Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi nizomiga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2014-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxonalar, tashkilotlar, idoralar uchun ishchilarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha sonidan 191 odamdan iborat 7 foiz miqdorda, shu hisobdan:
a) nogironlar uchun 2,6 foiz — 5 odam;
b) 14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 27,2 foiz — 52 odam;
v) taʼlim muassasalarni bitiruvchi yoshlar uchun 59,7 foiz — 114 odam;
g) muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 2,6 foiz — 5 odam;
d) tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish izlovchi sifatida hisobda turgan, pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1,05 foiz — 2 odam;
e) jazoni oʻtash joylaridan ozod etilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy turdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 6,8 foiz — 13 odam miqdorida ish oʻrinlari qilib belgilansin.
2. 2013-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish oʻrinlarini topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxonalar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1-ilova berilmaydi.
3. Korxona va tashkilotlar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2013-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish oʻrinlari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2013-yilning 10-aprelidan kechikmasdan ish oʻrinlarining qolgan qismi 75 foizini tashkil qilishi (ajratish yoki band qilib qoʻyish) haqidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlarini band qilish kasb va lavozimlar, mutaxassislar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror asosida chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga topshirish vazifalari yuklatilsin.
4. Korxona, muassasa va idoralar rahbarlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarning koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatda va tartib bilan yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena qoidalariga va ishchilar oʻz vazifalarini qiyinchiliklarsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
5. Ushbu qarorning talablarini bajarmagan korxona, tashkilot rahbarlariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ish izlayotgan shaxslar uchun band qilib quyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkillashtirilgan tashkilotlar shu ish oʻrinlarini tashkillashtirishga sarflangan mablagʻning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish fondi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari hisobga olinsin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (direktori v.v.b A. Radjapov) ushbu qarorni tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlasin.
8. Beruniy tumani hokimining 2012-yil 22-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2013-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 828-sonli qarori 2013-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qaror tuman “Xalq Minbari” gazetasida rasmiy turda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari H. Bayjanov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim F. ERMANOV
Beruniy t.,
2013-yil 2-oktabr,
750-son