Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 30.01.2014 yildagi 20-қ-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Hujjat 30.01.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2014-yil 8-yanvarda 2551-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 30-dekabrdagi 116-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-dekabrdagi 2013-47-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2014-yil 10-yanvardagi MA/15-02-32-21/11-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 10-yanvardagi 26/1-566-sonli qoʻshma xatini hamda Samarqand viloyat adliya boshqarmasining 2014-yil 28-yanvardagi 05-17/1236-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2014-yilning 1-fevralidan boshlab, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, viloyatdagi barcha bozorlar va savdo kompleks (yarmarka)larida sotuvchi (xizmat koʻrsatuvchi)lardan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlari 1, 2, 3, 4 va 5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (X. Shakirov)ga DSQ “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” bosh boshqarmasi Samarqand viloyat boʻlimi (K. Qosimov) hamda viloyat “Bozorlar va savdo komplekslari” uyushmasi (B. Joʻrabekov) bilan birgalikda viloyatdagi barcha bozor va savdo komplekslarida sotuvchi (xizmat koʻrsatuvchi)lardan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar haqlarini toʻliq undirilish hamda tegishli qismini mahalliy budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2013-yil 9-martdagi 66-q-sonli “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan joy, ijara va xizmat koʻrsatish haqining yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari X. Xoʻdjayorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Z. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-q-son