Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 02.12.2013 yildagi 1198-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Payariq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil uchun yer va mol-mulk soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2014-yilda yer va mol-mulk soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyalariga toʻliq taqdim etilishini taʼminlash maqsadida 2013-yilning 2-dekabridan 2014-yilning 1-yanvariga qadar “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi yer va mol-mulk soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2014-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan yer va mol-mulk soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Yer resurslari va koʻchmas mulk davlat kadastri boʻlimi boshligʻi zimmasiga 2013-yil 31-dekabr holatiga fuqarolarning xususiy uylar va binolarini inventarizatsiyasini tugatish va joriy oʻzgarishlarni kiritish hamda 1-ilovaga* muvofiq, tuman hududidagi barcha jismoniy shaxslarning ismi, sharifi, manzilgohi, ularning egaligida boʻlgan yer maydoni miqdori, bino-inshootlar va ular bilan band boʻlgan yer maydonlari, garajlar, dala hovlilari, chorbogʻlar va ularning oxirgi qiymatlari, joylashgan manzili koʻrsatilgan maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman bosh arxitektori zimmasiga 2013-yil 31-dekabr holatiga tuman hokimining qaroriga asosan fuqarolarga tuman hududidan tadbirkorlik va yakka tartibda uy joy qurilishi uchun ajratilgan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi zimmasiga 2013-yil 31-dekabr holatiga tumanda istiqomat qiluvchi, nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan barcha turdagi nafaqahoʻrlar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi zimmasiga 2013-yil 31-dekabr holatiga tuman hududida yashovchi 1941 — 1945-yillar urush qatnashchilari va nogironlari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar toʻgʻrisidagi va boshqa mavjud maʼlumotlarni 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi va Veterinariya xizmati boshliqlari zimmasiga 2013-yil 31-dekabr holatiga tuman hududida belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tumangaztaʼminot” idorasi boshligʻi zimmasiga 2013-yil 31-dekabr holatiga tuman hududidagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 8-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Elektr tarmoqlari idorasi boshligʻi zimmasiga 2013-yil 31-dekabr holatiga tuman hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 9-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Ichki ishlar yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi zimmasiga 2013-yil 31-dekabr holatiga tuman hududidagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 10-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va Uy-joy mulkdor shirkatlari rahbarlari zimmasiga 2013-yil 31-dekabr holatiga tuman hududidagi barcha kommunal uylar, xususiylashtirilgan uylar, garajlarni hisobga olishga doir maʼlumotlarni 11–ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida 2014-yilning 1-fevral kuniga qadar tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi 2014-yil 1-fevralga qadar 5-ilovaga* muvofiq, tuman hududida 2012-2013-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi, tuman Davlat notarial idoralari esa 6-ilovaga* muvofiq, 2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi va fuqarolar yigʻini raislariga “Soliq toʻlovchilarni hisobga olish” davri tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda uchastka davlat soliq inspektorlari bilan hamkorlikda 2014-yil uchun mahalliy soliq toʻlovchilarni toʻliq hisobga olishni amalga oshirilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari N. Sulaymonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payariq sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1198-q-son