Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimining
Qarori
Tuman aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) hamda shu asosida viloyat hokimining 2013-yil 7-dekabrdagi 266-q-sonli qarorlari ijrosini tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda shu asosida viloyat hokimining 2013-yil 7-dekabrdagi 266-q-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda viloyat hokimining mazkur qarorlari bilan quyidagilar respublika mintaqalarida aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashni tashkil qilishning asosiy vazifalari etib belgilanganligi:
shaharlar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga boʻlgan zamonaviy shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ularni sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy muvofiq holda joylashtirish ishlarining tashkil etilishini taʼminlash;
barcha bosqichlarda, shu jumladan poligonlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, sortlarga ajratish, tashish, poligonlarda koʻmib tashlashda sanitariya jihatidan tozalash obyektlaridan foydalanish va saqlash hamda ularni sanitariya va ekologiya talablariga muvofiq holda utilizatsiya qilish ishlarini tashkil etish;
aholi bandligini oshirish, sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi ishlarni samarali tashkil etish uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari va shart-sharoitlar yaratish;
qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash obyektlarining sanitariya va ekologik holati yuzasidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar:
2014-2015-yillarda Oqdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasini maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda tuman aholi punktlarida axlatlarni toʻplash shoxobchalarini qurish va ularni konteynyerlar bilan jihozlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda Obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyat koʻrsatayotgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
yuqoridagi qarorlar bilan tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirish manbalari 4-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda Oqdaryo tuman markazlarida, tuman posyolkalarida va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir kompleks tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks tadbirlar deb ataladi) 5-ilovaga* muvofiq;
Oqdaryo tuman hokimlik darajasida Kompleks tadbirlarni bajarish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi (J. Umarov), tuman bosh arxitektori (A. Vohidov), tuman tibbiyot birlashmasi (D. Togʻayev), tuman hokimligi moliya boʻlimi (H. Samandarov), tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi (I. Narzullayev) belgilangan tartibda taʼminlasinlar:
har yili 1-martgacha tanlov savdolari oʻtkazish, pudrat shartnomalarini belgilangan tartibda tuzish hamda axlatlarni toʻplash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurishning yakuniy manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash;
tasdiqlangan dasturlarning, Kompleks tadbirlarning va ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
ular oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatilgan holda qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va qayta ishlash boʻyicha tijorat tashkilotlari tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli qarorining 3-bandi ikkinchi, uchinchi, oltinchi xatboshilarda koʻrsatilgan vazifalar ijrochilar tomonidan tuman hokimining 2013-yil 17-dekabrdagi 646-sonli qarori bilan bajarilganligi inobatga olinsin.
5. Belgilansinki, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari koʻrsatish tuman markazida, shaharcha posyolkalarida va qishloq aholi punktlarida — Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, tumanda axlatlarni toʻplash shaxobchalari qurilishi tugallangach va ular konteynyerlar bilan jihozlangach axlatlarni toʻplash shoxobchalari, kelgusida ulardan foydalanish uchun, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tekin foydalanish uchun beriladi.
7. OATB “Agrobank” Loyish filiali (A. Murodov) va tuman tijorat banklariga, maxsus texnika sotib olish, qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va jihozlash uchun sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga 2-ilovaga* muvofiq imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2013-y., 1-son, 2-modda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan tuman hokimining qaroriga 7-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
1 — 7-ilovalar berilmaydi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim N. BERDIBOYEV
Loyish sh.,
2014-yil 19-aprel,
275-q-son