Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2014 09.03.2013 yildagi 66-Q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Samarqand viloyati hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 20-q-sonli “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2013-yil 16-yanvarda 2412-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 7-yanvardagi 1-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 7-yanvardagi 2013-1-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 21-yanvardagi MA/15-02-32-21/14-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 22-yanvardagi 26/1 -1021-sonli qoʻshma xatini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2013-yilning 10-fevralidan boshlab mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, viloyatdagi barcha bozorlar va savdo kompleks (yarmarka)larida sotuvchi (xizmat koʻrsatuvchi)lardan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlari 1, 2, 3, 4 va 5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1—5-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2011-yil 19-fevraldagi 36-Q-sonli “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan joy, ijara va xizmat koʻrsatish haqining yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (X. Shakirov)ga DSQ bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Samarqand viloyat boʻlimi (Z. Norqoʻziyev) hamda viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi (B. Joʻrabekov) bilan birgalikda viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslarida sotuvchi (xizmat koʻrsatuvchi)lardan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar haqlarini toʻliq undirilishi hamda tegishli qismini mahalliy budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror Xalq deputatlari viloyat Kengashi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari V. Raximov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Z. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-Q-son