Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.11.1991 yildagi 278-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK
XIZMATI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, Oliy Kengashning “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida”gi bayonotiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizligi qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilsin (respublika qoʻmitasi huquqida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tizimi va xodimlari soni tasdiqlansin (2, 3, 4-ilovalar berilmaydi). Sobiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi qoʻmitasining tugatilgan alohida boʻlinmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yil uchun respublika budjetining loyihasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini saqlash uchun zarur boʻlgan xarajatlarni taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 1992-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda har yili moddiy-texnika vositalarini ajratishni, shuningdek, chet el valyutasi ajratishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa va Avtomobil transporti vazirliklari, Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqaning barcha turlarini, xonalar, texnik qurilmalar, transportda yurish hujjatlarini taqdim etsinlar va xizmat vazifalarini bajarish uchun transportda joylarni band qilishni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, uning joylardagi organlari xodimlariga uy-joy, yakka tartibda uy-joy va dala hovli qurilishi uchun yer uchastkalarining birinchi navbatda ajratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 2-noyabrdagi
278-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik
xizmati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. MXX va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining Oʻzbekistonga qarshi razvedka-qoʻporuvchilik faoliyati bilan kurash olib boradilar, Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini gʻayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi MXX respublika qoʻmitasining huquqlari bilan taʼminlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi MXX oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida, uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda, viloyatlarda, alohida shaharlar va nohiyalarda oʻzining organlarini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. MXX Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarining ishlashini nodoʻstlik kayfiyatidagi davlatlar va konstitutsiyaga qarshi ichki tuzilmalar maxsus xizmatlarining razvedka-qoʻporuvchilik va boshqa xil jinoiy tajovuzlaridan samarali himoya qilish uchun javobgardir va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Kengashi oldida muntazam ravishda hisob berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy xavfsizlik xizmati va uning joylardagi organlari oʻzlarining amaliy faoliyatlarida mehnatkashlar bilan yaqindan aloqada boʻlishga, doimo ularning yordamiga suyanishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. MXXga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tayinlanadigan va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MXX Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi MXX Raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmatining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan respublika vazirlariga berilgan huquqlardan foydalanadi.
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-sonli qarori tahririda — OʻR QHT., 2005-y., 21-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi MXX amaldagi buyruqlar va koʻrsatmalarga muvofiq, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlmasa, operativ-qidiruv va boshqa xil xizmat faoliyatlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MXX Raisi va uning oʻrinbosarlari oʻz huquqlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oliy Kengashning va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni bajarish maqsadida buyruqlar, koʻrsatmalar va yoʻriqnomalar chiqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlik organlari ishini tashkil etish masalalarini hal etish uchun tarkibida Xizmat Raisi — Kengash raisi, uning oʻrinbosarlari va Xizmatning boshqa rahbar xodimlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Kengashi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Xizmat Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MXX Raisi Xizmatni va uning organlarini saqlash uchun ajratiladigan kreditlarning bosh boshqaruvchisi hisoblanadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Milliy xavfsizlik xizmati organlarining
