23.04.2014 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.04.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga muvofiq hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish samaradorligini baholash uchun taqdim etiladigan axborotlarning sifati va ishonchliligini muntazam oʻrganishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishlarning sifatli oʻtkazilishini hamda ularning natijalari xolisona baholanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining har biri boʻyicha oʻrganish savolnomalarini ishlab chiqishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirishga doir Hukumat qarorlarida ularning oldiga qoʻyilgan vazifalar va talablarning aks ettirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining oʻrganishlarni sifatli oʻtkazishga doir faoliyati muvofiqlashtirilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisida axborot kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 102-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini oʻrganishni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini oʻrganish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, oʻtkaziladigan oʻrganishlarda qatnashishga davlat organlarining, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (keyingi oʻrinlarda AKT deb ataladi) — axborotni yaratish, uzatish, ishlash va boshqarish bilan bogʻliq texnologiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish — AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning mansabdor shaxsi — oʻrganishni oʻtkazishga Inspeksiya buyrugʻi bilan tayinlanadigan mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIS.UZ tizimi — AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish, ishlash va saqlash uchun moʻljallangan idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizom talablari maxsus maqsaddagi axborot-kommunikatsiya tizimlariga va davlat sirlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga ega boʻlgan axborotlashtirish obyektlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻrganishlarni oʻtkazishning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. AKTni joriy etish va rivojlantirishning holatini, NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash, shuningdek AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish oʻrganishni oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar oʻrganishni oʻtkazishning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida samarali joriy etish va rivojlantirishning joriy holatini tahlil qilish va bunga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIS.UZ tizimiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan loyihalar va koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholashni hisobga olgan holda, AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishni davom ettirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻrganishni tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrganishni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat aloqa qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKTni NIS.UZ tizimi orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirish samaradorligini har chorakda oʻtkaziladigan baholash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi takliflari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi monitoringi natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talablari va takliflari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali har chorakning ikkinchi oyidan boshlab uch oylik davr uchun tuziladi va joriy chorak birinchi oyining 10-kunigacha tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talabi va takliflariga koʻra oʻrganishlarni oʻtkazish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlarni oʻtkazishning tasdiqlangan jadvali (jadvalga oʻzgartirishlar) Davlat aloqa qoʻmitasi va Inspeksiyaning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvaliga rioya etish yuzasidan monitoring Davlat aloqa qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar — ularda xizmat guvohnomasi yoki shaxsini (lavozimini) tasdiqlovchi boshqa hujjat mavjud boʻlgan taqdirda oʻrganishga qoʻyiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali hamda oʻrganishni oʻtkazishning aniq muddatlari, Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar tarkibi, shuningdek oʻrganishni oʻtkazish savolnomasini nazarda tutuvchi Inspeksiya buyrugʻi oʻrganishni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻrganishni oʻtkazishning boshlanishi toʻgʻrisidagi xabarnomani Inspeksiya yozma shaklda, oʻn ish kunidan kechikmay davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mutaxassislar va ekspertlar oʻrganishga shartnoma asosida jalb etilgan taqdirda ularni jalb etish boʻyicha xarajatlar Inspeksiya mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar oʻrganish davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan konfidensial axborotni oshkor qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda — rasmiy ravishda uning vazifasini bajarayotgan shaxsga) oʻrganishlarni oʻtkazishning tasdiqlangan jadvalidan koʻchirma va Inspeksiya buyrugʻining nusxasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻrganish xolisonalik va qonuniylik tamoyillari asosida oʻtkaziladi, u davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish rejimiga taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻrganishni oʻtkazishda rasmiy veb-saytning qonunchilik talablariga muvofiqligi, davlat interaktiv xizmatlari koʻrsatilishining sifati, axborot tizimlarini, axborot resurslarini va elektron hujjatlar aylanishini joriy etish, axborot xavfsizligini taʼminlash, ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini tashkil etish darajasi, AKTni joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul shaxslarning mavjudligi/tayinlanganligi, shuningdek oʻtkazilgan oʻrganishlarning natijalarini (AKTni joriy etish va rivojlantirishning joriy holatini) NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborot bilan taqqoslash yoʻli orqali NIS.UZ tizimiga taqdim etilayotgan axborotning sifati va ishonchliligi masalalari hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq uning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻrganishni oʻtkazish davomida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻrganishlarni oʻtkazish muddatlari ularni oʻtkazish jadvalida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻrganish natijalarini rasmiylashtirish va oʻrganish yakunlari boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishni oʻrganish natijalari yozma shaklda, maʼlumotnoma tarzida, ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar, shuningdek AKTni oʻrganilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul shaxslar (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxslar deb ataladi) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, oʻrganish natijalari qoʻshma yigʻilishlarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul shaxslari, rahbarlari hamda Inspeksiya va Davlat aloqa qoʻmitasi vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxslar oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnomani imzolashni rad etishganda imzolashni rad etganlik toʻgʻrisida Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maʼlumotnomaning