Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 03.08.2013 yildagi 1552-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo tuman iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joy fondi obyektlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ-1996-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Sirdaryo viloyat hokimining 2013-yil 10-iyuldagi 185-sonli qarorlari talablari asosida Sirdaryo tuman iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joy fondi obyektlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida qaror qilaman;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1996-sonli hamda viloyat hokimining 2013-yil 10-iyuldagi 185-sonli qarori ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sirdaryo tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillarda kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy muhandislik kommunikatsiyalarini hamda texnologik asbob-uskunalarini, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2013/2014-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshirigʻi 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillarda kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—6-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimligi, mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda tuman iqtisodiyot tarmoqlari va uy-joy fondi obyektlarini 2013/2014-yil kuz-qish davriga tayyorlash masalalarini hal etish boʻyicha hududiy komissiyasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2013/2014-yil kuz-qish davrida yoʻl qoʻyilgan kamchilik nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilib, kamchiliklarni hisobga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda uy-joy fondi obyektlaridagi qozonxonalar va muhandislik inshootlarini 2013/2014-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2013-yil 1-oktabr kuniga qadar barcha qozonxonalarni joriy va mukammal taʼmirlashni yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kasb-hunar kollejlari va maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, shifoxonalar va koʻp qavatli turar joy binolarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuz-qish davrida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini doimiy ravishda issiqlik energiyasi bilan taʼminlashda tashkilot, korxona va muassasalar tizimlaridagi qozonxonalarga joriy yilning 1-oktabrigacha qattiq yoki yoqilgʻi zaxiralarini yetarli miqdorda yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) shu yilning 1-sentabr kuniga qadar tuman IIB yongʻin xavfsizligi boʻlimi bilan birgalikda ijtimoiy soha obyektlari, koʻp qavatli turar joy binolari, shaxsiy uy-joylar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot va muassasalar bino va inshootlarining texnik talab normalariga muvofiqligini toʻliq xatlovdan oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumangaz korxonasi (D. Begaliyev), tuman IIB YoXB (A. Rustamov) bilan birgalikda joriy yilning 1-sentabriga qadar isteʼmolchilar tomonidan, foydalanilayotgan isitish qozonlari, goryelkalar va boshqa gaz asboblarini koʻrikdan oʻtkazishni tashkillashtirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat standartlariga toʻgʻri kelmaydigan va yasama gaz qozonlari, goryelkalar va boshqa gaz asboblaridan foydalanish aniqlangan hollarda ularni gaz tarmoqlaridan uzib, qoidabuzarlarga nisbatan tegishli choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tumangaz korxonasi (D. Begaliyev), tuman elektrtarmoq korxonasi (A. Komilov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2013/2014-yillar kuz-qish mavsumida shartnomaga asosan isteʼmolchilarga tabiiy gaz hamda elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy va yuridik shaxslarning tabiiy gaz hamda elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy oʻzboshimchalik bilan ulanishiga umuman yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻta muhim va toifalangan, shuningdek harbiy obyektlarni uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqish va 10 kun muddatda ushbu obyektlarni roʻyxatini tuzib tuman hokimligiga tasdiqqa kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tumangaz korxonasi (D. Begaliyev), tuman elektrtarmoq korxonasi (A. Komilov), tuman ichimlik suvi korxonasi (T. Qayumov), tuman hakimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kuz-qish mavsumi davomida tumandagi kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarda 24 soatlik avariya dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish, avariya tiklash brigadalarini tuzish va ularni texnika vositalari, zarur asbob-uskunalar hamda zaruriy materiallar bilan taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman elektrtarmoq korxonasi (A. Komilov) shu yilning kuz-qish mavsumiga elektr energiya bilan taʼminlovchi nimstansiyalar va transformatorlarni dastur asosida mukammal va joriy taʼmirlasin va uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlashni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman tibbiyot birlashmasi (Z. Ziyayev), tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi (D. Boboxoʻdjayev), tuman kasb-hunar kollej rahbarlari tasarrufidagi barcha qozonxona, isitish tarmoqlarini joriy yilning 1-avgust kuniga qadar kuz-qish sharoitida ishlashga tayyorlash, kasb-hunar kollejlari, maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari, kasalxona, poliklinikalarga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan pechkalarni qurish, mavjudlarini taʼmirlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimligi, tuman “Mahalla” jamgʻarmasi (O. Toʻrapov)ga qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda, aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan pechkalarni oʻrnatish ishlari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish va uni taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman moliya boʻlimi (U. Boboyev) budjet mablagʻlaridan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan isitish qozonlari va qozonxonalarini, issiqlik tarmoqlarini, uy-joy fondini, ichimlik suv inshootlari va boshqa muhim obyektlarni kuz-qish mavsumiga oʻz vaqtida tayyorlash,suyuq va qattiq yoqilgʻi zaxiralarini yaratish maqsadida ajratiladigan mablagʻlarning asosiy qismini isitish mavsumiga qadar moliyalashtirishni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman “Sirdaryo” gazetasi (U. Ochilov)ga tuman iqtisodiyot tarmoqlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga tayyorgarligini borishi toʻgʻrisida muntazam ravishda roʻznomada yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari Gʻ. Axmedov va Sh. Komilov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim B. SUVANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1552-son