Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimining
Qarori
Qishloq xoʻjaligi texnikalari va tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimining 2015-yil 11-apreldagi 470-sonli “Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2014-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2-ilova berilmaydi.
2. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalari yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foiz;
qishloq xoʻjaligi mashinalariga — 0,10 foiz;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foiz miqdorda yigʻimlar undirilsin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi (M. Dodoyev)ga:
texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslar (mulkdor)ga texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani yuborish;
texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan mulkdorga yozma koʻrsatma berish;
mulkdor koʻrsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik koʻrikdan oʻtkazmagan taqdirda hamda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish, taʼmirlash, texnika xizmatlari koʻrsatish holatlari haqidagi maʼlumotlarni tuman hokimligiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim F. SALOXIDDINOV
Arnasoy t.,
2014-yil 21-fevral,
48-son
Tuman hokimining 2014-yil 2-fevraldagi 48-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Arnasoy tumani hududidagi texnika egalariga tegishli qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni 2014-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi
tarkibi
|
Komissiya raisi | ||
| M. Dodoyev | — | Tuman “Davtexnazorat” kishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha inspektori |
|
Komissiya aʼzolari | ||
| M. Sobirov | — | Tuman KSXB boshligʻi |
| N. Roziqov | — | Tuman MTP rais |
| S. Boʻtayev | — | Tuman “Agrotexservis MChJ” rahbari |
| Sh. Xudoyorov | — | Tuman IIB YXXG katta noziri |
| N. Ismoilov | — | O. Vodiy SIU raisi |
| K. Shakarov | — | Y. Zoxidov SIU raisi |
| A. Mirzaqulov | — | B. Fayziyev SIU raisi |
| L. Xamidov | — | M. Ulugʻbek SIU raisi |
| X. Davronov | — | Qozogʻiston SIU raisi |
| S. Umarov | — | Turkiston SIU raisi |
| Q. Bolibekov | — | Fargʻona SIU raisi |
| D. Qoʻnarov | — | Samarqand SIU raisi |
| O. Qodirov | — | Xorazm SIU raisi |
| M. Ochilov | — | A.Saipnazarov SIU raisi |