Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2015 13.01.2014 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Toshloq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklar hisobidagi avtomototransport vositalarini 2014-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Fargʻona viloyati Bogʻdod tuman hokimining 2015-yil 29-yanvardagi 37-sonli “Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududida hamda tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklarga qarashli avtomototransport vositalari tomonidan yoʻllarda harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining 2003-yil 19-fevraldagi 56-sonli buyrugʻi talablarini bajarish maqsadida hamda tuman ichki ishlar boʻlimining 2013-yil 24-dekabrdagi 3 9/4630-sonli yozishmasini koʻrib chiqib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qati nazar barcha korxona, tashkilot, muassasa hamda fermer xoʻjaliklari hisobidagi avtomototransportlar, tirkamalar va yarim tirkamalarni 2014-yilning mart-oktabr oylarida davlat texnik koʻrigidan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklar tasarrufidagi avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi tomonidan tuzilgan 2014-yilda tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklarga qarashli avtomototrapsport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillarni, avtobuslarni, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillarini, ogʻir yuk hamda xavfli yuklarni tashuvchi transportlarni va ularni tirkamalarini bir yilda ikki marotaba texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish komissiyasiga avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvaliga qati amal qilish, transport vositalarini zaruriy asbob-anjomlar bilan taʼminlanganligi holatiga alohida eʼtibor berish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman avtomotohavaskorlar Kengashi (Sh. Omonov)ga 2014-yilgi davlat texnika koʻrigi davomida barcha haydovchilarning yoʻllarda harakatlanish qoidalari boʻyicha oʻttiz soatlik oʻqish dasturini oʻtaganligini qayta tekshiruvdan oʻtkazish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman ichki ishlar boʻlimi (boshligʻi Sh. Moʻminov) va tuman mudofaa boʻlimi (boshligʻi A. Qodirov)lar zimmasiga mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan 2014-yil 10-noyabrga qadar tuman hokimligiga yozma axborot berish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 9-yanvardagi 9-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Boboraximov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim X. UMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshloq t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-son
(“Toshloq tongi” gazetasi, 22.01.2014-y., 03 (6860)-son)