Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021 04.01.2014 yildagi 21/5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash borasida faol siyosatni oʻtkazish, sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi, bozor hamda ijtimoiy infratuzilma, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, shuningdek xalq xoʻjaligining alohida ahamiyatga molik boʻlgan boshqa sohalarini rivojlantirish hisobiga bandlikni oshirish va shu orqali aholining iqtisodiy ahvolini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-iyundagi 310-sonli “Aholi bandligini taʼminlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2013-yil 24-oktabrdagi “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlash dasturi loyihasi toʻgʻrisida”gi 6-son yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlash dasturi loyihasi toʻgʻrisida”gi 6-son yigʻilish bayoni maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jarqoʻrgʻon tumanining “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashi, Jarqoʻrgʻon tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, tuman iqtisodiyot va statistika boʻlimlari, tuman Davlat soliq inspeksiyasi hamda boshqa mutasaddi korxonalar va tashkilotlarning eʼtibori “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi”ga muvofiq yangi ish oʻrinlari yaratishga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi korxonalarni ishga tushirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirish, qayta taʼmirlash va modernizatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mikrokreditlash tizimini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy mehnatining barcha shakllarini, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalariga binoan kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etish, milliy hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil va oziq-ovqat sanoatlarining mahalliy xomashyolarni qayta ishlash va tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga moʻljallangan, koʻp mehnat talab qiladigan sohalarini tezkor rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish va servisni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, barcha joylarda issiqxonalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infrastrukturasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirish va yangidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadigan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda qabul qilingan “Bandlik” dasturlarini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha istiqbolli dasturlari bilan mutanosibligini taʼminlash, har chorakda tahlil qilib tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda muhokama qilib borish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (O. Yoqubov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtmasdan noqonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman statistika boʻlimi (I. Xushboqov) “2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi”ga asosan yaratiladigan ish oʻrinlarining toʻliq statistik hisobi yuritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tumandagi tijorat banklari rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan rejaga muvofiq tijorat banklari tomonidan 2014-yilda yangi ish joylari yaratish uchun kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini qatʼiy nazoratga olish, mablagʻlar ajratilishini tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib, zarur choralarni koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (U. Razzoqov), tuman iqtisodiyot boʻlimi (A. Yarmatov) bilan birgalikda “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil eitsh va aholi bandligini taʼminlash dasturi”ga asosan yaratilayotgan ish oʻrinlarining doimiy monitoringini olib borish, dastur koʻrsatkichlarini bajarishda ortda qolayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tuman hokimiga har oyda hisobot va takliflar taqdim qilish hamda Kengashga yil yakuniga koʻra dasturning bajarilishi yuzasidan hisobot taqdim qilish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A. Irgashev hamda tuman hokimining oʻrinbosari S. Toshboyev zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashi raisi U. TURAPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21/5-son