21.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2587
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI RAISINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2587]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 278-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining 2014-yil 12-maydagi 47-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlarga (bundan buyon matnda attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar deb yuritiladi) qoʻyiladigan umumiy talablarni, ularning namunaviy tuzilmasini, axborotlashtirish obyektlarining axborot xavfsizligi sohasidagi vazifalari va funksiyalarini, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborotlashtirish obyektini attestatsiyadan oʻtkazishda uning axborotdan ruxsatsiz erkin foydalana olishdan, shu jumladan kompyuter hujumlari taʼsiridan va texnik kanallar orqali axborotning chiqib ketishidan muhofaza qilish boʻyicha talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar axborot xavfsizligi talablariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish tizimi tashkiliy tuzilmasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot xavfsizligi talablariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga asosan Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining (bundan buyon matnda Vakolatli organ deb yuritiladi) axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir ishlarning muayyan turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga ega boʻlgan turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar deb hisoblanadi. Ruxsatnoma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar oʻz faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlar va Oʻzbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga, shuningdek ushbu Namunaviy nizomga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ ushbu Namunaviy nizom asosida axborot xavfsizligi talablariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish sohasida oʻzining faoliyati toʻgʻrisidagi ichki nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar Vakolatli organ bilan oʻzaro hamkorlikda axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Attestatsiyadan oʻtkazish ishlariga haq toʻlash qiymati va tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Attestatsiyadan oʻtkazishga haq toʻlash ariza beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi boʻlishi, tayyorlangan mutaxassislar, butun ishlar kompleksini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sinov bazasi, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarga ega boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ shtatida axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish sohasida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan, ularning ayrim toifasi davlat sirlari bilan tanishish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga ega mutaxassislar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ xodimlari oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlari va lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlarning asosiy vazifalari axborotlashtirish obyektlarini axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil qilish va amalga oshirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish talabnomalarini koʻrib chiqadilar, axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishlarni rejalashtiradilar, ariza beruvchilar eʼtiboriga attestatsiyadan oʻtkazish muddatlarini yetkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya oʻtkaziladigan obyektlar boʻyicha dastlabki maʼlumotlar tahlilini oʻtkazadi, attestatsiya oʻtkazish sxemasi va metodikasini aniqlaydi, sinov laboratoriyalari (markazlari)da sertifikatlanmagan mahsulot (apparat, dasturiy va apparat-dasturiy) obyektida foydalaniladigan sinovlarni oʻtkazish zarurati toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyektlarining attestatsiya tekshiruvlarini oʻtkazish dasturlarini ishlab chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini tashkillashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoqdagi axborotlashtirish obyektlariga ekspert guruhlarini safarga joʻnatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, shartnoma asosida attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha boshqa organlarning mutaxassislari va uskunasini jalb qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyektini attestatsiya sinovlari natijalarini va sinov laboratoriyalarining bayonnomalarini koʻrib chiqadilar, attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha xulosalarni tasdiqlaydilar va ariza beruvchiga Axborotlashtirish obyektini axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik attestati (bundan buyon matnda Muvofiqlik attestati deb yuritiladi)ni beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari tomonidan berilgan Muvofiqlik attestatlari asosida attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektlarining hisobini yuritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyektlarining muayyan tiplarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar fondini shakllantiradilar va zarur hollarda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va belgilangan tartibda uni axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish sohasida oʻz faoliyatining borishi toʻgʻrisida xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ekspert guruhlarining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Axborotlashtirish obyektini axborot xavfsizligining talab etiladigan darajasiga muvofiq baholash maqsadida, uning sifatli attestatsiyadan oʻtkazilishi taʼminlanishini inobatga olgan holda, ekspert guruhlari attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan shtatdagi xodimlar sonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Zarur boʻlganda, ekspert guruhi tarkibiga boshqa attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar mutaxassislari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspert guruhlari tarkibiga ilmiy-amaliy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan, bevosita ariza beruvchilar faoliyatida ishtirok etmaydigan, axborotni muhofaza qilishning tegishli yoʻnalishida vakolatli boʻlgan mutaxassislar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga eng koʻp vakolatga ega mutaxassislarni jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq attestatsiyani oʻtkazish muddatlari, kelishuv narxlari, oʻzaro hisob-kitob shartlari va oʻzaro ishlash tartibini belgilash;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslangan sabablar mavjud boʻlganda, ariza beruvchiga axborotlashtirish obyektini attestatsiyadan oʻtkazishda rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tavsiyalariga muvofiq, attestatsiya ishlarini oʻtkazish uchun maxsus asbob-uskuna sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tuzilmasida sinov laboratoriyalari (markazlari)ga ega boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazishning belgilangan qoidalari va tartibiga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlarda axborotlashtirish obyektlarining attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil qilish va oʻtkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazishning toʻliqligi va obyektivligini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining axborotlashtirish obyektini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan, foydalanilishi cheklangan axborotining konfidensialligini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektlarining hisobini olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya ishlarining yakunlanishi bilan Vakolatli organni oʻn kun muddat ichida Muvofiqlik attestatini berish yoki uning berilishini rad etish toʻgʻrisida xabardor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organga oʻzining faoliyati toʻgʻrisida axborotni oʻz vaqtida taqdim etishga (hisobot muddatlari va shakllari Vakolatli organ tomonidan belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ vakillariga attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektlarida ular tomonidan axborot xavfsizligi boʻyicha talablarga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur axborotni taqdim etishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ quyidagilarga javobgar boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi tomonidan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektini attestatsiyadan oʻtkazish sinovlarining axborot xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi, shuningdek ular natijalarining ishonchliligi va obyektivligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga yuklatilgan funksiya va majburiyatlarning toʻliq bajarilishi va sifatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazishga jalb qilinadigan mutaxassislar malakasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazish jarayonini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga rioya etmasligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan attestatsiyadan oʻtkazish muddatlari va shartlariga rioya etmasligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazish davrida, ariza beruvchiga tegishli boʻlgan foydalanilishi cheklangan axborotni oshkor qilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun sotib olingan maxsus uskunalardan maqsadsiz foydalanilishiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ tomonidan axborot xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablarining, shuningdek takroriy attestatsiyadan oʻtkazish zaruriyatiga olib keladigan attestatsiyadan oʻtkazish metodikasining buzilganligi aniqlangan holda attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ takroran attestatsiyani oʻz hisobidan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 8-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 21-son, 250-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)