Toshkent viloyati Boʻka tumani hokimining
Qarori
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tumanda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingin fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa, tashkilot va fermer xoʻjaliklari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi fermer xoʻjaliklari rahbarlariga ilovada qayd etilgan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin:
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlar boʻyicha 75 foizi, ish beruvchilar mablagʻlari va 25 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (I.B. Bairov):
fermer xoʻjaliklari rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼi nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M.A. Sunnatullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. SULTANOV
Boʻka t.,
2013-yil 26-dekabr,
1246/1-son
Tuman hokimining 2013-yil 26-dekabrdagi 1246/1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi fermer xoʻjaliklar
roʻyxati
|
T/r |
Fermer xoʻjaligi nomi |
Jalb qilinganlar soni |
Ish haqini toʻlash manbai (foiz hisobida) |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari | |
|
Ish beruvchi fermer xoʻjaligi mablagʻlari hisobidan |
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan | ||||
|
1. |
“Oblayor Inomjon fayz” f/x |
13 |
75 |
25 |
Qishloq xoʻjaligi ishlari |
|
2. |
“Yosh kuch” f/x |
13 |
75 |
25 |
Qishloq xoʻjaligi ishlari |
|
3. |
“Jamol buyuk sarkarda” f/x |
14 |
75 |
25 |
Qishloq xoʻjaligi ishlari |
|
JAMI: |
40 |
||||