Samarqand viloyati Bulungʻur tumani hokimining
Qarori
Tumanda traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Boshdavtexnazorat” inspeksiyasining nizomiga asosan hamda Samarqand viloyat hokimligi huzuridagi “Mashina va asbob-uskunalarini texnikaviy holatini nazorat qilish boʻyicha Davlat bosh inspeksiyasi”ning 2014-yil 13-yanvardagi 1-a-sonli buyrugʻini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi O. Mamarahimovga:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan traktorlar, tirkamalar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarining texnik pasportlarini, nazorat texnik talonlarini, davlat raqam belgilari haqiqatda mavjudligini koʻrib chiqish va aniqlangan kamchilik boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
traktor va tirkamalarning tungi yoritish, gabarit, burilish chiroqlari, ogohlantirish belgilari boʻyicha taʼminlanganligi va ularning texnik holatini toʻligʻicha nazoratdan oʻtkazish;
tuman hududida joylashgan fermer xoʻjaligi, agrofirmalar, muqobil MTP, korxona va tashkilotlar balansida mavjud traktor va tirkama, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalarini roʻyxatga olish 01-raqamli asosiy vositalar kitobi, tuman Davtexnazorat inspeksiyasining hisobga olingan inventar kitobi bilan taqqoslash;
oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrik uchun tushadigan tushumlarni tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan undirish choralarini koʻrish yuklatilsin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi M. Achilov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. ABJALOV
Bulungʻur sh.,
2014-yil 11-fevral,
109-q-son