Toshkent viployati Yuqorichirchiq tumani hokimining
Qarori
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tumanda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida, qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (N. Rasulov):
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼi nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Begmatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim U. ATEMOV
Yuqorichirchiq t.,
2013-yil 23-dekabr,
1052-son
Tuman hokimining 2013-yil 23-dekabrdagi 1052-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar
roʻyxati
|
T/r |
Korxona, muassasa va tashkilotlar |
Jalb qilinganlar soni |
Ish haqini toʻlash manbai (foiz hisobida) |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari | |
|
Ish beruvchi korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan | ||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 | |
|
1. |
Yuqori Chirchiq obodonlashtirish boʻlimi |
28 |
50 |
50 |
Farrosh, supuruvchi, qorovul, obodonlashtirish ishchisi |
|
JAMI: |
28 |
50 |
50 |
||