Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani hokimining
Qarori
Tumanda 2014-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Buxoro viloyati hokimining 2021-yil 2-iyundagi 242-sonli “Shaharlar va tumanlar hokimliklarining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan korxonalar kesimida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni (kvotalangan ish oʻrinlari) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
Xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 510 kishini tashkil etadigan 100 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 17,6 foiz (90 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 62,7 foiz (320 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 8 foiz (41 kishi);
nogironlar uchun 2,9 foiz (15 kishi);
tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0,5 foiz (3 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralar koʻriladigan shaxslar uchun 2,9 foiz (15 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 5 foiz (26 kishi).
2. Korxona, tashkilotlar rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlari tashkil etish topshirilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Boltayev)ga bir hafta muddatda qarorni ilovada belgilangan korxonalarga yetkazsin hamda ushbu qarorning bajarilishi boʻyicha yuqori tashkilotlarga har oy maʼlumot berib borish topshirilsin.
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda korxonaning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ushbu qaror “Qorakoʻl sadosi” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Gʻaybullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. NOʻʼMONOV
Qorakoʻl t.,
2013-yil 23-sentabr,
598-son