Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 12.08.2013 yildagi 460-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangiyer shahar iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joy fondi obyektlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ-1996-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Sirdaryo viloyat hokimining 2013-yil 10-iyuldagi 185-sonli qarorlari talablari asosida Yangiyer shahar iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joy fondi obyektlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi “Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1996-sonli hamda viloyat hokimining 2013-yil 10-iyuldagi 185-sonli qarorlari ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangiyer shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy muhandislik kommunikatsiyalarini hamda texnologik asbob-uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2013/2014-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshirigʻi 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shahar iqtisodiyot tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha shahar komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—6-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaharda joylashgan barcha mutasaddi tashkilot hamda korxona rahbarlari, mahalla fuqarolari yigʻini raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda shahar iqtisodiyot tarmoqlari va uy-joy fondi obyektlarini 2013/2014-yil kuz-qish davriga tayyorlash masalalarini hal etish boʻyicha joylarda hududiy komissiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2012/2013-yillar kuz-qish davrida yoʻl qoʻyilgan kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilib, kamchiliklarni hisobga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda uy-joy fondi obyektlaridagi qozonxonalar va muhandislik inshootlarini 2013/2014-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2013-yil 1-oktabr kuniga qadar barcha qozonxonalarni joriy va mukammal taʼmirlashni yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻrta-maxsus oʻquv yurtlari, maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, shifoxonalar va koʻp qavatli turarjoy binolarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuz-qish davrida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini doimiy ravishda issiqlik energiyasi bilan taʼminlashda tashkilot, korxona va muassasalar tizimlaridagi qozonxonalarga joriy yilning 1-oktabrigacha qattiq yoki suyuq yoqilgʻi zaxiralarini yetarli miqdorda yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) shu yilning 1-sentabr kuniga qadar shahar IIB yongʻin xavfsizligi boʻlimi bilan birgalikda ijtimoiy soha obyektlari, koʻp qavatli turar joy binolari, shaxsiy uy-joylar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot va muassasalar bino va inshootlarining texnik talab normalariga muvofiqligini toʻliq xatlovdan oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yangiyershahargaz” filiali (A. Qulmatov), shahar IIB yongʻin xavfsizligi (J. Rapiyev) bilan birgalikda joriy yilning 1-sentabriga qadar isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan isitish qozonlari, goryelkalar va boshqa gaz asboblarini koʻrikdan oʻtkazishni tashkillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat standartlariga toʻgʻri kelmaydigan va yasama gaz qozonlari, goryelkalar va boshqa gaz asboblaridan foydalanish aniqlangan hollarda ularni gaz tarmoqlaridan uzib, qoidabuzarlarga nisbatan tegishli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaharda joylashgan oliy va oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi, maktablar, maktabgacha taʼlim hamda sogʻliqni saqlash muassasalari, koʻp qavatli turar joy binolari, shaxsiy uy-joylar va boshqa ijtimoiy soha obyektlaridagi dudburon, moʻrikon va shamollatish yoʻllarini tozalash hamda taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har hafta shahar hokimligiga maʼlumot taqdim etib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yangiyershahargaz” filiali (A. Qulmatov), shahar elektrtarmoqlari korxonasi (A. Jabborov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2013/2014-yillar kuz-qish mavsumida shartnomaga asosan isteʼmolchilarga tabiiy gaz hamda elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy va yuridik shaxslarning tabiiy gaz hamda elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy oʻzboshimchalik bilan ulanishiga umuman yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻta muhim va toifalangan, shuningdek harbiy obyektlarni uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqish va 10 kun muddatda ushbu obyektlarning roʻyxatini tuzib shahar hokimligiga tasdiqqa kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar hokimligi (A. Abdufatayev), “Yangiyershahargaz” filiali (A. Qulmatov), shahar elektrtarmoqlari korxonasi (A. Jabborov), shahar “Suvoqova” korxonasi (T. Sattarov) va “Issiqlik manbai” korxonasi (B. Pigilsin)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kuz-qish mavsumi davomida shahardagi kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarda 24 soatlik avariya dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish, avariya tiklash brigadalarini tuzish va ularni texnika vositalari, zarur asbob-uskunalar hamda zaruriy materiallar bilan taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar elektr tarmoqlari korxonasi (A. Jabborov) shu yilning kuz-qish mavsumiga elektr energiya bilan taʼminlovchi nimstansiyalar va transformatorlarni dastur asosida mukammal va joriy taʼmirlasin va uzuluksiz elektr energiya bilan taʼminlashni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shahar tibbiyot birlashmasi (A. Vaydullayev), Shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri (Q. Raimov) va barcha oʻquv yurti tasarrufidagi barcha qozonxona, isitish tarmoqlarini joriy yilning 10-avgust kuniga qadar kuz-qish sharoitida ishlashga tayyorlash, oʻquv yurtlari, maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari, kasalxona, poliklinikalarga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan pechkalarni qurish, mavjudlarini taʼmirlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shahar mahalla jamgʻarmasi (R. Xoʻjayev), “Yangiyershahargaz” filiali (A. Kulmatov)ga gaz bosimi past boʻlgan aholi, ijtimoiy soha obyektlarini belgilangan grafik asosida qattiq yoqilgʻi va suyultirilgan gaz bilan toʻliq taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shahar mahalla jamgʻarmasi (R. Xoʻjayev)ga mahalla fuqarolari yigʻinlari bilan birgalikda aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan pechkalarni oʻrnatish ishlari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish va uni taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi (Sh. Berdibekov)ga 2013-yil oktyabr oyiga qadar avtomobil yoʻllarini qordan tozalovchi maxsus texnikalarni ishlashga tayyorlab qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shahar moliya boʻlimi (O. Raximov) budjet mablagʻlaridan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan isitish qozonlari va qozonxonalarini, issiqlik tarmoqlarini, uy-joy fondini, ichimlik suvi inshootlari va boshqa muhim obyektlarni kuz-qish mavsumiga oʻz vaqtida tayyorlash, suyuq va qattiq yoqilgʻi zaxiralarini yaratish maqsadida ajratiladigan mablagʻlarning asosiy qismini isitish mavsumiga qadar moliyalashtirishni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shahardagi, tashkilot, muassasa va idoralar mazkur qarorning ijrosini taʼminlanishi toʻgʻrisida har 15 kunda shahar hokimligiga maʼlumotlar taqdim etib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 2013/2014-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga tayyorgarligini borishi yuzasidan har oyda shahar hokimligi yigʻilishlarida koʻrib chiqilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu qarorning qabul qilinishi munosabati bilan shaxar hokimining 2012-yil 28-iyundagi 316-sonli qarori oʻz kuchini yuqotgan deb xisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosarlari zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim B. ASOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangiyer sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
460-son