Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 02.10.2013 yildagi 1124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y, 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-y) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2013-y, 17-son 229-modda) tumanda 2013-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumanda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga*, texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektor (X. Berdiyarov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl-qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumli qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl-qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barcha korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina va asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikka taalluqli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari O. Karimov tumandagi korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Mansurov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim H. ChINIBEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xovos sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1124-son