisiz bir nafar vakilga ega boʻlish huquqiga ega, faoliyat yoki fondlarni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnoma (kontrakt) tuzish shartlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha majlislarda muhokama yoki ovoz berish yuz beradigan majlislarning davrlari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
fond ustaviga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdan tashqari Aksiyadorlar umumiy majlisini va Kuzatuvchi kengashni chaqirishni talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
fondning Kuzatuvchi kengashidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga va fond ustaviga muvofiq investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond nomidan oʻz vazifalari bajarilishi uchun bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash huquqini yoki boshqa vakolatlarni berishni (ishonchnoma berish yoʻli bilan) talab qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi quyidagilarga majbur:
a) ustav qoidalariga, Kuzatuvchi kengash va fond aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qarorlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq investitsiyalarni va qimmatli qogʻozlar portfelini samarali boshqarishni taʼminlash hamda fondlar aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish uchun imkoni boʻlgan barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan fond aksiyalari yoki fondning oxirgi yillik balans hisobotiga muvofiq qiymati fond aktivlari qiymatining 10 foizidan oshadigan fondning boshqa qiymatlari oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirishda fondning Kuzatuvchi kengashining yozma roziligini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
v) ustavga muvofiq fond aksiyalariga yozilish boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi bilan zarur tayyorgarlik ishlarini olib borish hamda unga yozilish natijasida olingan barcha mablagʻlarni fondning hisob raqamiga kechiktirmasdan oʻtkazish majburiyatini yuklash;
g) fondga tegishli boʻlgan barcha naqd mablagʻni, cheklar va naqd boʻlmagan toʻlovlarni fondning bank hisob raqamiga darhol oʻtkazish;
d) fondning bank hisob raqamidan mablagʻlar oʻtkazish boʻyicha barcha toʻlov topshiriqlarini ushbu topshiriqlar bankka taqdim etilishidan oldin imzolash uchun qimmatli qogʻozlarning Markaziy depozitariysiga taqdim etish;
e) har bir moliyaviy chorak tugallangandan keyin 30 kun mobaynida Kuzatuvchi kengashga quyidagi hujjatlar shaklida ushbu davr uchun fond ishi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish:
Keyingi tahrirga qarang.
hisobot davrining boshi va oxiri boʻyicha fondning buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar va daromadlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot, shuningdek buxgalteriya hisobotining boshqa shakllari;
hisobot davrida maxsus davlat krediti olinishi, undan foydalanilishi va uning qaytarilishi toʻgʻrisidagi hisobot;
Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilangan hisobot davrida investitsiya yoki xususiylashtirilgan investitsiya fondining qimmatli qogʻozlari va boshqa aktivlari bilan sodir etilgan bitishuvlar roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan shakl boʻyicha hisobot davri mobaynida investitsiya yoki xususiylashtirilgan investitsiya fondi mablagʻlari hisobiga investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan qilingan xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobot;
j) Kuzatuvchi kengashni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi rahbarlari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
z) aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi kunidan 30 kun oldin Kuzatuvchi kengashga fond faoliyati toʻgʻrisidagi balans hisobotni, shu jumladan sof aktivlar qiymati toʻgʻrisidagi hisobotni, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotni, maxsus davlat kreditlari olinganligi, undan foydalanganligi va uning qaytarilganligi toʻgʻrisidagi hisobotni, shuningdek har bir aniq holatda fondning mustaqil auditorlari tomonidan tasdiqlangan hisobot davrining oxirgi kunida tuzilgan buxgalteriya hisobotining boshqa shakllarini taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
i) fondlarning investitsiya portfelini tashkil etadigan barcha aktivlarni qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysida saqlash;
k) fondlarning aksiyalari bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitobda xato qilingan taqdirda mablagʻlar fond hisob raqamiga qaytarilishini yoki kompensatsiya qilinishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
l) Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan hajmda va muddatlarda Agentlikka hisobot taqdim etish.
