Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyul,
PQ-2213-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi PQ-2213-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-martdagi PQ-26-sonli qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, isteʼmolda boʻlgan mashinalar, uskunalar va mexanizmlarning TIF TN guruhlari boʻyicha eksporti, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari boʻyicha quyidagi shartlarda amalga oshiriladi, ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan eksport bundan mustasno:
mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarning toʻliq eskirishi;
mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarning eksport qiluvchi korxona tomonidan sotib olinganiga 5 yil toʻlishi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 117-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“117. Davlat geologiya qoʻmitasi tushgan materiallarni kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va “Oʻzbekneftgaz” MXKga (uglevodorodlar boʻyicha) uch kun mobaynida yuboradi. Koʻrsatib oʻtilgan organlar oʻn kun mobaynida oʻz xulosalarini taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi toʻrt kun mobaynida ekspertizaning yigʻma materiallarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga (toʻliq yoki qisman) berish mumkinligi toʻgʻrisida zarur xulosalar va taklif bilan tushuntirish yozuvlarini tayyorlab, materiallarni koʻrib chiqish va yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat mobaynida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qaror arizachiga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida yozma shaklda joʻnatiladi. Kelishib olishning rad etilishi asoslangan boʻlishi kerak.
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni qayta kelishib olishda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni kelishib olish rad etilgan avvalgi qarorda koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olinganligi tomonlarning huquqni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi tegishli shartnomani tuzish va yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi (toʻliq yoki qisman) berilayotgan shaxsga vakolatli organ tomonidan litsenziya berilishi uchun asos hisoblanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida:
a) “kiritadi” soʻzidan oldin “bir darcha” prinsipi boʻyicha” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
b) quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish boʻyicha elektron shaklda takliflar berish huquqiga ega”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 2-maydagi PQ-1524-sonli qarorida:
a) 2-ilovasida:
36-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat geologiya qoʻmitasining taqdimnomasiga binoan har yilning 1-fevralidan kechikmay noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarining (keng tarqalganlari bundan mustasno) joriy yil roʻyxatini tasdiqlaydi, ulardan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish ochiq savdolar orqali amalga oshiriladi.
Komissiya Davlat geologiya qoʻmitasining taqdimnomasiga binoan har yilning 1-fevralidan kechikmay joriy yil uchun:
keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarining roʻyxatini (ulardan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish ochiq savdolar orqali amalga oshiriladi);
mazkur Nizomning 21 va 22-bandlarida nazarda tutilgan ochiq savdoga chiqarilayotgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarining loyihalarini;
soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasida moʻljallanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun arizachida mavjud boʻlgan eng kam miqdordagi zarur texnikaviy vosita va moliyaviy mablagʻlardan, shuningdek pudratchi sifatida jalb etilayotgan soha mutaxassislaridan iborat ochiq savdo ishtirokchilariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlaydi.
Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxati mazkur Nizomning 1-ilovasida berilgan”;
37 va 38-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
39-bandining birinchi xatboshidagi “Komissiya” soʻzi “Vazirlar Mahkamasi yoki Komissiya tomonidan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarining roʻyxati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirda 391 - bandi bilan toʻldirilsin:
“391. Davlat geologiya qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi yoki Komissiya tomonidan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarining roʻyxati tasdiqlangandan soʻng bir hafta muddatda soʻralayotgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar yoki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun zarur hajmdagi geologiya, togʻ-texnika, texnologik hamda boshqa maʼlumotlardan iborat geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplamini tayyorlaydi.
Soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplami, belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan ariza berganlar (talabgorlar)ga ochiq savdolarda ishtirok etib, yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun sotiladi. Bunda toʻlov miqdori maʼlumotlarni tayyorlash (tanlash, koʻchirish, koʻpaytirish va boshqa) xizmatlar koʻrsatish uchun ketgan xarajatlar doirasida belgilanadi.
42-bandining ikkinchi xatboshidagi “37, 38, 39 va 41” raqamlari “36, 39, 391 va 41” raqamlari bilan almashtirilsin.
43-bandida:
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yer qaʼrini geologik oʻrganish va noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun berishda yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral mahsulotlardan foydalanish uchun berishda texnik-iqtisodiy asoslar;
atrof muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi Ariza loyihasiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi;
arizachi, ochiq savdoda yutib chiqqan taqdirda, davlat budjetiga toʻlanadigan pul miqdori koʻrsatilgan moliyaviy taklif”;
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmunda 441-bandi bilan toʻldirilsin:
“441. Soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani olish uchun moliyaviy taklifning eng kam summasi:
yer qaʼrini geologik oʻrganish uchun — noruda foydali qazilmalar konini qidirish va razvedka qilishga obuna bonusining qonun hujjatlarida belgilangan stavkasi miqdorini;
noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat usulida qazib chiqarish va ularni konlardan qazib olish, shuningdek texnogen mineral mahsulotlardan foydalanish uchun — tijorat maqsadidagi topilma bonusining qonun hujjatlarida belgilangan stavkasi miqdorini tashkil etadi”;
45-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Davlat geologiya qoʻmitasi talabnoma berish muddati tugagandan soʻng bir kun muddatda taqdim etilgan talabnomalarni umumlashtirib, ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaning ishchi guruhiga kiritadi.
Komissiyaning Ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruhi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi. Ishchi guruhining Nizomi va uning tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Ishchi guruhi ikki hafta muddatda:
har bir arizachining malaka talablariga mosligini aniqlash maqsadida talabnomalarni koʻrib chiqadi;
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va texnik- iqtisodiy asoslar ekspertizasini amalga oshiradi;
koʻrilgan masalalar boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasiga asosiy fikr- mulohaza va takliflar bayon etilgan yozma ravishdagi xulosani taqdim etadi”;
46 — 50-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
51-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Davlat geologiya qoʻmitasi Ishchi guruhining xulosasini olgandan soʻng ikki kun muddatda materiallarni umumlashtirib, koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi”;
57-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Ochiq savdolarda malaka talablariga mos kelgan bitta ishtirokchi qatnashgan va yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar yoki texnik-iqtisodiy asoslarga Komissiya Ishchi guruhi ekspertizasining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, gʻolib bevosita muzokaralar natijasiga koʻra Komissiyaning qarori boʻyicha aniqlanishi mumkin, agarda bunday qarorga roʻyxat tarkibining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan boʻlsa”;
Nizomning 2-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish
SXEMASI
SXEMASI
b) 3-ilovada:
5-bandida:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ochiq savdo ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish, ekspertiza qilish va Nizomini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining malakali mutaxassislaridan iborat Komissiya Ishchi guruhini tashkil etish”;
beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiya ishchi guruhining faoliyati ustidan nazorat olib borish”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat soliq xizmati idoralariga soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadigan idora va tashkilotlar roʻyxatining “Taqdim etiladigan maʼlumot nomi” ustunida:
6-pozitsiyadagi “boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish faktlari haqida maʼlumot, shuningdek ularni bekor qilish, toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida maʼlumot”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori 7-ilovasining “Toʻlovchilar” ustuni 3-pozitsiyasidagi va 9-1-ilovasining 7-pozitsiyasidagi “gastrolʼ-konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 366-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 06/18/5459/1374-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)