vazifalari va huquq doiralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari yoʻlida razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shugʻullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradilar; davlat xavfsizligi manfaatlariga daxldor boʻlgan terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib boradilar; Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va mustaqilligini gʻayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni taʼminlaydilar, chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakillarining xavfsizligini taʼminlaydilar, zarur boʻlgan hollarda Respublika fuqarolarining chet elga joʻnab ketishida va u yerda boʻlishida ularning xavfsizligini taʼminlashni tashkil etadilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chegara qoʻshinlari boʻlinmalari bilan hamkorlikda harakat qilish uchun respublika davlat chegarasining daxlsizligini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Prezidentini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xavfsizlik manfaatlariga daxldor boʻlgan masalalar yuzasidan xabardor qilib turadilar; Oʻzbekiston Prezidentini, davlat hokimiyati va boshqaruvining yuqori organlarini xavfsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy, mudofaa qurilishi va fan-texnika taraqqiyoti, tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq vazifalarni hal etish uchun ularni zarur boʻlgan axborot bilan taʼminlash maqsadida axborot berish-tahlil qilish ishlarini amalga oshiradilar; xavfsizlik manfaatlariga daxldor boʻlgan ijtimoiy jarayonlarni va muammolarni tadqiq qiladilar va oldindan aytib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq xoʻjaligi obyektlarida va boshqa obyektlarda davlat sirlari va maxfiy axborotni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini shakllantiradilar va amalga oshiradilar, davlat nazoratini olib boradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida faoliyatni standartlash, sertifikatsiyalash va litsenziyalashni taʼminlaydilar; ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtiradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish tizimlarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydilar, ularni amalga oshirish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqadilar va roʻyobga chiqaradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantiradilar va takomillashtiradilar; Axborotlashtirish obyektlarining attestatsiya tizimini tashkil etish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tergov qilish xavfsizlik organlari ixtiyoriga oʻtkazilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha tergovga kadar tekshiruv va dastlabki tergov ishlarini olib boradilar; bunday jinoyatlarni sodir etgan yoki sodir etishda shubha qilinayotgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar; jinoyat sodir qilgan shaxslarning hisobini yuritadilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq xoʻjaligi va boshqa obyektlarda xavfsizlikni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarori boʻyicha ichki ishlar organlari bilan birgalikda fuqarolarni himoya qilishda, transport va aloqa, aholi hayotini taʼminlash obyektlarini, muhim xalq xoʻjaligi va harbiy obyektlarni qoʻriqlashda, qonunchilikni va huquqiy tartibotni tiklashda, ommaviy tartibsizliklarning, millatlararo nizolarning oldini olishda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Atom energetikasi obyektlaridagi, neft va gaz mahsulotlari quvurlaridagi, transportdagi, sanoatning mudofaa tarmoqlari obyektlaridagi va boshqa muhim xalq xoʻjaligi obyektlaridagi yirik avariyalarning, halokatlarning va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olishga oid tadbirlarni amalga oshirishda, tabiiy ofatlar, epidemiyalar, epizootik kasalliklar, ekologik halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning oqibatlarini tugatishda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organlarining soʻrovlari boʻyicha davlat sirlaridan iborat maʼlumotlarni yaxshi bilgan shaxslar toʻgʻrisida, ularning chet elga joʻnab ketayotganliklari va fuqarolikdan chiqishlari haqidagi iltimosnomalari munosabati bilan axborotlar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus yuklarni tashishning xavfsizligini taʼminlash yuzasidan choralar ishlab chiqishda va amalga oshirishda boshqa Davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlikda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Urush davrida milliy xavfsizlik organlarining safarbarlik tadbirlarini taʼminlashda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat sirlarini saqlashga, bojxona qoidalariga, qurol va oʻq-dorilar sotib olish va saqlashga tegishli masalalarni hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligini taʼminlash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.
(II-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga muvofiq 13-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT., 2002-y., 9-son, 66-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Milliy xavfsizlik organlarining moddiy-texnika bazalarini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Milliy xavfsizlik organlari kadrlari bilan ishlash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar; oʻz xavfsizliklarini taʼminlashga oid tadbirlarni amalga oshiradilar.
