Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 27.12.2013 yildagi 1200-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda mahalliy soliq toʻlovchilarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash va ularga imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2014-yilda mahalliy soliqlar toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliq hisoblash, tegishli imtiyozlarni qoʻllash ishlarini toʻliq va sifatli oʻtkazish, fuqarolar egaligidagi yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon xoʻjaligini yuritish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan va ijaraga berilgan yer maydonlari hamda bino-inshootlari va soliqqa tortiladigan boshqa obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq olinishini taʼminlash uchun 2013-yil 27-dekabrdan 2014-yil 1-yanvarga qadar “Soliq toʻlovchilarni hisobga olish davri” deb eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi B. Boymatov zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi soliq toʻlovchilarni hisobga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mahallalarda mahalliy soliqlar va yigʻimlarning ahamiyati, ayrim toifadagi xoʻjaliklarga beriladigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar toʻgʻrisida, 2014-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishining ahamiyati haqida keng tushuntirish ishlari olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan davlat soliq inspeksiyasi tomonidan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Kadastr xizmati unitar korxonasi boshligʻi F. Nuriddinov 1-ilovaga* muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan yer maydoni miqdori, bino va inshootlar va ular bilan band boʻlgan yer maydonlari, garajlar, dala hovlilari, chorbogʻlar va ularning qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman arxitektura va qurilish boʻlimi 2-ilovaga* muvofiq 2013-yilda fuqarolarga tuman hududidan hokimlik qaroriga asosan tadbirkorlik va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (Sh. Qurbonov) 3-ilovaga* muvofiq tumanda istiqomat qiluvchi, nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi (A. Xamroyev) 4-ilovaga* muvofiq hududlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan fuqarolar, 1941 — 1945-yillar urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻoniston Respublikasida jangovar harakatlar olib borgan hamda boshqa mamlakatlarda xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (X. Roʻziqulov) va Veterinariya boʻlimi (Sh. Xoliqov) 7-ilovaga* muvofiq belgilangan tartibda sanitariya va veterinariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman “Gaztaʼminot” idorasi (M. Muhammadiyev) 8-ilovaga* muvofiq tuman hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Urgut elektr tarmoqlari idoralari boshligʻi v/b (Z. Azimov) 9-ilovaga* muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Ichki ishlar boʻlimi (A. Xoshimov) 10-ilovaga* muvofiq hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida 2013-yil 30-dekabrga qadar taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi 5-ilovaga* muvofiq tuman hududida 2013-yilda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi, tuman Davlat notarial idorasi notariuslari esa 6-ilovaga* muvofiq 2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududlarda qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga uchastka davlat soliq inspektori va tuman Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan hududlarga soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni 11-ilovaga* muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi, qishloq, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga, “Soliq toʻlovchilarni hisobga olish” davri tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda uchastka davlat soliq inspektorlari bilan hamkorlikda 2014-yil uchun mahalliy soliq toʻlovchilarni toʻliq hisobga olishni amalga oshirilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ. Madarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror qabul qilingach, tuman hokimining 2012-yil 19-noyabrdagi 988-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim H. OQBOʻTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urgut t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1200-q-son