Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2018 19.12.2012 yildagi 355-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi 87-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 178-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 178-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziyalar talablari va shartlari, sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatining sifat normativlari bajarilishi hamda ularga rioya qilinishi, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan davlat nazorati organi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Butunjahon pochta uyushmasi Konvensiyasiga va Bitimiga, Elektr aloqasi Xalqaro Uyushmasi tavsiyalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarorlari va boshqa hujjatlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inspeksiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat yurituvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan nazorat qilish, monitoring olib borish va oʻrganish vakolati berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan nazorat va monitoring yakunlari boʻyicha xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika budjeti va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjeti mablagʻlaridan Inspeksiyaning joriy taʼminoti moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan Inspeksiya xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha xarajatlar moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyati shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xodimlarni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq muayyan yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va har oylik toʻlovlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq yil choragi yakunlari boʻyicha xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda mukofotlash va moddiy ragʻbatlantirish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Inspeksiya tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Inspeksiyaning joylarda oʻz hududiy boʻlinmalari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tuzilmasiga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Inspeksiyaga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻining uning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hayʼatining, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirish kengashining aʼzosi hamda Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya ishchi guruhining rahbari, Komissiyaning masʼul kotibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar inspeksiyalariga Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari yuridik shaxs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatini Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalarida hisob raqamiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini koʻrsatuvchi, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;
(10-bandning ikkinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida maqsadli yoʻnalishlar va belgilangan normalarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligi, integrallashgan axborot tizimlarini, maʼlumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi boʻyicha malakali kadrlar bilan taʼminlanganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifati hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida oʻz vakolatlari doirasida axborot xavfsizligini hamda favqulodda vaziyatlarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ulardan davlat manfaatlari uchun ustuvor foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mobil aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (oʻrnatish), Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qoʻllanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xizmatlar sifati boʻyicha hisobot maʼlumotlarining ishonchliligi hamda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar miqdorlarining oʻz vaqtida toʻlanishi va haqqoniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar bilan birgalikda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radiochastota spektridan foydalanishning holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda nazorat qiladi, monitoring olib boradi va oʻrganadi, ularning yakunlari boʻyicha tegishli xulosalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishning qulayligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini nazorat qilish, monitoring olib borish va oʻrganishlar natijalari boʻyicha tegishli xulosalar tayyorlaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuboradi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, maʼlumotlar uzatish va almashish idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qiladi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini oʻrganish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etadi;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlari faoliyatini qonun hujjatlari talablari bajarilishi boʻyicha oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyalash haqidagi qonun hujjatlari, litsenziya bitimlari bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida, xavfsizlik boʻyicha texnik va texnologik talablar bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat koʻrsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring va nazorat oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida litsenziya talablari va shartlarini buzgan holda, shuningdek tegishli litsenziyani rasmiylashtirmasdan muayyan faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari koʻrsatishda, shuningdek aloqa tarmoqlari, axborot tizimlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va ulardan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar, amaldagi normalar va qoidalarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
(11-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq aloqa tarmoqlari, axborotlashtirish vositalari va tizimlari ishlatilishi va yaratilishi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan rioya etilishi monitoringi va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi xizmatlari tashkil etilishini, pochta joʻnatmalari va pul summalari saqlanishi taʼminlanishini, pochta joʻnatmalari qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi, topshirilishiga rioya qilinishini va ularning belgilangan nazorat muddatlarida oʻtishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida qoʻllanadigan oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish va kalibrlash tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha murojaatlarini zarur hollarda joyiga borib hamda tegishli hujjatlarni oʻrgangan holda qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar roʻyxatiga kiruvchi pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlariga tariflarning toʻgʻri qoʻllanilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar koʻrsatish qoidalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning, aloqa, axborotlashtirish va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ish tartibi va ularni tartibga soluvchi boshqa axborotlarning mavjudligi va foydalanuvchilar uchun tushunarliligini, shuningdek ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmining toʻliqligi va muddatlarini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarining yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring va tekshirishlar natijalari boʻyicha aniqlangan qoida buzilishlari haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, yozma koʻrsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, qoida buzilishlariga doir Inspeksiya vakolatlariga tegishli boʻlmagan materiallarni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari boʻyicha belgilangan tartibda beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy jazo choralarini qoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, koʻrsatilayotgan pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati buzilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar hisoblaydi, ularga nisbatan sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida belgilangan tartibda yozma koʻrsatmalar beradi;
