toshkent viloyati Boʻka tumani hokimining
Qarori
Boʻka tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2013-yil 14-noyabrdagi 770-II sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 5-dekabrdagi SQ-399-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 690-modda) va Toshkent viloyati xokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 297-sonli “Toshkent viloyatining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi hamda Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining 2013-yil 30-dekabrdagi 32/2-sonli “Boʻka tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti toʻgʻrisida”gi qarorlariga asoslangan holda qaror qilaman:
1. Toshkent viloyati hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 297-sonli “Toshkent viloyatining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ushbu qarorga asosan:
2. 2014-yil tumani hududida:
Tumanning 2014-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari mazkur qarorning 1-ilovasiga* muvofiq;
yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qatʼi belgilangan soliq stavkalari mazkur qarorning 2-ilovaciga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha olinadigan qatʼi belgilangan soliq stavkalari mazkur qarorning 3-ilovaciga* muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari mazkur qarorning 4-ilovasiga* muvofiq;
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mazkur qarorning 5-ilovasiga* muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlarning chegaralangan stavkalari mazkur qarorning 6-ilovasiga* muvofiq;
tuman hududidagi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi stavkalari mazkur qarorning 7-ilovasiga* muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2014-yilga belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdori mazkur qarorning 8-ilovasiga* muvofiq;
tuman boʻyicha 2014-yilda viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning miqdorlari mazkur qarorning 9-ilovasiga* muvofiq;
tuman boʻyicha 2014-yilda umumdavlat soliqlaridan kutilayotgan tushumlarning mahalliy budjetlarga ajratmalarining meʼyori mazkur qarorning 10-ilovasiga* muvofiq;
tuman boʻyicha 2014-yilga tuman mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻlarining eng kam miqdori mazkur qarorning 11-ilovasiga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—11-ilovalar berilmaydi.
3. Boʻka tumani mahalliy budjetini 2014-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar 32 073 297.0 ming soʻm;
xarajatlar 55 976 493.0 ming soʻm.
4. Tuman hokimligi Moliya boʻlimiga 2014 moliya yili davomida:
Toshkent viloyati Moliya boshqarmasining bildirishnomalari, tuman hokimining qaror va farmoyishlari hamda Moliya boshqarmasi bilan kelishilgan taqdimnomalariga muvofiq budjetning daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish;
tegishli budjetlardan maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutiga) ajratilishida birinchi navbatdagi xarajatlarini (ish haqi va unga ajratmalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning) mablagʻ bilan soʻzsiz taʼminlanishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
5. Tuman Davlat soliq inspeksiyasiga 2014-yil davomida:
2014-yil uchun belgilangan budjet daromadlarini soliq turlari boʻyicha toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
6. Tuman hokimining 2012-yil 31-dekabrdagi 1014-sonli “Boʻka tumanining 2013-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi va 2014-yil 2-yanvardagi 1-sonli “Boʻka tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari bekor qilinsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M. Sunnatullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. SULTANOV
Boʻka t.,
2014-yil 17-yanvar,
67-son