Jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimining
Qarori
Tumanda 2013-yil davomida xaq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomiga asosan fuqarolarni xaq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim obyektlarini ishchi kuchi bilan taʼminlash, ishsizlar oʻrtasida boqimandalikning oldini olish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga asosan tumanda 2013-yil davomida hak toʻlanadigan jamoat ishlari ilovada* koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilotlarda amalga oshirilishi tashkil etilsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Tilavov)ga ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibi va sonini hisobga olgan holda ishchi kuchiga boʻlgan talab va takliflarni tahlil qilish asosida aholini ish bilan taʼminlash mintaqaviy dasturining maxsus boʻlimiga kiritiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va tuman hokimligiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash yuqorida koʻrsatilgan nizomning 23-bandida belgilangan tartibda amalga oshirilsin.
4. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat boʻlimlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I. Xoljigitov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. ShERALIYEV
Doʻstlik sh.,
2013-yil 26-avgust,
994-son