bir nusxasi, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda — rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini rasmiy ravishda bajaruvchi shaxsga) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Inspeksiya oʻrganish tugagandan keyin besh ish kuni mobaynida Davlat aloqa qoʻmitasiga tegishli xulosani, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organiga esa — ushbu xulosaning nusxasini kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat aloqa qoʻmitasi bilan kelishgan holda, oʻrganishlar yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga hamda AKTni joriy etish va yanada rivojlantirishga doir tadbirlar rejalarini (keyingi oʻrinlarda tadbirlar rejalari deb ataladi) ishlab chiqadilar va ikki hafta muddatda tasdiqlaydilar hamda kelgusida ularning bajarilishi monitoringini yuritish uchun Inspeksiyaga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirlar rejalarida nazarda tutilgan muddatlarda inspeksiyaga ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirlar rejalarini bajarish muddatlari asoslangan sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, Davlat aloqa qoʻmitasi bilan kelishgan holda uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Inspeksiya taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida tadbirlar rejalarining bajarilishi doimiy monitoringini yuritadi va tahlil qiladi, ularning natijalari boʻyicha Davlat aloqa qoʻmitasiga tegishli xulosa taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, Inspeksiya tadbirlar rejalari bandlari bajarilganligining ishonchliligini aniqlash uchun monitoring va tahlilni joyiga borgan holda oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tadbirlar rejalari davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vaqtida yoki sifatli bajarilmagan taqdirda Davlat aloqa qoʻmitasi Inspeksiyaning tegishli xulosasi asosida ularga nisbatan tadbirlar rejalarini bajarish boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrsatmalar bajarilmagan taqdirda Davlat aloqa qoʻmitasi oʻz vakolati doirasida tegishli qarorlar qabul qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻrganishni oʻtkazish davrida NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotning ishonchsizligi tasdiqlangan yoki aniqlangan taqdirda Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan AKTni joriy etish va rivojlantirish joriy holatining NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotga nomuvofiqligi toʻgʻrisida uch nusxada dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar, shuningdek masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxslar dalolatnomani imzolashdan bosh tortishgan taqdirda imzolashni rad etish toʻgʻrisida Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning bir nusxasi, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda — rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini rasmiy ravishda bajaruvchi shaxsga) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi bir ish kuni mobaynida Davlat aloqa qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. AKTni joriy etish va rivojlantirish joriy holatining NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotga nomuvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari dalolatnoma olingan vaqtdan boshlab uch kun muddatda NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan ishonchsiz axborotni bartaraf etishi va NIS.UZ tizimidagi axborot tuzatilganligi toʻgʻrisida Davlat aloqa qoʻmitasini xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat aloqa qoʻmitasi NIS.UZ tizimiga tuzatish kiritilgandan keyin uch kun muddatda takroriy tahlil oʻtkazadi hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining AKTni joriy etish samaradorligi boʻyicha yangi reyting bahosini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aloqa qoʻmitasi ikki kun mobaynida yangi reyting bahosi natijasini Vazirlar Mahkamasi komplekslarining tegishli rahbarlariga kiritadi va uni izoh bilan birga Davlat aloqa qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan NIS.UZ tizimida taqdim etilgan ishonchsiz axborot bartaraf etilmagan taqdirda Davlat aloqa qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq oʻz vakolati doirasida choralar koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda Inspeksiyaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻrganish oʻtkazilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aloqa qoʻmitasiga oʻrganishlarni oʻtkazish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha asoslangan takliflar taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslardan oʻrganishni oʻtkazish uchun asos hisoblanadigan hujjatlarni, Inspeksiya mansabdor shaxslarining, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlarning xizmat guvohnomalarini, shuningdek oʻrganish davomida koʻrib chiqiladigan masalalar roʻyxatini koʻrsatishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishlarni oʻtkazish uchun asoslarga ega boʻlmagan shaxslarni oʻrganishni oʻtkazishga qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya mansabdor shaxslarining oʻrganish predmetiga taalluqli boʻlmagan masalalar boʻyicha materiallar bilan tanishishini rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishlar tugagandan soʻng Inspeksiyaning mansabdor shaxslardan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning bir nusxasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning va uning mansabdor shaxslarining oʻrganishlari, xatti- harakatlari va buyruqlari (farmoyishlari) natijalari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning mansabdor shaxslari talabiga koʻra oʻrganishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni koʻrsatish, ularni obyektlarga kiritish, ularga oʻz vazifalarini bajarishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda AKTni joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi sifatli va ishonchli axborotni NIS.UZ tizimiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Inspeksiya va uning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkaziladigan oʻrganishlarda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻrganishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishni, shuningdek oʻrganish predmeti doirasida tegishli obyektlarga kiritish taʼminlanishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aloqa qoʻmitasiga, buning uchun obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, oʻrganishni oʻtkazish muddatini qayta koʻrib chiqish haqida taklif kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasidagi talablari oʻrganilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, oʻrganishga jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻrganishni oʻtkazish huquqi uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining joriy ishlariga toʻsqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarning oshkor qilinmaydigan konfidensial axborot boʻyicha talablariga qatʼiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha yozma shaklda maʼlumotnoma rasmiylashtirish hamda uning bir nusxasini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu Nizomning norma va talablariga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 17-son, 195-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)