(43-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
44. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengash nomidan quyidagilarga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisining yozma talabiga koʻra fondning aktivlarini boshqarish yuzasidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga, investitsion deklaratsiyaga va ustav fondiga muvofiq ishonchli boshqaruvchi oʻz majburiyatlari bajarilishi uchun unga hujjatlarni imzolash huquqini berishi uchun (ishonchnoma berish yoʻli bilan) barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt) boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish.
Fond investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma (kontrakt) bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda uni bekor qilish huquqiga ega.
45. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining qonun hujjatlarida taqiqlangan xatti-harakatlari natijasida fond koʻrgan zarar uchun fond oldida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fond aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga haqli emas:
fond nomidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatida cheklashlar boʻlgan xatti-harakatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
uning natijasida Agentlik tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar talablari, shu jumladan aktivlar tuzilmasiga qoʻyiladigan talablar buziladigan bitishuvlarni sodir etishga;
(46-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
xususiylashtirish investitsiya fondi tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari uchun toʻlovni kechiktirish shaklida berilgan maxsus davlat kreditlaridan tashqari investitsiya portfelini tashkil etadigan fondning aktivlari hisobiga qaytarilishi kerak boʻlgan qarz mablagʻlarini jalb etish;
fondning aktivlarini boshqarish yoki uchinchi shaxslarning majburiyatlarini ijro etish bilan bogʻliq boʻlmagan oʻz majburiyatlarini ijro etishni taʼminlash uchun fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan aktivlardan foydalanish;
xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalaridan va davlatning qimmatli qogʻozlaridan tashqari xususiylashtirilgan investitsiya fondi aktivlari hisobiga qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
fondning aktivlari hisobiga oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslaridan investitsiyalash obyektlarini sotib olishga yoxud bunday aktivlarni ularga berish;
oʻzi boshqaradigan investitsiya fondlarining aksiyalarini sotib olish;
oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni, shuningdek oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslari tomonidan boshqariladigan investitsiya fondlarining aksiyalarini sotib olish;
fondlarning investitsiya aktivlarini oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslariga, depozitariyga, fondning mustaqil auditoriga, shuningdek davlat organiga joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan aktivlarini oʻz mulki qilib sotib olish, oʻz mol-mulkini fondning aktivini tashkil etadigan mol-mulk tarkibiga berish; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli toʻlashda xato aniqlangan taqdirda, Agentlikning normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda investitsiya fondi chiqimlarining belgilangan normalaridan ortiqcha xarajatlarni toʻlash, pul mablagʻlarini fond aktiviga qaytarish uchun oʻz pul mablagʻlaridan foydalanish hollari bundan mustasno;
(46-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, uning affilyatsiya qilingan shaxslari, investitsiya fondining mustaqil auditori tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
fondning mol-mulkini investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining oʻzi tomonidan yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini nazorat qiluvchi yoxud uning nazorati ostidagi shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri yoki uchinchi shaxslar orqali bitim tuzish, shuningdek fondning mol-mulkini fondning Kuzatuvchi kengashining oldindan berilgan yozma roziligisiz investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan korxonalarning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
fondning Kuzatuvchi kengashi ruxsatisiz ustav fondida fondning ulushi besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan korxona tomonlardan biri boʻlgan bitishuvlarga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga maslahat berish;
Keyingi tahrirga qarang.
fondning qonun hujjatlarida, fond ustavida yoki investitsion deklaratsiyada taqiqlangan faoliyati turlari bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga qoʻshimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan ustav fondida besh yoki undan ortiq foiz miqdoridagi ulush tegishli boʻlgan korxona bilan har qanday shartnoma (kontrakt) fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan maʼqullanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Fond bilan fond Kuzatuvchi kengashi aʼzolari, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining Kuzatuvchi kengash aʼzolari va mansabdor shaxslari iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan yuridik shaxs oʻrtasidagi har qanday bitishuv fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan maʼqullanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, agar ular ustav fondida besh va undan ortiq foizdagi ulush fondga tegishli boʻlgan yoki fond aksiyalarining besh yoki undan ortiq foizi unga tegishli boʻlgan yuridik shaxsga nisbatan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlsalar, yoxud mulkdor yoki kreditor huquqlariga ega boʻlsalar iqtisodiy manfaatga ega deb hisoblanadi.
49. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining mansabdor shaxslariga aksiyalarni fond birjasida (fond boʻlimlarini tashkil etgan boshqa birjalarda) sotuvga qoʻyish yuzasidan ekspertizada qatnashish taqiqlanadi.
50. Fond faoliyatiga cheklovlar investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Fondga koʻrsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga taqdirlash puli fond tomonidan asosiy va mukofot pulini taqdirlash shaklida toʻlanadi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga asosiy taqdirlash puli choraklar boʻyicha taqsimlagan holda, bir yil uchun qatʼiy belgilab qoʻyilgan summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinadigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori fond sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan summaga fondni boshqarish toʻgʻrisidagi shartnoma (kontrakt)ni bajarish boʻyicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining barcha xarajatlarini qoplash summasi kiritiladi, Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq fond hisobiga tegishli boʻlgan xarajatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli taqdirlash puli shartnoma (kontrakt)ga binoan yil natijalari boʻyicha, biroq fond aksiyadorlariga yil mobaynida hisoblangan dividendlar hisobga olingan holda fond sof aktivlari yillik oʻsishi summasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan moliyalashtirish stavkasi boʻyicha sof aktivlarni depozitlarda joylashtirishda yuz beradigan oʻsishdan 7 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
52. Fondga koʻrsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga taqdirlash puli toʻlash miqdori, muddatlari va tartibi ular oʻrtasida tuziladigan shartnoma doirasida belgilanadi.
53. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar hisobga olingan holda qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha davlat vakolatli organi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi uchun quyidagi xatti-harakatlarni taqiqlab qoʻyishga haqlidir:
investitsiya portfellarini joylashtirish;
investitsiya portfellarini sotib olish;
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan mol-mulk hisobiga mol-mulk sotib olish;
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan mol-mulkni begonalashtirish.
55. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyatida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha davlat vakolatli organi tegishli materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga beradi.
56. Fond yangi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan kontrakt tuzishidan oldin litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan taqdirda fondning Kuzatuvchi kengashi qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha davlat vakolatli organi bilan kelishgan holda fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan investitsiya aktivlarini vaqtincha ishonchli boshqaruvchini tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan paytdan boshlab investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻz faoliyatini qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi sifatida amalga oshirishga haqli emas hamda vaqtincha ishonchli boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida investitsiya fondining investitsiya portfelini tashkil etadigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga tegishli boʻlgan barcha hujjatlarni va investitsiya fondining boshqa hujjatlarini berishi shart.
57. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini qayta tashkil etish va tugatish tijorat tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
58. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi iqtisodiy nochorlik belgilari boʻyicha va bankrot deb eʼlon qilinganda sud tartibida tugatilganda uning fondlar bilan kontraktlari belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fondlar bilan kontraktlarni bekor qilishda fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan shaxsga fondning barcha hujjatlarini va Kuzatuvchi kengash yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi-voris tomonidan asosli ravishda soʻraladigan har qanday axborotni beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Fond, uning aksiyadorlari va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.
(VII bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga muvofiq qoʻshilgan— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarorining 3 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi toʻgʻrisida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyuldagi 257-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 35-modda):
a) qarorning 1-bandi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 63-modda; 2004-y., 18-son, 206-modda; 2006-y., 42-son, 417-modda, 45-son, 448-modda; 2007-y., 37-38-son, 386-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda, 48-son, 476-modda, 52-son, 522-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2011-y., 37-son, 381-modda; 2013-y., 33-son, 438-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda, 17-son, 176-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)