Andijon viloyati Andijon tumani hokimining
Qarori
Qishloq xoʻjaligiga oid texnika va mexanizmlarni 2014-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-fevralda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 2452) buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda Andijon tumani qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektorining 2014-yil 16-yanvardagi 49-sonli xatini koʻrib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qaror qilaman:
1. Andijon tumani qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektorining 2014-yil 16-yanvardagi 49-sonli xati inobatga olinsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari 2014-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
4. Tuman Qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori (A. Abdulaxonov)ga:
1) Tashkilot, korxona, muassasa va fermer xoʻjaliklari, kichik korxonalardagi mavjud qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini belgilangan jadval asosida texnik koʻrikka tayyorlanishi va tegishli hujjatlarni oʻz muddatida rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
2) Tuman hududidagi fuqarolarga tegishli boʻlgan shaxsiy qishloq xoʻjaligi meliorativ texnikalarini belgilangan jadval asosida toʻla texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
5. Tuman “Andijon tongi” roʻznomasi tahririyati davlat korxonasi (A. Nazarov)ga yillik texnik koʻrikni oʻtish jarayonini roʻznoma sahifalarida yoritib borish tavsiya etiladi.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari T. Xoʻjamberdiyev zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim U. ISAMIDINOV
Andijon t.,
2014-yil 18-yanvar,
34-q-son
Tuman hokimining 2014-yil 18-yanvardagi 34-q-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuzilgan komissiya
Tarkibi
|
Komissiya raisi | |||
| A. Abdullaxonov | — | Tuman Davtexnazorat inspeksiyasining Qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inpektori | |
|
Komissiya aʼzolari | |||
| 1. | O. Orziyev | — | tuman Agrotexservis MChJ, MTP mexanik-chilangari |
| 2. | M. Iminoxunov | — | tumandagi qishloq xoʻjaligi ishlarida ishlab chiqqan faxriy injener-mexanik |
| 3. | Sh. Mamitaliyev | — | tumandagi YXX guruhi avtomotohavaskorlar jamiyati raisi |
| 4. | Sh. Sa�imov | — | Andijonsoy ITB mexanigi |