Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018 02.05.2011 yildagi PQ-1524-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5429-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-sonli qarori)”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda noruda foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan omilkorlik bilan, oqilona va samarali foydalanishni ta’minlab beradigan ta’sirchan huquqiy mexanizmni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi zimmasiga Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining ishchi organi vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova rus tilidagi matnda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi (R.S. Azimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishni mazkur qarorga qat’iyan muvofiq ravishda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda avval berilgan litsenziyalar egalarining ushbu qaror bilan belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tanqidiy o‘rganib chiqsin hamda ularning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish yoki egalari mazkur talablar va shartlarga javob bermaydigan litsenziyalarning amal qilishini tugatish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, noruda foydali qazilmalar mavjud yer qa’ri uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan amaliy nazoratni ta’minlasin, litsenziyaga ega bo‘lmasdan turib ularning qazib olinishiga yo‘l qo‘ymasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1524-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 222-modda; 2012-y., 45-son, 512-modda; 2014-y., 30-son, 366-modda, 52 (I)-son, 641-modda; 2016-y., 46-son, 529-modda; 2016-y., 50-son, 565-modda; 2017-y., 21-son, 391-modda)