Samarqand viloyati Samarqand tumani hokimining
Qarori
Sanitar tozalik xizmatlari boʻyicha chegaralangan tariflarni kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda) Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y, 49-son, 632-modda), 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda) qarorlari ijrosini taʼminlash hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman hududidan qattiq va maishiy chiqindilarni tashishga doir koʻrsatiladigan xizmatlar tarifini belgilash maqsadida Samarqand viloyat hokimligi moliya boshqarmasining 2014-yil 24-apreldagi 03-9/510-sonli xatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Samarqand tuman hududidan tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun 2014-yil 1-maydan eʼtiboran:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi korxona, tashkilot, muassasa va yakka tartibda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar uchun toʻlovlar tarifi bir kub metr uchun 5510 soʻm;
jismoniy shaxslar uchun bir kishiga bir oyda 500 soʻm etib belgilansin.
3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (Sh. Odilov)ga:
maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun amal qilish meʼyorlari asosida jismoniy shaxslar bilan 3-ilovaga* muvofiq namunaviy shartnomalar asosida rasmiylashtirish tavsiya etilsin;
1—3-ilovalar berilmaydi.
tuman hududida paydo boʻladigan maishiy va qattiq chiqindilarni chiqarish boʻyicha tuziladigan shartnomalar toʻlovlariga tegishli oʻzgartirish kiritish va nazoratga olish topshirilsin.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari O. Muxtorov va F. Norovlar zimmalariga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim B. SADULLAYEV
Samarqand t.,
2014-yil 30-aprel,
487-q-son