30.06.2014 yildagi 325-q-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududida boʻlgan madaniy meros obyektlari roʻyxatini qayta tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 180-modda), hamda Samarqand viloyat hokimining 2013-yil 14-noyabrdagi 232-Q-sonli qarorlarining ijrosini taʼminlash hamda tuman hududida mavjud boʻlgan boy madaniy meros obyektlarini asrash, ularga zarar yetkazishining oldini olish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat hokimining 2013-yil 14-noyabrdagi 232-Q sonli “Samarqand viloyati hududida boʻlgan madaniy meros obyektlari roʻyxatini qayta tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasi tomonidan tumandagi qishloq fuqarolar yigʻinlari nomi oʻzgarganligi munosabati bilan tuman hududida joylashgan arxeologik yodgorliklar roʻyxati 1-ilovaga*, meʼmoriy madaniy meros obyektlari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman “Yermulkkadastr” xizmati DUK (O. Boʻtayev), tuman bosh arxitektori (A. Raximov), tumandagi qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddat ichida, tuman hududida mavjud boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazilishini oldini olish maqsadida tumanning bosh rejasida va xoʻjalik xaritasida moddiy madaniy meros obyektlarini (arxeologiya, meʼmoriy, diqqatga sazovor joylarni, haykallarni va hokazo) oʻzini va muhofaza hududlarini belgilanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlar atrofida, bosh rejaga asosan loyihalash, qayta qurish, qurilish va obodonlashtirish ishlarini rejalashtirishni Samarqand viloyati Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddat ichida tumanda 1, 2-ilovalarga muvofiq mavjud boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlarini saqlashini taʼminlash uchun xar biriga muhofaza belgilarini oʻrnatish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanuvchi muassasalar, korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga viloyat Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi murojaat qilingandan keyin 3 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”ga Qonuni talablariga muvofiq tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishlari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 12-dekabrdagi 648-Q sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari U. Sanayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim J. IBRAGIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nurobod t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325-q-son