Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2015 20.12.2013 yildagi 1177-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Oltiariq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda mavjud boʻlgan barcha transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Fargʻona viloyati Oltiariq tumani hokimining 2015-yil 11-fevraldagi 274-sonli “Oltiariq tumanidagi transport vositalarini 2015-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda avtotransport vositalaridan unumli foydalanish, qishloq xoʻjaligi tasarrufidagi MMTPlar, barcha fermer xoʻjaliklari, sanoat korxonalari, aloqa, qurilish, transport tashkilotlari, muassasa, xalq taʼlimi va shaxsiy transport vositalarini texnik holatini yaxshilash, yoʻl-transport hodisalarini oldini olish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvar kungi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman Ichki Ishlar boʻlimi YXXG katta inspektori serjant V. Mamajonov, tuman Davlat texnika nazorati inspeksiyasi bosh muhandis inspektori A. Musaxonovga tumandagi barcha fermer xoʻjaliklari, sanoat korxonalari, transport, qurilish tashkilotlari, muassasalar, xalq taʼlimiga qarashli va shaxsiy transport vositalarini 2014-yil texnika koʻrigidan oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yillik texnik koʻrigi oʻtkazish guruhi komissiya aʼzolari 1-ilovaga* asosan tasdiqlansin, guruh aʼzolarining ish haqlari saqlanib qolinishi tashkilot rahbarlariga tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yillik texnik koʻrik oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, tumandagi fermer xoʻjaligi, tashkilot, sanoat korxonalari, muassasa, MMTP rahbarlari transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvalda belgilangan muddatga toʻliq tayyorlash, hamda tuman mudofaa ishlari boʻlimi hisobida turuvchi texnika vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilishi chora-tadbirlarini koʻrish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman texnik koʻrik oʻtkazish komissiyasi raisi V. Mamajonov, komissiya masʼul kotibi A. Musaxonovlarga fuqarolarning shaxsiy transport vositalarini yashash joylarida, MTPlar va tashkilotlarning avtosaroylarida oʻtkazilishini taʼminlash choralarini koʻrish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi “Davr ovozi” roʻznomasi orqali tumanimizda mavjud texnika vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilishi haqida xabarlarni yoritish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 22-fevral kungi 258-sonli qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v.b M. Abdulatipov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. BOʻTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltiariq sh,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1177-son
(“Davr ovozi” gazetasi, 10.01.2014-y., 1 (9267)-son)