Toshkent viloyati Angren shahar hokimining
Qarori
Xaq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6 son, 97-modda) 17-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida shaharda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish xaqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamot ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatga haq toʻlash xarajatlarning, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
3. Shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (A. Kukanovga):
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari Sh. Pirqulov zimmasiga yuklansin.
Hokim I. RAXMONOV
Angren sh.,
2013-yil 4-dekabr,
714-q-son
Shahar hokimining 2013-yil 4-dekabrdagi 714-q-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar
roʻyxati
|
T/r |
Korxona, muassasa va tashkilotlar |
Jalb qilinganlar soni |
Ish haqini toʻlash manbai (foiz hisobida) |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari | |
|
Ish beruvchi korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan | ||||
|
1. |
Obodonlashtirish boʻlimi |
10 |
50 |
50 |
Obodonlashtirish ishlari |
|
2. |
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati |
10 |
75 |
25 |
Koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish, joriy taʼmir ishlari |