Andijon viloyati Buloqboshi tumani hokimining
Qarori
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori ijrosini tumanda taʼminlash maqsadida hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini 2013-yil 2-aprel kungi 58-sonli buyrugʻiga muvofiq qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish koʻrsatib oʻtilganligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahaliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻiga muvofiq tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tuman qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi boʻyicha tuman inspektori A.Toʻxtaboyev zimmasiga yuklatilsin.
3. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (B. Gʻofurov), “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi boʻyicha tuman inspektori (A. Toʻxtaboyev) hamda muqobil MTP rahbarlariga:
2014-yil 1-fevraldan 31-iyul kuniga qadar tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tashkil etish yuzasidan komissiya tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
4. Korxona va xoʻjalik rahbarlari oʻz hisobidan mehnat jamoasida ishlayotgan komissiya aʼzolarini 2013-yilning 1-fevral kunidan 30-iyul kuniga qadar “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi boʻyicha tuman boʻlimiga xizmat safariga yuborishini taʼminlansinlar.
muqobil MTP rahbarlari bilan birgalikda majburiy texnik koʻrik jadvalini ishlab chiqish va tumandagi korxona hamda tashkilotlarga 1 (bir) oy oldin xabar qilish topshirilsin.
6. Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish yuzasidan tashkil etilgan komissiya (A. Toʻxtaboyev)ga majburiy texnik koʻrigini sifatli tashkil etish, koʻrik davomida aniqlangan kamchiliklarni 2014-yil 30-iyul kuniga qadar bartaraf etib, tuman hokimligiga axborot berib borish topshirilsin.
7. “Buloqboshi” gazetasi muharriri (A. Gʻoziyev)ga tuman hokimining mazkur qarorini ommaviy axborot vositasi orqali keng ommaga yetkazish ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. MAXSUDOV
Buloqboshi t.,
2014-yil 15-fevral,
74-q-son
(“Buloqboshi” gazetasi, 22.02.2014-y., 7 (897)-son)