27.08.2013 yildagi 933-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1996-sonli qarori va viloyat hokimining 2013-yil 11-iyuldagi “Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 160-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda xalq xoʻjaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha muassasalari va uy-joy fondi obyektlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ-1996-sonli hamda viloyat hokimining 2013-yil 11-iyuldagi 160-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining oʻrinbosarlari rahbarligida ikkita ishchi guruhi tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla ichidagi koʻchalarni sanitariya jihatidan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, ijtimoiy soha, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga belgilangan muddatlarda hamda yetarli hajmlarda yonilgʻi-energetika resurslarining asosiy turlarini — tabiiy gaz, elektr energiya, koʻmirni, elektr va gaz taʼminoti, gaz taqsimlash punktlari, transformator podstansiyalarini joriy va kapital taʼmirlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh (E. Abdurasulov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablar, bolalar bogʻchalari, tibbiyot muassasalari, kollejlar, litsey va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga, mazkur obyektlarning tomlarini, ichki isitish tizimlari va qozonxonalarini joriy va kapital taʼmirlab, ularni issiqlik bilan taʼminlanishini, tegishli sanitariya holati, ularning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutuvchi ishlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (N. Abdusaidov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2*, 3* va 4-ilovalarga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari va texnik tuzni hududlar boʻyicha 2013/2014-yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 5-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yilgi kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashga tayyorlashda belgilangan tadbirlarning bajarilishi hamda kuz-qish mavsumida aholiga va ijtimoiy soha muassasalariga elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvini uzluksiz taʼminotini yoʻlga qoʻyish, koʻmir va suyultirilgan gaz yetkazib berilishi borasida amalga oshirilgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi qoshida doimiy ravishda ishlaydigan shtab tarkibi 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—7-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman tashkilotlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda korxonalari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi (E. Abdurasulov) va (N. Abdusaidov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqish va joriy yilning 31-avgustidan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyaning majlisini oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishi 2013-yil oktyabr oyida tuman hokimligi majlisida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari E. Abdurasulov va N. Abdusaidovlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim E. GʻAYBULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarbdor sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
933-son