Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021 30.09.2013 yildagi 397-Q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Paxtaobod tuman hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtaobod tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 186-sonli qarori va viloyat hokimining 2008-yil 25-avgustdagi 145-Q-sonli qarori ijrosini tumanda bajarilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxtaobod tumanida 2014-yil uchun tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini eng kam miqdorini barpo etish boʻyicha taklifi 1-ilova* qilingan roʻyxatga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ilovadagi korxonalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish, xodimlarni roʻyxatdagi oʻrtacha sonining (5775 nafarini 7 foizi), yaʼni 377 nafar fuqarolarga band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari tashkil etilishi koʻrsatib oʻtilsin, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda koʻp bolali ota-onalar uchun — 47 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun — 304 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 5 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun — 11 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya yoshiga yaqinlashganlar uchun — 4 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — 4 nafar ish oʻrni, ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni boshqa toifalari uchun — 2 nafar ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxslari koʻrsatib oʻtilgan toifalar uchun ish joylari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan koʻrsatkichlar hisobga olingan xolda mehnat faoliyatini toʻliq bajarish imkonini beruvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar taʼlimiga ega boʻlmagan yoshlar uchun ular umumtaʼlim muassasalarini tamomlagandan keyin 1 yil davomida shogirdlik ish joylari yoki maxsus kasb-hunar tayyorgarlikni talab qilmaydigan ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta-maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridan boʻshatilgan shaxslar uchun ular oʻquv yurtlarini tamomlaganlaridan keyin yoki boʻshatilganlaridan keyin 1 yil davomida ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda koʻp bolali ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlarini bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi oʻzgaruvchan jadvalli ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga asosan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun maxsus malaka talab qilinmaydigan har qanday ish joylari tashkil etilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qarorga ilova qilingan roʻyxatdagi korxona rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz korxonalaridagi (mexanik, nazoratchi, qorovul, oʻt yoquvchi, chilangar, payvandlovchi, traktorchi, farrosh yoki har xil toifadagi boshqa boʻshagan ishchi oʻrinlari) kasb va lavozimlarini tegishli tartibda band qilib qoʻyish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlashda mazkur ish joylarini koʻrsatib oʻtilgan soni korxona rahbari aybi bilan bajarilmagan taqdirda, korxona rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga asosan jazolanishi taʼkidlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarni barpo etuvchi ish beruvchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish uchastkalari (sexlar) tashkil etish uchun turar joy boʻlmagan binolarni 1-navbatda ajratish yoʻli bilan band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar uchun imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 25-dekabrdagi 593-Q-sonli qarori 2014-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorni (Z. Kimsanova) “Davr sadosi” tuman gazetasi orqali 3 kun muddat ichida eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari F. Xojimatov, tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori X. Axmadjonov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim J. XODJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtaobod sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397-Q-son