Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrnilarini 2014-yil uchun band qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 20-avgust kungi 186-sonli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorini ijro qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxonalar, tashkilotlar, idoralar uchun ishchilarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha sonidan 146 odamdan iborat 7 foiz miqdorda shu hisobdan:
a) koʻp bolali ota-onalar uchun 20,5 foiz — 30 odam;
b) taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 48,6 foiz — 71 odam;
v) harbiy xizmatdan qaytganlar uchun 6,8 foiz — 10 odam;
g) nogironlar uchun 2,7 foiz — 4 odam;
d) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 5,28 foiz — 8 odam;
e) Jazo muddatini oʻtab qaytganlar uchun 4,1 foiz — 6 odam;
j) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 12,2 foiz — 17 odam miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi.
2. Band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash uchun maxsus komissiya 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1-ilova berilmaydi.
3. Korxona va tashkilotlar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj xamda ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2012-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish oʻrinlari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2013-yilning 10-aprelidan kechiktirmasdan ish oʻrinlarining qolgan qismi 75 foizini tashkil qilish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) haqidagi, yaʼni xar bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlarini band qilish kasb va lavozimlari, mutaxassislar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror asosida chiqarilgan buyruq nusxalarni tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga topshirish vazifalari yuklatilsin.
4. Korxona, muassasa va idoralar rahbarlariga Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar ish oʻrinlarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatda va tartib bilan yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish oʻrinlarini sanitariya gigiyena qoidalariga va ishchilar oʻz vazifalarini qiyinchiliklarsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat shartnomalariga muvofiq boʻlishini taʼminlansin.
5. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilot va korxonalarning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida” gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgust kungi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ish izlayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkillashtirilgan tashkilotlar shu ish oʻrinlarini tashkillashtirishga sarflangan mablagʻning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish fondi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari hisobga olinsin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (direktori v.v.b B. Ismailov) ushbu qarorni tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlasin.
8. Ellikqalʼa tuman hokimining 2012-yil 15-sentabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2013-yil uchun band qilish toʻgʻrisida”gi № 515/9 sonli qarori 2013-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror tuman “Davr koʻzgusi” gazetasida rasmiy turda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari U. Saburovga yuklatilsin.
Xokim N. XUDAYBERGENOV
Boʻston sh.,
2013-yil 28-sentabr,
540/9-son