Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining
Qarori
Tuman hokimining 2013-yil 27-sentabrdagi 518-Q-sonli “Tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 543-modda) hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2013-yil 26-dekabrdagi 627-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hokimining 2013-yil 27-sentabrdagi 518-Q-sonli “Tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarori (“Paxtachi” 40 (6830)-son) bilan tasdiqlangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun korxona, muassasa, tashkilotlarda band qilingan ish oʻrinlari roʻyxati ilovaga* muvofiq qayta tasdiqlansin.
Ilova berilmaydi.
2. Qaror birinchi bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun 286 kishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlarga 15 kishi”.
quyidagi tahrirda sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin;
“odam savdosidan jabrlanganlar uchun 15 kishi”
“boshqa toifadagi shaxslar uchun 15 kishi”
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Usmonov zimmasiga yuklansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v.v.b. B. BOBAXOLOV
Ziyovuddin sh.,
2014-yil 10-yanvar,
12-q-son