30.07.2013 yildagi 985 a-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzaobod tuman iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joy fondi obyektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y. 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ-1996-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Sirdaryo viloyat hokimining 2013-yil 10-iyuldagi 185-sonli qarorlari talablari asosida Mirzaobod tuman iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joy fondi obyektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ-1996-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Sirdaryo viloyat hokimining 2013-yil 10-iyuldagi 185-sonli qarorlari ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 19-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bosh vazir oʻrinbosarlari rahbarligida uchta ishchi guruhining tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uy-joy fondini, unga xizmat koʻrsatuvchi markazlashtirilgan qozonlar va qozonxonalarni, sovuq suv va markazlashtirilgan issiq suv tarmoqlarini joriy va kapital taʼmirlash, irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish, markaziy va kvartallar ichidagi koʻchalarni sanitariya jihatdan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek yirik tumanlar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Bosh vazir oʻrinbosari B.I. Zakirov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlariga, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga belgilangan muddatlarda hamda yetarli hajmlarda yonilgʻi-energetika resurslarining asosiy turlarini — tabiiy gaz, elektr energiyasi, pechʼ yonilgʻisi, koʻmir, tomlarni qoplovchi qattiq bitumni uzluksiz yetkazib berish, elektr va gaz taʼminoti, gaz taqsimlash punktlari, transformator podstansiyalarini joriy va kapital taʼmirlashni amalga oshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Bosh vazir oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablar, bolalar bogʻchalari, mehribonlik va mehr-shafqat uylari, tibbiyot muassasalari, kollejlar, litseylar, oliy oʻquv muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarining tomlarini, ichki isitish tizimlari va qozonxonalarini joriy va kapital taʼmirlab, ularni muqobil yonilgʻi turlaridan foydalanishga oʻtkazishni, obyektlarning issiqlik bilan taʼminlanishini, tegishli sanitariya holati, ularning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutuvchi ishlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Bosh vazir oʻrinbosari A.I. Ikramov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 2013-2014-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondining barqaror faoliyat yuritishi uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hudud doirasida, shu jumladan yirik tumanlarda qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi, tarmoq jadvallari ishlab chiqilib tasdiqlanganligi, masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlari ularga biriktirib qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mirzaobod tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy muhandislik kommunikatsiyalarini hamda texnologik asbob-uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2*, 3* va 4-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2013-2014-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshirigʻi 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tuman iqtisodiyot tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—6-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanda joylashgan barcha mutasaddi tashkilot hamda korxona rahbarlari, qishloq va mahalla fuqarolari yigʻini raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda tuman iqtisodiyot tarmoqlari va uy-joy fondi obyektlarini 2013-2014-yil kuz-qish davriga tayyorlash masalalarini hal etish boʻyicha joylarda hududiy komissiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2012-2013-yillar kuz-qish davrida yoʻl qoʻyilgan kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilib, kamchiliklarni hisobga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda uy-joy fondi obyektlaridagi qozonxonalar va muhandislik inshootlarini 2013-2014-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2013-yil 1-oktabr kuniga qadar barcha qozonxonalarni joriy va mukammal taʼmirlashni yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy va oʻrta taʼlim oʻquv yurtlari, maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, shifoxonalar va koʻp qavatli turarjoy binolarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuz-qish davrida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini doimiy ravishda issiqlik energiyasi bilan taʼminlashda tashkilot, korxona va muassasalar tizimlaridagi qozonxonalarga joriy yilning 1-oktabrigacha qattiq yoki suyuq yoqilgʻi zaxiralarini yetarli miqdorda yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) shu yilning 1-sentabr kuniga qadar tuman IIB yongʻin xavfsizligi boʻlimi bilan birgalikda ijtimoiy soha obyektlari, koʻp qavatli turar joy binolari, shaxsiy uy-joylar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot va muassasalar bino va inshootlarining texnik talab normalariga muvofiqligini toʻliq xatlovdan oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Mirzaobodtumangaz” filiali (A. Abduxoliqov), tuman IIB YOXB (A. Xasanboyev) lar joriy yilning 1-sentabriga qadar isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan isitish qozonlari, gorelkalar va boshqa gaz asboblarini koʻrikdan oʻtkazishni tashkillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat standartlariga toʻgʻri kelmaydigan va yasama gaz qozonlari, gorelkalar va boshqa gaz asboblaridan foydalanish aniqlangan hollarda ularni gaz tarmoqlaridan uzib, qoidabuzarlarga nisbatan tegishli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tumanda joylashgan oliy va oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi, maktablar, maktabgacha taʼlim hamda sogʻliqni saqlash muassasalari, koʻp qavatli turar joy binolari, shaxsiy uy-joylar va boshqa ijtimoiy soha obyektlaridagi dudburon, moʻrikon va shamollatish yoʻllarini tozalash hamda taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har hafta tuman hokimligiga maʼlumot taqdim etib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Mirzaobodtumangaz” filiali (A. Abduxoliqov), tuman elektrtarmoqlari korxonasi (I. Almatov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2013-2014-yillar kuz-qish mavsumida shartnomaga asosan isteʼmolchilarga tabiiy gaz hamda elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy va yuridik shaxslarning tabiiy gaz hamda elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy oʻzboshimchalik bilan ulanishiga umuman yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻta muhim va toifalangan, shuningdek harbiy obyektlarni uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqish va 10 kun muddatda ushbu obyektlarning roʻyxatini tuzib tuman hokimligiga tasdiqqa kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Mirzaobodtumangaz” filiali (A. Abduxoliqov), tuman elektrtarmoqlari korxonasi (I. Almatov), tuman “Suvoqova” korxonasi (Gʻ. Turdiyev)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kuz-qish mavsumi davomida tumandagi kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarda 24 soatlik avariya dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish, avariya tiklash brigadalarini tuzish va ularni texnika vositalari, zarur asbob-uskunalar hamda zaruriy materiallar bilan taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman elektrtarmoqlari korxonasi (I. Almatov) shu yilning kuz-qish mavsumiga elektr energiya bilan taʼminlovchi nimstansiyalar va transformatorlarni dastur asosida mukammal va joriy taʼmirlasin va uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlashni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman tibbiyot birlashmasi (N. Karimov), Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri (X. Raziqov) va barcha oʻquv yurti tasarrufidagi barcha qozonxona, isitish tarmoqlarini joriy yilning 1 tayyorlash, suyuq va qattiq yoqilgʻi zaxiralarini yaratish maqsadida ajratiladigan mablagʻlarning asosiy qismini isitish mavsumiga qadar moliyalashtirishni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tumandagi tashkilot, muassasa va idoralar mazkur qarorning ijrosini taʼminlanishi toʻgʻrisida har 15 kunda tuman hokimligiga maʼlumotlar taqdim etib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2013-2014-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga tayyorgarligini borishi yuzasidan har oyda tuman hokimligi yigʻilishlarida koʻrib chiqilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 28-iyundagi “Tuman iqtisodiyot tarmoqlarini 2012-2013-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1001-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisod boʻyicha oʻrinbosari D. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim v.v.b. A. BARATBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoʻz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
985a-son