Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 28.08.2013 yildagi 713-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqoltin tumanida 2014-yilda kasanachilik uy mehnatini tashkil qilish boʻyicha tuman Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, tumanda ish bilan band boʻlmagan aholini uyda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish ishlarini bajarishga jalb etish uchun ish beruvchilarga real ragʻbatlar yaratish, kasanachilarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va mehnat kafolatlarini yanada yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumanda 2014-yilda kasanachilik uy mehnatini tashkil qilish dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda korxonalar bilan uyda mahsulotlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar koʻrsatadigan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiya tuzilsin va uning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman ishchi komissiya raisi (M. Xolboyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan rejani qatʼiy bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oy yakuni bilan Dastur ijrosi boʻyicha ishchi guruh yigʻilishlarini oʻtkazib, korxonalar kesimida tahlil olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilarning doimiy ish bilan taʼminlanishi bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni, yaʼni xomashyo, ishlab chiqarish jihozlari bilan taʼminlanishi, oylik ish haqlarning oyma-oy berilishini nazoratga olish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2014-yilda kasanachilik uy mehnatini tashkil qilish boʻyicha tuman dasturiga kiritilgan korxona, tashkilot va xoʻjalik rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturda belgilangan reja topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha shaxsan javobgar ekanliklari uqtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oy yakuni bilan kasanachilik uy mehnatini tashkil qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har bir yaratilgan kasanachi ish oʻrni, ishga qabul qilingan kasanachi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi, ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlardan koʻchirma, kasanachiga toʻlangan ish haqi vedomosti nusxasi, kasanachiga yetkazib berilgan xomashyo va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman ishchi guruhiga taqdim qilish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (B. Yoʻldoshev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilik uy mehnati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan monitoring natijalarini 2-nusxada tuman hokimligiga taqdim qilib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Statistika boʻlimi boshligʻi (Sh.Suyunov)ga tuman hokimligiga korxonalarning kasanachilik mehnati bilan band boʻlgan xodimlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oqoltin ovozi” gazetasiga: (A. Pardayev) mazkur qarorni xalq oʻrtasida keng targʻib qilish va keng xalq ommasiga yetkazib borish maqsadida gazeta saxifalarida keng yoritib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishi nazoratini tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari M. Xolboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim T. XUDAYBERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sardoba sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
713-son