toshkent viloyati Bekobod shahar hokimining
Qarori
Bekobod shahrining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2013-yil 14-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 770-II-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi SQ-399-II-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52 son, 690-modda) PQ-2099-sonli, Toshkent viloyati Hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi “Toshkent viloyatining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 297-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Toshkent viloyati hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi “Toshkent viloyatining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 297-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ushbu qarorga asosan:
1. 2014-yil uchun shahar hududida:
shaharning 2014-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari mazkur qarorning 1-ilovasiga* muvofiq,
yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qatʼi belgilangan soliq stavkalari mazkur qarorning 2-ilovasiga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari mazkur qarorning 3-ilovasiga* muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari mazkur qarorning 4-ilovasiga* muvofiq;
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mazkur qarorning 5-ilovasiga* muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlarning chegaralangan stavkalari mazkur qarorning 6-ilovasiga* muvofiq;
shahar hududidagi shaharlar va qoʻrgʻonlarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi stavkalari mazkur qarorning 7-ilovasiga* muvofiq;
shahar mahalliy budjetining 2014-yilga belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdori mazkur qarorning 8-ilovasiga* muvofiq;
shahar boʻyicha 2014-yilga mahalliy budjetning aylanma kassa mablagʻlarining eng kam miqdorlari mazkur qarorning 9-ilovasiga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—9-ilovalar berilmaydi.
3. Bekobod shahar mahalliy budjetini 2013-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar 26968,1 mln soʻm;
xarajatlar 31328,3 mln soʻm.
4. Shahar hokimligi moliya boʻlimiga 2014 moliya yili davomida:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bildirishnomalari, viloyat hokimining qaror va farmoyishlari hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan viloyat moliya boshqarmasining taqdimnomalariga muvofiq budjetning daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish;
shahar mahalliy budjetiga maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutiga) ajratishda ularning miqdorlarini undiriladigan barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarni (ish haqi va unga ajratmalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning) mablagʻ bilan soʻzsiz taʼminlanishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
5. Ushbu qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Bekobod shahar hokimining 2012-yil 29-dekabr kunidagi “Bekobod shahrining 2013-yil mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 380-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. BUXARBOYEV
Bekobod sh.,
2014-yil 2-yanvar,
01-son