OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 26-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2236-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 19-iyuldagi 01/11-14/08-sonli ““Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2236-5, 05.08.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-sonli “Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2236, 2011-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 252-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-mart,
01/27-26/08-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimada “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat mulki qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3, 4, 5, 6, 7, 8, 10, 11, 12, 15, 17, 22, 23, 25, 26, 27, 28, 32, 34, 35, 37, 38, 39, 40, 41, 43, 44, 45, 47, 48, 49-bandlardagi, “Davlat mulki qoʻmitasi”, “Davlat mulki qoʻmitasiga”, “Davlat mulki qoʻmitasining” va “Davlat mulki qoʻmitasida” degan soʻzlar tegishlicha “Davlat raqobat qoʻmitasi”, “Davlat raqobat qoʻmitasiga”, “Davlat raqobat qoʻmitasining” va “Davlat raqobat qoʻmitasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi “Davlat mulki qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
| |
|
| ||
|
| ||||
|
_____________-sonli RIELTORNING MALAKA SERTIFIKATI |
| |
3 x 4 | |
| Toshkent sh. _______________________ | | | ||
| | (berilgan vaqti) | | | |
|
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan _______________________________________ | ||||
| | |
(kimga — rieltorning F.I.O.) |
| |
| _________________________________________________ | ||||
|
(rieltorning malaka sertifikati berilgan sana va amal qilish muddati) | ||||
| | | | | |
| Pasport maʼlumotlari: ________________________________________ | ||||
| |
Vakolatli shaxs _______________________________ | |||
| | | |
(F.I.O.) |
|
|
Muhr oʻrni |
|
__________________ | ||
| | | |
(imzo) | |
| Rieltor malaka sertifikatining muddati 20___ y. “___” ___________ dan 20___ y.”___” __________ gacha uzaytirildi. | ||||
| | | | | |
|
Imzo |
__________________ |
|
Muhr oʻrni | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 13-son, 146-modda)