Jizzax viloyati Baxmal tumani hokimining
Qarori
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Jizzax viloyati Baxmal tumani hokimining 2015-yil 11-martdagi 360-sonli “Tumanda 2015-yil davomida haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 225-modda, 2009-y., 52-son, 553-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizom ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Markaz tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, ishsizlar oʻrtasida boqimandalikning oldini olish, birinchi marotaba ish qidirayotgan hamda kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 22-moddasiga asosan tumanda 2014-yil davomida haq toʻlanadigan jamoat ishlari ilovada koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilotlarda amalga oshirilishi tasdiqlansin.
2. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (I. Xolmirzayev)ga ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibi va sonini hisobga olgan holda ishchi kuchiga boʻlgan talab va takliflarni tahlil qilish asosida aholini ish bilan taʼminlash mintaqaviy dasturining maxsus boʻlimiga kiritiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va tuman hokimligiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga;
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomning 23-bandiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarning haq toʻlanadigan jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kun muddatda markazga yozma ravishda xabar qilinsin.
5. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat boʻlimlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
6. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (I. Xolmirzayev);
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Abduraximov zimmasiga yuklatilsin
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim B. IZBASAROV
Oʻsmat sh.,
2014-yil 8-aprel,
209-son
Tuman hokimining 2014-yil 8-apreldagi 209-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xaq toʻlanadigan jamoat ishlarining
roʻyxati
|
№ |
Korxona, tashkilot nomi | Ish turlari | Ish mazmuni |
| 1. | Obodonlashtirish boshqarmasi | Mahallalar, shirkatlar, xoʻjaliklar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari dam olish zonalari korxonalarini obodonlashtirish | Hududlarni koʻkalamzorlashtirish, oʻtkazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sugʻorish, shakl berish, organik va maʼdanli oʻgʻitlar bilan qoʻshimcha oziqlantirish) dam olish zonalarini obodonlashtirish (park zonalarini koʻkalamzorlashtirish) Yozgi yigʻishtirish hududlarni supurish va axlatlarni toʻplash, xovli-joy hududini qoʻl bilan yigʻishtirish, namlab supirish va zinapoya atrofini yuvish, derazalarni yuvish, daxlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish. |
| 2. | Avtomabil yoʻllari boshqarmasi | Yoʻl atroflarini tozalash | Yoʻl atroflarini tozalash va koʻchatlar ekish |
| 3. | Davlat Oʻrmon xoʻjaligi | Koʻchatlar ekish va dorivor giyohlar terish | Dorivor giyoh terish va urugʻlar terish |
| 4. | Tuman pillaxonasi | Pillalarga tut bargi topib berish | Pillalarga tut bargi berish |