Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 07.12.2013 yildagi 639-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil tuman hududida meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzum ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish prognoz parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-noyabrdagi 311-sonli “2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatish prognoz koʻrsatkichlari haqida”gi qarori ijrosini bajarish, tumanda 2014-yilda yetishtiriladigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda oʻz vaqtida qayta ishlashni taʼminlash uchun optimal sharoitlar yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat hokimining 2013-yil 23-noyabrdagi 243-Q-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-noyabrdagi 311-sonli “2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatish prognoz koʻrsatkichlari haqida”gi qarori ijrosi toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hududida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatishning 2014-yil prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi takliflar 1 va 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (J. Abdullayev), Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (B. Joʻrayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy, yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum yetishtirish uchun yer maydonlaridan samarali foydalanishini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilik, kartoshka, poliz va uzumchilikni maxsus fermer xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirishning ustuvorligini hisobga olgan holda ishlab chiqarishning kelgusidagi koʻrsatkichlariga muvofiq xoʻjaliklarda sabzavot va poliz ekinlari joylashtirilishiga alohida eʼtibor qaratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilning 1-martiga qadar fermer xoʻjaliklari va qayta ishlash korxonalari oʻrtasida meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha xamda mahsulot yetishtiruvchilarni shartnomada belgilangan mahsulotlar qiymatining 40 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boʻnak mablagʻlari bilan taʼminlashni koʻzda tutgan holda kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, urugʻlik materiallari va koʻchatlar sotishda samara beruvchi tomorqalarni tashkil qilishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman ichki bozorida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlaridan toʻliq foydalanish masalasini hal qilish hamda mahsulotlarni eksport qilishni samarali tashkil etish maqsadida 3-ilovaga* muvofiq ishchi guruhi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhning asosiy vazifasi etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil uchun tasdiqlangan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish xamda ishlatishning asosiy bashorat koʻrsatkichlari bajarilishini tanqidiy koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki isteʼmol bozorini meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini turlari bilan zaruriy miqdorda, uzluksiz taʼminlash hamda ushbu mahsulotlar narxlari boʻyicha monitoring oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari chetga eksport qilishda tashish, vagonlar ajratilishi, bojxonada rasmiylashtirish va hisobotlar taqdim etilishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqishni tashkil etish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (J. Abdullayev), qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (B. Joʻrayev)ga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 16-sonli “Belgilangan qiymat va moddiy balans koʻrsatkichlari bajarilishini samarali monitoringini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan tumanda 2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va foydalanish balans koʻrsatkichlarining bajarilishini doimiy monitoringini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aholini hamda qayta ishlash korxonalarini ishlab chiqarilgan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari bilan yetarli taʼminlash monitoringi olib borilishi munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyot boʻlimi tuman hokimi bilan kelishib, har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasigacha viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasiga tegishli maʼlumotlarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi birinchi oʻrinbosari B. BOBAXOLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtachi t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 7-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
639-q-son