(13 va 14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga muvofiq 14 va 15-bandlar deb hisoblangan — OʻR QHT., 2002-y., 9-son, 66-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining
asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Milliy xavfsizlik organlarining faoliyati qonuniylik, Qonun oldida hammaning tengligi, shaxsni, uning huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, insonparvarlik va baynalmilallik prinsiplari asosiga quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy xavfsizlik organlari oʻz faoliyatlarini fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik
organlarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik organlari oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston qonuni bilan tergov qilish milliy xavfsizlik organlari ixtiyoriga oʻtkazilgan jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni ochish maqsadida, shu jumladan, texnika vositalaridan foydalangan holda, oshkora va nooshkora operativ-qidiruv tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradilar, olingan maʼlumotlardan qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy xavfsizlik organlari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun fuqarolarning roziligi bilan oshkoralik va nooshkoralik asosida ularning yordamidan foydalanadilar, shu jumladan, koʻngilli asosda fuqarolarni xavfsizlik organlarining shtatsiz xodimlari sifatida jalb qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet davlatlar va chet el tashkilotlari maxsus xizmatlarining Oʻzbekistonga qarshi razvedka-qoʻporuvchilik faoliyatini, konstitutsiyaviy tuzumga va respublikaning mustaqillik huquqiga qarshi tajovuzkorliklarning payini qirqish maqsadida, keyinchalik prokurorni xabardor qilib, pochta joʻnatmalarini tekshiradilar, telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalaridan foydalanib gaplashuvchi ayrim shaxslarning gaplarini eshitadilar, shuningdek tergov qilish Oʻzbekiston qonuni bilan milliy xavfsizlik organlariga berilgan jinoyatlarni sodir etish va ularga tayyorgarlik koʻrilayotganligini koʻrsatuvchi yetarli maʼlumotlar boʻlganda, bu chora-tadbirlar natijasida jinoiy ish boʻyicha dalil boʻluvchi maʼlumotlar olinadi, degan asos boʻlgan hollarda bu shaxslar tomonidan foydalaniladigan texnik aloqa kanallaridan axborotlarni oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar organlari bilan birga oʻzaro hamkorlikda jinoyatlarning oldini olish va ularni ochib tashlash uchun operativ-qidiruv tadbirlarini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan tadbirlar oʻtkazish uchun bu organlarning kuchi va vositalarini jalb qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tergov qilish qonun bilan milliy xavfsizlik organlari ixtiyoriga berilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda asosli ravishda shubhalanilgan yoxud jinoyatlar sodir qilgan fuqarolarning, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini, shuningdek, bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik organlari zimmasiga yuklatilgan qoidalarga rioya qilinishini tekshirish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarni tekshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat korxonalariga tegishli, shoshilinch hollarda esa fuqarolarga tegishli aloqa vositalaridan xizmat maqsadlarida moneliksiz foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, jamoat birlashmalariga yoki fuqarolarga tegishli (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlarning diplomatiya vakilliklari, konsullik va boshqa muassasalaridan tashqari) transport vositalaridan jinoyatlarning oldini olish, jinoyat sodir etgan yoki jinoyat qilganlikda shubhalanilayotgan shaxslarni kuzatish va ushlash, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni davolash muassasalariga yetkazish uchun, shuningdek, voqea sodir etilgan yoki tabiiy ofat roʻy bergan joyga yetib borish uchun foydalanadilar. Transport vositalari egalarining talabiga koʻra milliy xavfsizlik organlari oqibat-natijada ularga keltirilgan zararni belgilangan tartibda toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tekshirish qonun bilan milliy xavfsizlik organlari ixtiyoriga berilgan jinoyatlarning bevosita oldini olishda, bunday jinoyatlarni sodir etganlikda shubhalanilayotgan shaxslarni taʼqib qilishda, xavfsizlikka tahdid soluvchi favqulodda holatlarda kunning xohlagan vaqtida uylarga va fuqarolarga tegishli boʻlgan boshqa xonalarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hududlariga va binolariga hech qanday moneliksiz kiradilar hamda koʻzdan kechiradilar, soʻngra bir kun muddat ichida qilingan harakatlar toʻgʻrisida prokurorga xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston davlat hokimiyati yuqori organlarining qaroriga koʻra iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni aniqlashga oid tadbirlarni amalga oshiradilar; bunday hollarda militsiya xodimlariga berilgan huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tekshirilishi qonun bilan milliy xavfsizlik organlariga berilgan jinoyatlarning oldini oladilar. Qonun bilan nazarda tutilgan hollarda fuqarolarni huquqqa qarshi harakatlarning sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida rasmiy ravishda ogohlantiradilar, keyinchalik bu haqda prokurorni xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qonun bilan belgilangan tartibda jinoyatchilikning oldini olish chorasi sifatida hibsga olingan shaxslarni va milliy xavfsizlik organlari tomonidan jinoyatlar qilishda shubhalanish boʻyicha ushlangan shaxslarni, ayrim hollarda esa prokuror sanksiyasi bilan ushlangan va ichki ishlar organlari, prokurorlar va sudlar tomonidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan nazarda tutilgan hollarda ushlangan va qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun tergov izolyatorlari va boshqa xonalarga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻz huquqlari doirasida davlat sirlari, maxsus aloqa turlari va shifrlash ishlari xavfsizligining saqlanishini qanday taʼminlashni, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, jamoat birlashmalari organlarida, Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlarida va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan nazarda tutilgan boshqa harbiy tuzilmalarda xavfsizlikning boshqa masalalarini qanday hal etishni tashkil qiladilar va nazorat etadilar; xavfsizlik manfaatlariga tegishli aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma dokladlar taqdim etadilar, tegishli choralar koʻrishni va milliy xavfsizlik organlarini ularning ijrosi toʻgʻrisida xabardor qilib qoʻyishni talab qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtmagan maʼlumotlar bilan yoki belgilangan qoidalarni buzgan holda ishlovchi, shuningdek, oʻrnatilgan talablarni buzib bajaradigan, davlat sirlaridan iborat boʻlgan ishlarni uzatuvchi radioelektron vositalardan foydalanishni taqiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalaridan xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan majburiyatlarni ijro etish uchun zarur axborotlarni belgilangan tartibda rasmiy ravishda talab qiladilar va oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Milliy xavfsizlik organlari faoliyatiga taalluqli shoshilinch tergov va boshqa maʼlumotlarning davlat tomonidan saqlanishini amalga oshiradilar va ularni hisobga olish, saqlash va foydalanish tartibini aniqlaydilar; axborot tizimlarini tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Milliy xavfsizlik organlarining harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston qonuniga muvofiq qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, qoʻllash va foydalanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Milliy xavfsizlik organlarining kadrlari va
ularning huquqiy mavqeyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik organlarining kadrlarini harbiy xizmatchilar, ishchi va xizmatchilar tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy xavfsizlik organlari harbiy xizmatchilarining, ishchilarining va xizmatchilarining soni va tuzilishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. MXX Raisi xodimlar soni va tuzilmalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va uning viloyat organlari boʻlinmalari funksiyalarini belgilaydi va shtatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi MXX organlarining generallari, ofitsyerlari, praporshchiklari va muddatdan tashqari harbiy xizmatchilari harbiy xizmatni SSSR QK Ustavlari va SSSR Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari tomonidan harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmasa, oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining MXX Raisi harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomlar va SSSR Qurolli kuchlarining Ustavlari bilan SSSR Mudofaa vaziriga berilgan huquqlarga ega boʻladi va ulardan toʻla hajmda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MXX organlari mansabdor shaxslarining huquqlari Xizmat Raisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. MXX ishchi va xizmatchilarining mehnat sharoitlari mehnat haqidagi Oʻzbekiston qonunlari Kodeksi bilan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik organlaridagi ofitsyerlar sostavi vaqt-vaqti bilan attestatsiyadan oʻtkazib turiladi. Navbatdagi va navbatdan tashqari harbiy unvonlar berish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. MXX generallari, ofitsyerlari, praporshchiklari va muddatdan tashqari harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi harbiy hisobidan chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining kadrlarida, harakatdagi rezervda yoki zaxirada turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Milliy xavfsizlik xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi MXX va uning hududiy organlari haqiqiy va shartli nomga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini
ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Milliy xavfsizlik organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni davlat kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy xavfsizlik organlarining harbiy xizmatchilari respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan albatta shaxsiy sugʻurta qilinishlari kerak. Toʻlanadigan sugʻurta pulining miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy xavfsizlik organlari harbiy xizmatchisining xizmat majburiyatlarini yoki xizmat burchini bajarishi bilan bogʻliq holda uning mol-mulkiga yetkazilgan zarar toʻla hajmda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz
nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi