Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashining
Qarori
MULKChILIKNING BARChA ShAKLIDAGI KORXONALAR (TAShKILOTLAR), ShU JUMLADAN ChET EL KORXONALARI VA QOʻShMA KORXONALAR FAQAT MAXSUS RUXSATNOMA (LITSENZIYA) ASOSIDAGINA ShUGʻULLANIShGA HAQLI BOʻLGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengash Rayosatining 1994-yil 18-aprelidagi 1034-XII-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxati”ga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining taklifini qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. Roʻyxatning oʻttiz sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishlab chiqarish, uy-joy va fuqarolik hamda qishloq xoʻjaligi ahamiyatidagi binolar va inshootlar hamda muhandislik infrastrukturasi obyektlari qurilishini loyihalash va shu qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar yuritish”.
2. Roʻyxat quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mulkka doir operatsiyalar.
Sugʻurta faoliyati.
Qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish, uy-joy va fuqarolik, madaniy-maishiy, qishloq xoʻjaligi ahamiyatidagi hamda muhandislik infrastrukturasi binolari va obyektlarini qurilishda qurilish, montaj va sozlash ishlari”.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 24-avgust,
98-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 214-modda)