(11-bandning yigirma beshinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa mahsulotlari sifatiga va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiyalar vositalari parametrlariga, yuqori chastotali qurilmalar va radioelektron vositalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, texnik shartlar, qoidalar, yoʻriqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha xulosalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlarini aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va axborotni himoya qilish sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasalarida, shuningdek respublika vakolatli organlarining ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni tegishli boshqaruv organlarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini va davriy matbuot nashrlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati boʻyicha statistik hisobotlarning ishonchligiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati va rivojlanishi toʻgʻrisida axborotlarning ishonchliligi taʼminlanishi va oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblangan moliyaviy sanksiyalarning belgilangan muddatlarga rioya qilingan holda toʻlanishi va toʻlanayotgan moliyaviy sanksiyalarning summasi toʻgʻriligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amaldagi normalar, standartlar, texnik reglamentlar talablari bajarilishini, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifatini yaxshilashni, shuningdek isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni profilaktika maqsadida oʻrganadi;
(11-bandning oʻttiz uchinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, qayta koʻrib chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qoida buzilishlar profilaktikasi, ularni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish boʻyicha kompleks tadbirlarni bajarish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan radiochastota spektridan foydalanish, mobil aloqa tizimlari va tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlari, radiochastota spektridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, aloqa va axborot texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va elektron raqamli imzolar sohasida qoida buzilishlari monitoringini olib borish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilgan hollarda litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektraloqa tarmoqlarining umumiy foydalanishdagi aloqa tarmoqlariga ulanishi qoidalarining, jumladan ulanish shartlarining bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvchanligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish, axborot tizimlari tarmoqlarida axborot xavfsizligini taʼminlash ishlarining bajarilishi yuzasidan oʻz vakolati doirasida nazoratni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan axborot xavfsizligi texnologiyalarini, shu jumladan foydalanilishi cheklangan maʼlumotlarning himoyalanishini taʼminlash, shuningdek axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi faoliyat turi boʻyicha litsenziya bitimlari va mahsulotlarni sertifikatlash shartlariga rioya etish masalalari borasida davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tekshirishlarni belgilangan tartibda oʻtkazish;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotlar, hujjatlar, maʼlumotnomalar va boshqa materiallarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, normalar hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilgan taqdirda ularga nisbatan belgilangan tartibda iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va bayonnoma tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash doirasida qonun hujjatlarining pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan buzilishi hollari aniqlangan taqdirda esa ushbu holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat nazorati tegishli organlariga belgilangan tartibda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, axborot texnologiyalari sohasidagi masalalarni tekshirish, oʻrganish va koʻrib chiqishda qatnashish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi va normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar talablari va ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifati, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiya vositalari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlarining muntazam ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqarish;
(12-bandning yettinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radionurlanishlar normasi va parametrlari buzilganda, shuningdek televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda toʻsqinlik qilishga olib kelgan hollarda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardan Inspeksiya vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlar va materiallarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalari va laboratoriyalardan oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi texnik hujjatlar, qoidalar, vositalarning ish normalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, koʻrsatiladigan xizmatlar sifati buzilishining oldini olish maqsadida, ular bilan kelishilgan reja-jadval boʻyicha ularning faoliyatini belgilangan tartibga muvofiq oʻrganish;
(12-bandning oʻn ikkinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert xulosa olish uchun tekshirish va monitoring natijalarini vakolatli organlarga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalarning texnik holati, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalar va inshootlardan texnik foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qurilish normalari va qoidalari buzilgan holda olib borilayotgan qurilish ishlarini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya bitimlari talab va shartlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan buzilgan hollarda ularga ogohlantirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya bitimlarining talab va shartlari buzilganligi uchun litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish, ularni bekor qilish toʻgʻrisida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga takliflar kiritish;
(12-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaroriga muvofiq telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish;
(12-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratni amalga oshirish masalalari boʻyicha ekspertiza, tahlil va baholash, shuningdek ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda kamchilikka yoʻl qoʻygan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga davlat nazorati doirasida oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Inspeksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi va taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va kompleksliligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organlarga oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Inspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining
tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 218 nafar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulardan: boshqaruv xodimlari — 19 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xodimlari — 153 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi xodimlar — 46 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 5-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining oʻrinbosari qoʻshimcha lavozimi kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 3-dekabrdagi 419-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 67-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarorining 1-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek qarorga 1-ilova hamda 6-ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y.. 8-son, 46-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y.. 9-10-son, 50-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-fevraldagi PQ-277-son qarori)” 2006-yil 16-martdagi 47-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y.. 3-son, 22-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qarori)” 2006-yil 21-avgustdagi 178-son qaroriga ilovaning 1 va 3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 22-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2007-yil 2-apreldagi 69-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 17-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2009-yil 22-avgustdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 63-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 40-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari qoʻshimcha lavozimi kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 26-noyabrdagi 263-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-dekabrdagi 306-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2011-yil 10-noyabrdagi 298-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 87-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 64-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 589-modda; 2013-y., 40-son, 528-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 15-son, 167-modda; 2015-y., 15-son, 178-modda, 26-son, 338-modda)